Gctб Di’’Gctох Di’Qйук
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik oʼtkazish koeffitsienti katta; gidravlik qarshiliga nisbatan kichik; tuzilishi ixcham; suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta.
Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi; tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qoʼyish ehtimoli bor.
Issiqlik almashinish qurilmalarining konstruktsiyasini tanlashda quyidagilarni inobatga olish kerak: qurilma texnologik jarayonga mos boʼlishi zarur; yuqori samarali, tejamkor va ishlash paytida ishonchli, hamda metall sarfi kam boʼlishi zarur; ishchi muhitlarda qurilma materiali yemirilishga bardoshli boʼlish kerak.
Issiqlik eltkichlar qurilma orqali katta tezlikda oʼtsa, issiqlik oʼtkazish koeffitsientining yuqori qiymatlariga erishsa boʼladi. Bunday yuqori qiymatlarni olish uchun issiqlik almashinish yuzasi toza boʼlishi kerak.
Аgar, suyuqliklar birortasining tezligi oshirilsa, ikkinchi suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffitsienti koʼpayadi. Lekin, issiqlik oʼtkazish koeffitsientining sezilarli darajada koʼpayishi uchun devor va undagi iflosliklarning termik qarshiligi kichik boʼlishi kerak. Masalan, agar trubalararo boʼshliqdagi issiqlik berish koeffitsienti trubalar boʼshligʼinikidan juda past boʼlsa, trubalar ichida oqayotgan suyuqlik tezligining oʼsishi issiqlik oʼtkazish koeffitsientiga uncha taʼsir qilmaydi. Bu holda trubalararo boʼshliqdagi issiqlik berish koeffitsientini oshirish zarur, yaʼni u yerga segment toʼsiqlar oʼrnatish maqsadga muvofiqdir.
Qaysi muhitni truba ichiga, qaysi birini trubalararo boʼshliqqa yoʼnaltirish muammosini hal etishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
– yuqori issiqlik oʼtkazish koeffitsientiga erishish uchun issiqlik berish koeffitsienti kichik boʼlgan muhitni truba ichiga yoʼnaltirish zarur;
– kimyoviy faol, korrozion muhitlarni truba ichiga yuborish zarur, chunki bunda faqat truba, teshikli panjara va qopqoqlar tegishli legirlangan metalldan yasaladi, yaʼni qobiq, segment toʼsiq va boshqalar oddiy, uglerodli poʼlatdan tayyorlanishi mumkin;
– atrof muhitga issiqlik yoʼqotilishini kamaytirish uchun temperaturasi yuqori muhitni truba ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir;
– choʼkma hosil qiladigan muhitlarni trubalar yuzasi oson tozalanadigan boʼshliqqa yoʼnaltirish tavsiya etiladi;
– bosimi yuqori boʼlgan muhitni truba ichiga yoʼnaltirish zarur, chunki qobiqdan koʼra trubalar bosimni yaxshi ushlaydi.
Issiqlik almashinish qurilmasining konstruktsiyasi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida tanlanadi. Bunda, tayyorlash uchun ketgan asosiy (kapital) va yillik ekspluatatsion sarflar taqqoslanadi. Аyrim hollarda, ekspluatatsion sarflar tejalishi hisobiga sarflar tez qoplansa, asosiy sarflarni koʼpaytirish ham mumkin.
Xulosa
Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlar va qurilmalar fanidan jarayon turlarini yani mexanik, gidromexanik, bug’latish, modda almashinish jarayonlarida maxsulotni isitish, sovutishda issiqlik almashinish qurilmalarini ishlash prinsipini , kamchiliklari afzalliklarini o’rganish bilan birga ishlab chiqarish sohalarida qo’llanishni konstruksiyasini issiqlik, material balanslarni gidravlik, mehanik hisoblarni o’rgandim va tahlil qildim. Shu bilan birga trybaning issiqlik yuklamasi , xaroratlar o’rtasidagi issiqlik yuklamasi uchun xaroratlar yuzasi turbalarda issiqliklar xarakati yordamchi jixoz nasosning xajmiy sarfi va qurilmaning mustaxkamlik xisobini o’rgandim.Fan nafaqat “Kimyo-texnologiya” balki neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida barcha jarayonlarni amalga oshirishda kerakli ekanligini hamda texnologik liniyada ishtirok etishini tushundim. Bajargan kurs loyihada fandan kelib chiqib soha yo’nlalishlariga moslash va barcha tenglamalar, hisoblash metodlarini o’rganib kelinmoqda. Bug’latish qurilmalari modda kontsenratsiyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini yanya bir bor tushundim.Ishlab chiqarish sanoati, qolaversa oziq-ovqat hamda barcha sektorlarda bug’latish qurilmalaridan foydalanilar ekan. Olgan bilim malaka va kunikmalarini ishlab chiqarishga joriy etaman. SHu bilan birga kurs loyixa bajarishimda fanlar aro bog’lanishini tushundim.
Ushbu kurs loyihasi mobaynida plastinali issiqlik almashtirish qurilmasi yordamida limon kislatasini sovutish jarayonini amalga oshirishda bizga berilgan qiymatlardan foydalangan holda hisob kitoblar amalga oshirildi. Kurs loyiha mobaynida issiqlik o’tkazuvchanligi katta, oson yig’iladigan va ta’mirlash uchun oson bo’lgan qurilmanadan foydalanildi. Qurilmaning eng katta kamchiligi katta miqdorda moddaning sovutish jarayonini olib bora olmasligi va katta bosim ostida ishlay olmasligidir. Sovituvchi (isituvchi) sifatida ham suyuqlik, ham gaz ishlatilinishi mumkin. Asosan haroratgacha bo’lgan oralida kechayotgan sovutish (isitish) jarayonlari suyuqlik (suv) yordamida, hamda haroratdan yuqori bo’lgan oralida sovutish (isitish) jarayonlari gaz (suv bug’i) yordamida amalga oshiriladi. Bu loyiha ishida limon kislatasi suv yordamida sovutiladi bu esa jarayonni moddiy jihatdan narxini arzonlashtiradi. Plastinali issiqlkk almashinish qurilmasi sovutish jarayonlarida mahsulot sifat va narx me’zoniga javob bergan holda, jarayon ketishini uzluksiz va bir me’yorda ketishini ta’minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |