Reja: I. Kirish. Oʻzbek adabiyotining quyoshi



Download 14,52 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi14,52 Kb.
#402437
Bog'liq
Alisher Navoiy-gʻazal mulkining sultoni


Alisher Navoiy-gʻazal mulkining sultoni

Reja:


I. Kirish. Oʻzbek adabiyotining quyoshi.

II. Asosiy qism:

1. Navoiy hayoti va ijodiga bir nazar.

2. Shoir g'azallarining o'ziga xosligi

3. Alisher Navoiy merosi biz uchun buyuk xazinadir.

III. Xulosa. Navoiy adabiyotimizda mangu yashaydi.


Xalqimizda Navoiyni bilmagan, u haqida eshitmagan,

uning gʼazallaridan yod olmagan kishining oʼzi boʼlmasa kerak. Chunki Navoiyni bilmaslik, oʼz tilini hurmat qilmaslik bilan baro-bardir. Tilimizda goʼzal asarlar yaratgan buyuk adibimiz necha-nacha zamonlardan beri ulugʼlanib kelingan. Uning Farhod-u Shirinlari, Layliyu Majnunlari bugun ham barhayotdir.

Uning yaratgan asarlari, mumtoz gʼazal, ruboiy, qita, tuyuqari har bir kishining manaviy ozuqasini oshirishga xizmat qiladi. Chunki Navoiyning asarlararida gʼayrioddiylik, insonlarga xos mehr-oqibat, sevgi-muhabbat tuygʼulari tarannum etilgan.

Men har gal Navoiy gʼazallaridan yod olganimda ularning magʼzini chaqishga harakat qilaman. Chunki har bir gʼazalda oʼzgacha bir xissiyot yashiringan.

Qoshi yosinmu deyin, koʼzi qarosinmu deyin?

Koʼngluma har biring dardu balosinmu deyin?

Kozi qahrinmu deyin, kip-rigi zahrinmu?

Bu qudurat uza ruxsori safosin deyin?..

Navoiy yoshligidan boshlab ota zehnli, ziyrak, aqli bola boʻlgan. U yetti yoshida boshab gʻazallar yoza boshlagan.

Orazin yopgʻoch koʼzimdin sochilur har lahza yosh,

Boʼylakim, paydo bolur yulduz, nihon boʼlgʼoch quyosh

Oʼzining oʼn ikki ming sherini shu birgina baytga almashmoqchi boʼlgan Lutfiy ham unga koʼngil qoʻyadi va uning buyuk kelajagiga ishonadi. Jomiy hazratlari ham Naoiyning asarlariga tan berib: yahshiyamki , Navoiyning asarlari turk tilida, agar ular fors tilida boʼlganda, bizning asarlarni hech kim oʼqimagan boʼlar edi”,- deb aytib oʼtgan ekanlar.

Buyuk zotlarning Navoiyga tan berishga ham uning asarlari qanchalik bebaho ekanligi yorqin isbotidir. Kecha oqshom oʼtirib, Navoiydan yod oldim:

Kichkina maʼlum emas hali parishonim meni,

Osmonni pora qildi tiyri afgʼonim meni

Men nechuk shod etmayin bu hasta koʻnglumni bukun,

Keldi holimni soʻrab jona-jonim meni

Gʻazalni bot-bot oʻqib ekanman, unda Navoiyning ichki his-tuygʻulari, dardlari borligini payqadim.

Biz Alisher Navoiy nomini ulugʻlab, koʻklarga koʻtaramiz. Ular buyuk zot bolsa ham, aslida juda kamtarin, oqkoʻngil, xalqparvar, oily-janob inson boʻlganlar. Hoʻsh, Navoiyning buyuklidagi ana ʼosha oddiylik nimada? Navoiy hamisha xalq orasida yashagan. Navoiyni mansab, shon-shuhrat emas, balki el-yurt uchun xizmat qilish qiziqtirar edi.

U umri davomida xalqni xalq qilish dardi bilan yashadi, Navoiy oʻz tasavvurida oddiygina bir inson edi. Lekin uning qalb qushi hamisha porlab turar edi.

Navoiy ham fors ham tojik tillarida ijod etgan. uning yaratgan boy merosi ozbek xazinasining duru-javohirlaridandir. Lekin shoir ogʻir kasallik tufayli 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.

Bu esa Navoiyning zamondoshlari uchun ogʻir bir musibatga aylandi.

Oʻlimidan har bir uyga tushdi motam.

Mamlakatning har burchidan chiqdi figʻon.


Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham

Bu dahshati musibatdan yutdilar qon.

Hayot bu shunday narsaki, unda yaxshi inson ham, yomon insonlar ham dunyoga keladi va ikkalasi ham bu dunyoni tark etadi. Faqat yaxshi insondan yaxshi iz qoladi.

Oʻtgan vaqtni ortga qaytarib boʻlmaydi, demak har bir kunimiz tarixdir. Biz tarixda oʻzimizda qanday nom qoldirmoqdamiz?!



Navoiyning yaratgan asarlari har birimizni toʻgʻri yoʻlga chorlashdan iborat. Navoiyning xotirasi esa har kuni, har daqiqa yuragimizda tarix boʻlib yashaydi, yashayveradi.
Download 14,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish