1-bob: YAGONA IJTIMOIY TO‘LOV VA MAJBURIY SU’GURTA BADALLARI
1.1Yagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari
Yagona ijtimoiy to‘lovning to‘lovchilari bo‘lib, buydjet tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norizidentlari hisoblanadi.Jismoniy shaxslar –O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston respublikasida doimiy ravishda ishlab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir. Jismoniy shahslar Fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamgarmasiga sug‘urta badallarini to‘lovchilari hisoblanadi.
Mazkur tushuncha darslikning keyingi matnlarida «sug‘urta badallari» deb yuritiladi Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularni to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvch budjet tashkilotining zimmasiga yuklatiladi. Soliq kodeksida ko‘rsatilgan ish haqidagi daromadlar yagona ishtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish obyekti hisoblanadi. Misol. 2021-yil noyabr oyida xodim ish normasini 20 foiz ortiq bajardi. Uning noyabr oyi uchun bajargan ish haqi miqdori 500 ming so‘mni tashkil etdi. Budjet tashkilotida qabul qilingan mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga asosan xodim ish normasini ortiq darajada bajarganda unga ish haqining 20 foiz miqdorida mukofot beriladi. Soliq kodeksining 306-moddasiga muvofiq, yagona ijtimoiy 141 to‘lovning va «sug‘urta badallari»ning soliq solish obyekti bo‘lib soliq kodeksining 172, 173, 174, 175-moddalarida keltirilgan ish haqi daromadlari hisoblanadi. Budjet tashkilotida qabul qilingan mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga asosan to‘lanadigan mukofot summalari rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga kiradi. Soliq kodeksi 173-moddasining 2-bandiga muvofiq mukofot summalari majburiy sug‘urta ajratmalariga tortish obyekti hisoblanadi. Xodimning ish normasini ortiq darajada bajarganda mukofotini hisobga olgan holdagi ish haqi miqdori 600 ming (500000+500000*20%) so‘mni tashkil etadi. Mazkur 600 ming so‘m bir ishchining bir oy davomidagi jami ish haqi fondi hisoblanadi.
Ushbu summadan quyidagi ushlanmalar ushlab qolinadi: – yagona ijtimoiy to‘lov summasi 150 ming (600000*25%) so‘mni tashkil etadi. – yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorda taqsimlanishi belgilab qo‘yilgan: Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga –24,8%; Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga – 0,1%; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga – 0,1 % stavkalarda. Majburiy sug‘urta badallar summasi esa 27 ming (600000*4,5%) so‘mni tashkil etadi. Majburiy sug‘urta badali koefitsiyenti joriy davr uchun 4,5 % ni tashkil etadi. Hisobot yilida bu korsatkich o‘zgarsa (5,5%), hisobchi buni inobatga olgan holda hisob-kitoblarni olib borishga aqli yetishi kerak. Yagona ijtimoiy to‘lovni va so‘gurta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza soliq kodeksiga muvofiq to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi. 142 7.1.2. Yagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha imtiyozlar Budjet tashkiloti bosh hisobchisi yagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha quyidagi imtiyozlar borligini inobatga olishi shart: – soliq kodeksining 174-moddasining 5, 8, 9, 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovlari; – hodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli budjet yoki xayriya jamg‘armalariga o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlari yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining oddiy, serjant va ofitser tarkiblarida xizmatni o‘tash munosabatlari bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar; – quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar:
a) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet elga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
b) O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
d) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar doirasida berilgan grant mablag‘lari;
e) Respublika Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-iyuldagi 328-sonli qarorining 7-bandida ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondidan 4,7 foiz stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov undirilishi belgilab qo‘yilgan.
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘laridan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarining ish haqidan ushlab qolinadi va davlat soliq inspeksiyasi orgali o‘tkaziladi. Yagona ijtimoiy to‘lovlarni hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan topshiradi, budjet tashkiloti buxgalterlari tomonidan hisobot yilning har choragida hisobot davrining keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etadilar. To‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: – yagona ijtimoiy to‘lov (25%) –har oyda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay; – sug‘urta badallari (4,5%) –ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, taqdim etiladi. Ish haqi hisobiga oyning birinchi yarmi uchun bo‘nak (avans) olishga hujjatlar taqdim etilganda sug‘urta badallari to‘lovi amalga oshirilmaydi. 7.3-§. Jamg‘arilib boriladigan pensiya fondiga ajratmalar hisobi Xodimlarning jamg‘arib boriladigan pеnsiya ta’minoti tizimida qatnashuvchi ishchi-xodimlarga o‘tkazilayotgan badallar summasi yuzasidan yuritilish hujjatini ko‘ramiz (18-jadval) Xodimlarning jami daromadlaridan ushlanadigan daromad solig‘i summasidan qoplanadi. Ushbu summa esa jami daromadining asl qiymati hisobidan (amalda 1,0%) foiz hisobida aniqlanadi