STRUKTURAL TAHLIL METODLARI Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi.
BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi. Bevosita ishtirokchilar – BI BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi. Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta – konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
bir vaqtning o‘zida 2 tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi; o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas; BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.
metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta – konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
bir vaqtning o‘zida 2 tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi; o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas; BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |