O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
qo‘shimcha kichik tizimlar va ma'lumotlar bazalarini yaratish yo‘li bilan qurilish sohasini raqamlashtirish;
shaharsozlik sohasidagi normativ bazani modernizatsiyalash va xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish;
aholi punktlarini kompleks rivojlantirish tizimini takomillashtirish;
qurilish sohasida ayrim ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish yo‘li bilan “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasini yaxshilash;
uy-joy ko‘chmas mulki qurilishida ulush kiritish asosida uy-joylarni qurish uchun aholi mablag‘larini keng jalb qilish orqali ipoteka krediti bozorini va ko‘p kvartirali uylar qurilishini rivojlantirish;
qurilish materiallarini ishlab chiqishga va obektlar qurilishiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish;
investitsiya loyihalari ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlarga bosqichma-bosqich o‘tish;
institutsional asosning liberallashtirilishini hisobga olgan holda litsenziyalash prinsiplarini takomillashtirish, loyiha va pudrat ishlari potensialini kuchaytirish;
loyihaning smeta qismida davlat ekspertizasini bekor qilish yo‘li bilan ekspertiza ishlari tizimini takomillashtirish;
davlat, mualliflik va texnik nazoratni nodavlat sektorga yo‘naltirish orqali qurilish sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish, aksiyalar paketini ilg‘or xorijiy investorlarga realizatsiya qilish orqali ilg‘or xorijiy kompaniyalari ishtirokida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil qilish, o‘qitishning zamonaviy va innovatsion usullari qo‘llanishini hisobga olgan holda qurilish yo‘nalishidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirishning davlat manbalari va ularga tenglashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirishda, davlat segmentlarining liberallashtirilganini hisobga olgan holda, nodavlat buyurtmachilar institutini shakllantirish va mustahkamlash, o‘tkazilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish orqali qurilish va arxitektura sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish, qurilish obektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga bo‘lgan talablarni kuchaytirish, inson kapitalini rivojlantirish, qurilish organlari va muassasalari faoliyatini moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash, ishchilarni ijtimoiy va moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron platformalarining ishlashi 2025 yilga kelib butun respublika bo‘yicha 100 foizgacha qamrab olinishiga erishish;
O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda shaharsozlik sohasida Yevrokodlar moslashuvi ulushini 2025 yilga kelib 50 foizgacha oshirish. Davlat shaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi obektlari bo‘yicha ma'lumotlarni, geoportal funksiyalari kengayishini hisobga olgan holda, ochiq foydalanish uchun e'lon qilinishi ulushini 2025 yilga kelib 70 foizgacha yetkazish. “Biznes yuritish” (Doing Business Index) xalqaro indeksining “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasining 2025 yilga kelib joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;ilg‘or xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda 2025 yilgacha 15 ta zamonaviy loyiha-qidiruv institutlarini tashkil qilish; 2025 yilga kelib buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi nodavlat tashkilotlar ulushini Investitsiya dasturiga kiritilgan obektlar umumiy sonining kamida 25 foiziga yetkazish; 2025 yilga kelib “hajmli metod”ni joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obektlari umumiy sonining 25 foizigacha yetkazish.
Taraqqiyot strategiyasi doirasida:
Birinchidan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan, keng ko`lamli islohotlarimiz yangi pog`onaga ko`tariladi. Bu borada millati, tili va dinidan qat`i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta`minlashga xizmat qiladigan “Yangi O`zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g`oyasini amalga oshirishga alohida e`tibor qaratamiz. Shu asosda mahalliy boshqaruv organlarining joylarda muammolarni hal etishdagi roli va mas`uliyatini yanada kuchaytiramiz. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o`tkaziladi.
Jamiyat boshqaruvining tayanch bo`g`ini bo`lgan, islohotlar samarasi bevosita aks etadigan mahalla tizimini hokimliklar bilan bog`lash maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Hokim yordamchisi yangi ish o`rinlarini yaratish va kambag`allikni qisqartirishga mas`ul bo`ladi. Mahalla raisi esa ma`naviy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirish, oila va mahallada sog`lom muhitni shakllantirishga javob beradi.
Shu bilan birga, mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shug`ullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili ham bo`ladi. Bundan tashqari, hokimliklar va mahallalarning moliyaviy imkoniyatini kengaytirish maqsadida tuman byudjeti qo`shimcha manbalar bilan ta`minlanib, mahallaning alohida jamg`armasi shakllantiriladi, - Shavkat Mirziyoev.
Vatan – bu insonnning kindik qoni to’kilgan muqaddas dargohdir. Vatan — bu ajdodlar yashab o’tgan, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari shakllanib, o’sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir. Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kechayotgan bir paytda vatansizlikni va manqutlikni targ’ib qiluvchi g’oyalarning tarqalishi kabi birmuncha xavotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni paytda biz yosh avlodni vatanga sadoqatli ruhda tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.ushbu maqsadda uyushmagan yoshlar bilan va maktab, litseylarda tadbirlar uyushtirib yoshlar qalbida vatanga bo’lgan pok muhabbat tuyg’ularini, vatan himoyasi uchun ularning qalbida o’zgacha g’urur shavq uyg’otib va ularda vatanni tanish, anglash, milliy g’urur, vatan tarixini bilish g’oyalarini shakllantirish zarur.
Vatanni onaga qiyoslashadi ko’plab adabiyotlarda “Ona vatan” jumlasini juda ko’p uchratamiz. Onamiz biz uchun qanchalar muqaddas zot. Hadisi sharifda ham “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deyiladi. Onalarimiz biz uchun qanchalar umrini baxshida etganining qarzini ado etish uchun umrimiz kamlik qiladi. Ona o’z farzandini dunyoga keltirish uchun nafaqat jismonan balki, ruhan toliqadi. Muqaddas islom dinimiz ham onalar oldidagi vazifamizni alohida ta’kidlab o’tgan. Onamiz oldidagi burchimiz va vazifamiz Vatanga bo’lgan muhabbatimiz bilan uyg’unlashmog’i zarur. Shu aziz Vatanda tug’ildik, o’sdik imkonimiz boricha Vatan ravnaqi yo’lida kuch g’ayratimizni bilim-salohiyatimizni ayamaylik. Uni sevishimiz, ko’z qorachig’idek asrashni burchimiz deb bilamiz.
Inson qayerda o`ssa, o`sha yer vatan bo`ladi. Inson hech qachon o`zi xohlagancha Vatan tanlamaydi. Sahroda ulg`ayganlar o`zlarining cho`l-u dashtlarini “Vatanim!” deya suyadilar. Go`zal va bebaho joylardan ustun qo`yadilar. Zero, ona yurting – oltin beshiging. Biz Vatanning qorachig`ida o`samiz. Uning barcha noz-ne`matlaridan bahramand bo`lamiz. Vatan tuprog`i ildizlarimizni ko`kartiradi. Yurt oftobi yanoqlarimizga rang beradi.
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan – bu oila, men tug`ilib voyaga yetgan go`sha, qo`ni-qo`shni, mahalla, qishloq, maktab, qo`yingki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsa. Vatanni onaga qiyoslaydilar. Onaning muqaddasligini ta`riflashga so`z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham vatanni e`zozlab, uning har bir qarich tuprog`ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo`shish, hamisha ogoh bo`lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz.
Har bir xalq o`z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil o`n ikki oy yoz bo`lmaydi, yoki aksincha. O`shanday yurtlarda yashovchilar ham Vatanni boshqa yurtlarga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg`usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to`kilgan joy – muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg`u bilan biz O`zbekistonni sevamiz.
O`zbekiston tabiiy boyliklarga serob diyor. Bu boyliklarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Istiqlol davrida sanoatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e`tabor qaratilmoqda. Xorij sarmoyalarini jalb etgan holda qo`shma korxonalar, qurilmoqda. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportini yo`lga qo`yishga harakat qilinmoqda. Tarixdan bilamizki, har bir davrning ijodkorlari, Vatanni kuylashgan, madh etishgan. Mustaqillik yillarida istiqlol madh etilgan bir qator asarlar yaratildi.
O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurtimizning har kunlik faoliyatida sezib,ko`rib turibmiz. O`zbekistonning kelajagi ko`p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo`lib yetishishimizga bog`liq. Shu ma`noda, milliy istiqlol g`oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o`rganishimiz, ularga sodiq bo`lishimiz kerak bo`ladi. O`zbekiston deb atalgan, tuprog`ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, har tongda bulbullar madhini o`qib tamom qilolmaydigan bir yurtda yashayotgan ekanmiz, biz o`zimizni baxtli deb bilmog`imiz kerak. Keksalarimiz aytganidek, shukronalar bilan yashamog`imiz kerak. Vatan bizga ato etilgan ulug` ne`mat ekan, Vatanga muhabbat ham har birimizga berilgan oily baxtdir. Chunki, vatanni sevagan odam, uning biron koriga yaragan odam hayotining chuqur ma`no kasb etayotganligini, umri zoye o`tmayotganligini his qiladi., uning insoniy g`ururiga g`urur qo`shiladi. O`zbek adabiyotshunoslarining yirik vakili, O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinovning shunday fikrlari bor: “Aziz vatandosh! Siz bilan biz o`zbeklarning o`z g`ururi bor. Bugun biz duhyo xalqlarining saflaridan o`rin olishga harakat qilmoqdamiz. Lekin biz g`ururimiz har qancha baland bo`lmasin, o`z qadrimizni har qancha baland qo`ymaylik, o`zimizni hech kimdan yuqori qo`ymoqchi, bironta xalqni kamsitib, pastga urmoqchi emasmiz. Biz yaxshi bilamizki, alloh jahon ayvonida o`zining hamma bandalarini teng qilib, barobar qilib, do`st qilib yaratgan.. Ha, shunday, biz hamma xalqlarga birodarmiz, lekin hech kimning oldida tili qisiqlik joyimiz ham yo`q. Shuning uchun “qayga borsam g`oz yururman, boshda do`popim gerdayib”, deyish uchun to`la asosimiz bor. O`zbekning dovrug`ini eshitmagan, “O`zbekiston” degan jannatmonand yurtning ta`rifidan xabar topmagan bir jon qolmasin.” Faqat O`zbekiston deb gerdayganimizda, shu go`zal yurtning ravnaqiga qo`shgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib bir gerdayib qo`yaylik.
Xulosa qilib aytganda, vatan ravnaqi uning farzandlariga, ularning ma`naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog`liq. Bu, o`z navbatida, har bir yurtdoshimizning zimmasidagi yuksak fuqarolik mas`uliyatini his etishga, o`z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirib yashashga da`vat etadi. Shunday ekan, mehri daryo, haqiqatparvar yurtni sevmay bo`ladimi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |