Huquqiy me’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy me’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.
Huquqiy me’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga
nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |