Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan 25 foiz miqdorida belgilangan.
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - 24,8 %;
- davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga - 0,1 %;
- kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga - 0,1 %.
Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 8 foiz miqdorida belgilangan.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:
- korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.
Sug‘urta badallarining hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari yuridik shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari – har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug’ish nafaqalarining davlat ijtimoiy kafolatlari sifatida to’lanishi saqlanadi. Biroq 2007 yil 1 yanvardan ular Davlat ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobiga emas, byudjet tashkilotlari tomonidan – mehnatga haq to’lash jamg’armasiga byudjet ajratmalari doirasida va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan – o’z mablag’lari hisobiga, ko’rsatilgan xarajatlarni foyda solig’ini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirgan holda amalga oshiriladi(Soliqkodeksining 141, 145 - moddalari).
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga ish haqidan fuqarolarning majburiy sug’urta badallarini yollanib ishlaydigan jismoniy shaxslar to’laydi. YOllanib ishlaydigan fuqarolarning majburiy sug’urta badallarini hisoblab yozish va ushlab qolish majburiyati, shuningdek hisoblashning to’g’ri bo’lishi uchun mas’uliyat ish beruvchi - yuridik shaxs zimmasiga yuklatilgan.
Mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish davlat fondi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o’rtasida taqsimlanadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar soliq va yig’imlarga tenglashtirilgan.
Mehnatga haq to’lash fondidan ajratmalar va fuqarolarning majburiy sug’urta badallari haqiqatda hisoblab yozilgan mehnatga haq to’lash (daromad) fondi va ijtimoiy sug’urta tatbiq etilgan xodimlarning barcha toifalari ish haqidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Mehnatga haq to’lash fondidan ajratmalar va fuqarolarning majburiy sug’urta badallari mazkur tashkilotda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq chiqarilgan nizomlar, ustavlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadigan, moliyalash manbalaridan qat’i nazar, soliqlar ushlanishini hisobga olmasdan ish haqi (daromad)ning barcha turlariga hisoblab yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |