4. Хоrаzmshоhlar dаvlаti.
Xorazm vohasi o'zining qulay strategik va jug'rofiy mavqeyi hamda qadimdan rivojlangan hudud bo'lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o'rin tutib, o'z muayyan ta'sirini o'tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan awalgi so'nggi ming yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlarxonadoni tarixdan ma'lum. Bular: 305-995 yillarda afrig'iylar xonadoni, 995-1017— yillarda ma'muniylar (Ma'mun Ibn Muhammad, uning o'g'illari Ali ibn Ma'mun va Ma'mun ibn Ma'mun), 1017-1034— yillarda esa Oltintoshiylar (Oltuntosh, Horun, Handon) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar.
Biroq ming taassufki, XJ asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan Xorazm davlati tanazzulga uchrab, zaif-lashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi, awal boshda G'aznaviylar hukmronligi (1017-1044), undan so'ng Saljuqiylar boshqaruvi ta'siriga tushib qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40— yillarida sharqdan bostirib kelgan ko'p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm yerlarini ishg'ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to'Iovlarmi olish huquqini qo'lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko'ndalang bo'lib turardi.
Bunda shuni ta'kidlash joizki, Xorazmning qaytadan musta-qillikni qo'lga kiritishi, hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o'lkalarni o'z tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga ko'tari-lishi, so'ngra uning pirovardida inqirozgayo'liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushteginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog'fiqdir.
Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning o'rni va roli katta bo'lgan. Uning hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan o'nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmandchiiik, karvon savdosi bobidagi dovrugli yanada ortdi, qishloq xo'jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko'plab kanallar, suv inshootlari barpo etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o'ziga xos markaziy va mahaliiy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta'minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo'rdi. Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo'lgan.
Devonlar ham o'z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan, insho yoki tug'ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug'ullangan. Shuningdek. moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz yoki Jaysh shug'ullangan. Sulton xonodoni hayotiga, iqtisodiyotiga legishli yana bir muhim devon mavjud bo'lib, u Devoni xos nomi bilan atalgan.
So'nggi Xorazmshohiar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz minglik qo'shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega bo'lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan. Harbiy qismlarda Harbiy nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat qo'shini boshlig'i), Amir ul-umaro, Malik (10 ming qo'shin boshlig'i), Chovush (chopar), Josus (razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo'lgan.
Muhammad Xorazmshoh 1211— yilda qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm dovrug'ini ko'targanidan so'ng, u o'ziga ortiqcha bino qo'yib, o'zini "Iskandari Soniy", "AHohning yerdagi soyasi" deb ulug'lashni buyuradi. Garchand Xorazmshoh o'zini qanchalik ko'klarga ko'tarmasin yoxud bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va tanazzulga duchor bo'lganligini qayd etmasdan bo'lmaydi. Shohning katta qo'shin tuzib, to'xtovsiz olib borgan besamar
Do'stlaringiz bilan baham: |