2. Qоrахоniylаr va G’аznаviylаr dаvlаtlari.
Yettisuv, Sharqiy Turkiston o'lkalarida IX asr ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar, elatlarning o'zaro birikuvi natijasida va qo'shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug'roxon (859-955) yag'molar qavmiga mansub bo'lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari bilan yuritilgan. Qoraxon so'zining lug'aviy ma'nosi esa turkiy qabilalarda «u!ug'»« «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg'achxon» ham deb yuritilgan.
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahaliiy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo'lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahaliiy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv v.b.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to'lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori - Tamg'achxonga yuborib, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Xususan, saljuqiylarning so'nggi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning zaifiashib qolganligidan va mahaliiy ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so'ng, Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahaliiy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar. Biroq ko'p o'tmay, bu hududlar sharqdan qayta bostirib kelgan Qoraxitoylar ta'siriga tushib qoladi.
Faqat 1211— yilga kelib, ya'ni so'nggi Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruviga butunlay barham beriladi.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o'zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar ollkani zabt etgach, bu yerda ko'p asrlardan buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli - dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o'z navbatida qoraxoniylarga tobe bo'lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. "Dehqon" tushunchasi shu vaqtdan boshlab, amalda, yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko'chdi.
Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib уег-mulkka egalik qilishning "iqto"' va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o'z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O'rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o'tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o'zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi, ayni zamonda, sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o'rnashib, o'troqlashuviga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o'zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta'sir etadi. Ayni chog'da turkiy tilning iste'mol doirasi to'xtovsiz kengayib bordi.
Mahmud G'aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo'ldiki, shimoliy Hindiston hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bujoylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
Mahmud davrida G'aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida, ayniqsa, G'aznada katta inshootlar, salobatli masjid-u madrasalar, kutubxona-yu shifoxonalar, ilm maskanlari ko'plab barpo etilgan bo'lsa-da, biroq ko'pchilik aholining moddiy — maishiy ahvoli nochor bo'lgan, turli xil soliq va majburi-yatlar odamlarning tinkasini quritgan.
1011— yilda Xuroson o'lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo'lishiga olib kelgan. Shu bois, Mahmud G'aznaviy davlati tashqaridan go'yo qudratli ko'ringani bilan aslida uning ichdan yemirilayotganini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko'p o'tmay, bu saltanatning tush-kunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o'rinda, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o'z mustaqilligini tiklashga erishganini aytish kifoya. Shuningdek, saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallash uchun harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo'lsa, endiliJcda ular butun Xurosonni ishg'ol qilishga kirishadilar. O'lkaning G'aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to'lovlar asoratidan norozi bo'lgan mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo'Ilab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o'rtadagi harbiy to'qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta'sir o'tkazadi. G'aznaviylar qo'shini bilan Saljuqiylar o'rtasidagi birinchi katta urush 1035— yilda Nissa shahri yonida bo'lib o'tdi. Bu jang Saljuqiylar g'alabasi bilan yakunlandi. Ko'p o'tmay, Saljuqiylar o'z g'alabalarini mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo'lga kiritdilar (1038).
1040— yil bahorida Dandanakon yonida (Saraxs bilan Marv oralig'i) bo'lgan hal qiluvchi so'nggi jangdan keyin Mas'ud G'aznaviy qo'shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson o'lkasidan mahrum bo'ladi. Ko'p o'tmay, Mas'ud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Mas'udning o'g'li Mavdud ham bir necha bor kuch to'plab saljuqiylar bilan urush oiib borgan bo'lsa-da, ammo o'z qo'shinini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059— yilda G'aznaviylarning muhim tayanchi bo'lgan Balxning Saljuqiylar qo'ltga o'tishi G'aznaviylarning so'nggi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa, pirovardda, G'aznaviylar davlatining tarix sahnasida butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |