Baxtsiz hodisa - Mehnat kodeksi189-moddasining birinchi qismiga muvofiq xodimning sog’lig’iga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o’z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi to’liq hajmda to’lashi shart.
Zararni to’lash:
jabrlanuvchiga yo’qotgan ish haqi (daromad)ni to’lashdan;
sog’lig’iga shikast yetishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarning kompensatsiyasidan;
belgilangan hollarda esa - bir yo’la beriladigan nafaqa to’lashdan iboratdir
YO’qotilgan ish haqi (daromad) - Mehnat kodeksi 190-moddasining birinchi qismiga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan zarar jabrlanuvchining mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovdan iboratdir. Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (ТMEK) tomonidan aniqlanadi va Mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq sog’liqqa shikast yetkazilishi oqibatlariga bog’liq holda 5%dan 100%gacha doirada belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 1007-moddasiga ko’ra jabrlanuvchining yo’qotgan ish haqi tarkibiga: ham asosiy, ham daromad solig’i undiriladigan o’rindoshlik ish joyi bo’yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha barcha mehnat haqi turlari; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida); mualliflik haqi; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tug’ruq ta’tillari davri uchun to’langan nafaqalar kiritiladi. Ushbu barcha ish haqi turlari (daromadlar) soliqlar ushlab qolingunga qadar hisoblangan summalarda hisobga olinadi.
Jabrlanuvchining yo’qotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qo’yilmalari yoki paylari bo’yicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlari; bir martalik tusdagi to’lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi to’xtatilganda beriladigan yordam nafaqalari).
O’rtacha oylik ish haqi xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash qoidalarining (bundan keyin - Qoidalar) II bo’limi bilan belgilangan tartibda aniqlanadi.
12 oydagi ish uchun o’rtacha oylik ish haqi (daromad) ish haqining umumiy summasini (daromadni) 12 ga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda 12 oydan kam ishlagan taqdirda, o’rtacha oylik ish haqi (daromad) haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi.
Jabrlanuvchi to’liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko’ra bundan oldin to’liq ishlanmagan oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish mumkin bo’lmaganda hisoblashdan chiqariladi. Agar jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan bo’lsa, uning xohishiga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo’lgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan, ammo EKIHning 5 karrasidan kam bo’lmagan odatdagi haq to’lash miqdori hisobga olinadi
Agar mehnatda mayib bo’lishi oqibatida jabrlanuvchi avvalgi ishini bajara olmasa, ish beruvchi uning xohishiga ko’ra ТMEKning xulosasiga muvofiq o’z hisobidan uni yangi kasbga o’rgatishi ham shart. O’rgatish vaqtida jabr-lanuvchiga mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqi (daromad) to’lanishi kerak.
Mazkur to’lovlar har oyda amalga oshirilishiga qaramay, uzrli sabablar bo’lgan taqdirda sud ish beruvchining imkoniyatlarini hisobga olib, jabrlanuvchining talabi bilan unga tegishli to’lovlarni bir yo’la, lekin 3 yildan oshmagan vaqt uchun to’lashni belgilashi mumkin
Bir martalik nafaqa - O’rtacha oylik ish haqi (daromad)ni, zarar qoplamining bosh-qa turlarini to’lashdan tashqari ish beruvchi jabrlanuvchiga bir martalik nafaqa to’laydi, uning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas
Ushbu nafaqaning aniq miqdori jamoa shartnomasi bilan, agar u tuzilmagan bo’lsa - ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Yillik ish haqi o’rtacha oylik ish haqini 12 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi
Moliya vazirligi tomonidan Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (SHJBPH) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
• ushlangan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini SHJBPHga o‘tkazish tartibi;
• SHJBPHga kiritilgan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari bo‘yicha hisob-kitob va hisobot;
• Xalq banki filiali tomonidan davlat soliq xizmati organlariga axborot taqdim etilishi tartibi;
• SHJBPHga mablag‘lar kelib tushishi ustidan nazorat.
Mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari bo‘yicha amalga oshirayotgan fuqarolar (ular jumlasiga ishlovchi pensionerlar, o‘rindoshlar ham kiradi), shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajaradigan fuqarolar, agar ushbu xodimlarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlaridan qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlansa, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchilar sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining majburiy ishtirokchilari hisoblanadilar.
Qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod etilgan boshqa fuqarolar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxsni tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriy asosda ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |