Qanoat qil, bo'lsa uyingda yorma,
Aytilmagan yerga suqulib borma. (Maqol.)
Qo’shma gap tarkibidagi sabab va natijani ifodalovchi qismlar o’tgan zamonga oiddir. Ammo ulardan anglashilgan mazmun ketma-ket ro’y beradi - sabab oldin, natija so’ng sodir bo’ladi.
Sabab va natija munosabatini ifodalagan qo’shma gap qismlarining kesimlari bir xil zamon shaklida bo’lishlariga sabab shundaki, bu xil gaplarda sabab va natija orasida qat’iy chegara bo’lmaydi. Avval sababni ifodalagan qismda harakat-holat boshlangan bo’lsa-da, u tugallanmay, natija mazmunini ifodalagan qismdagi harakat-holat boshlanadi va har ikkisi barobar davom etadi: Samandar uydan hammadan oldin chiqdi va sirpanchiq bo'lishiga qaramay, garajga borib mashinasini matorini ko'rib kelishga urindi. (U.Hamdam 336-bet)
Bu xil konstruksiyalarming ayrim turlarida natija boshlanganda sabab tugallanadi, ammo bu holda ham sababdek natijaning kelib chiqishi tezlik bilan
ro’y beradi:6 Nilufar ko'chani supurib ichkariga kirdi-yu, esikni qulfladi.
(U.Hamdam).
Sabab-natija munosabatini ifodalovchi qo’shma gaplami tashkil etgan qismlarning ichki strukturasi, urg’usi va intonatsiyasida o’ziga xoslik mavjuddir. Buning sababi qo’shma gapnimg ikkinchi qismi mazmuni ma’lum darajada birinchi qismga bog‘liq bo’lishidadir. Odatda sabab va natija mazmunini ifodalashda ayrim gap bo’laklari asosiy rol o’ynaydi. Logik urg’u ana shunday so’zlarga tushadi. Qo’shma gapning ikki qismi orasida bog’lovchidan oldin pauza beriladi va ikkinchi qism xulosalash, natijalash intonatsiyasi, pasayuvchi intonatsiya bilan talaffuz etiladi: Samandar studentlar bilan o’tkazishgan bir suhbatida allanimadan gap chiqdi-yu, Saman ko'chaga chiqdi. (U.Hamdam 343- bet)
Sabab-natija munosabati ayrim so’zlar yordami bilan bo’rttiriladi. Bu so’zlar, qo’shma gap ikkinchi qismining boshida keladi.
Sabab-natija munosabatiga kirishuvchi gaplami biriktirishda xizmat qilgan, bunday mazmun munosabatlarini yanada aniqroq, bo’rttiribroq ifodalash uchun ishlatilgan shu xil leksik elementlar gap bo’lagi vazifasida keladi va o’z leksik ma’nosiga ega bo’ladi. Ikkinchi qisim boshida shuning uchun (va uning ekviva- lentlari) kelgan qo’shma gaplarda ham sabab-natija munosabati bo’lsa-da, bu xil konstmksiyalar sabab ergash gapli qo’shma gap sanaladi. Chunki shuning uchun o’zbek tilida tobelashtiruvchi bog’lovchi hisoblanadi va u bosh gap tarkibida bo’lib, sabab ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi8.
Sabab-natija munosabatini ifodalovchi qo’shma gaplaming ba’zi bir turlarida qismlar orasidagi semantik aloqa juda zich bo’ladi. Qo’shma gapning ikkinchi qismi tarkibida, bu, и olmoshlari ishtirok etadi. Bu olmoshlar qo’shma gapning birinchi qismiga mazmunan teng bo’ladi, uni eslatadi va so’nggi mulohaza uchun, asos bo’ladi. Bu, olmoshlari gap tarkibida ega, to’ldiruvchi yoki hol vazifasida keladi. Bog’langan qo’shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro’y berishi sabab bo’lgan voqea. hodisa, holatni, ikkinchisi esa shu sabab asosida ro’y berishi sabab bo'lgan voqea, hodisa, holatni ifodalaydi. Masalan, Anor so’zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H. Olimjon.)
Bu qo’shma gapning ikkinchi qismi (Zaynab qalbining qaltirashi) birinchi qismdan anglashilgan harakatning (Anor so’zlashining) natijasidir. Qo’shma gapning birinchi qismidan anglashilgan mazmun ikkinchi qismdagi mazmimni yuzaga keltiradi.
Sabab-natija mimosabatini ifodalagan qo’shma gap qismlari o’zaro biriktiruv bog’lovchisi yoki -u, -yu, -da yuklamalari yordami bilan bog'lanadi. Ammo sabab-natija mimosabatining yuzaga kelishini bog’lovchi yoki yuklamaga bog’lab qo’yish to’g’ri emas. Qo’shma gapning umumiy mazmuni yoki tarkibidagi ayrim bo’laklaming semantikasi, shuningdek, intonatsiya va logik urg’u, modal so’zlar sabab va natija munosabatini keltirib chiqaradi.
Ayrim hollarda qo’shma gap qismlari mazmunini qiyoslash sabab va natija munosabatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat, asosan, yuklama yordami bilan va biriktiruv bog’lovchisi bilan birikkan ba’zi bir bog’langan qo’shma gaplarga oiddir: Anzirat xola endigina yorug’ kип ко ’rishga umid bog‘laganida, damba va undan keyin kanal ishi boshlandi-yu, kuyov evazi naqd bo’lmagan og’ir mehnatga tob bera olmay, Kimsanoyni olib shaharga ketib qoldi. (A. Q.) _,
Qo’shma gapning sabab anglatuvchi birinchi qismida intonatsiya ma’lum darajada ko’tariladi va undan so’ng qo’shma gapning davom etishiga ishora beruvchi pauza bo’ladi.
Sabab va natija munosabatini ifodalovchi qo’shma gap kesimlarining zamon shakllari bilan qo’llanishida o’ziga xoslik bor. Mazmunan bu xil qo’shma gapni tashkil etgan qismlarning birinchisi sabab bo’lib, ikkinchisi undan kelib chiqadi- gan natijani ifodalagani uchun, birinchi qismining kesimi o’tgan zamon yoki hozirgi zamon shakli va ma’nosida bo’Isa, ikkinchi qismning kesimi hozirgi yoki kelasi zamon shakli va ma’nosida bo’lishi kerak. Ammo amalda kesim shakllari ana shunday qo’llangan konstruksiyalar juda kam uchraydi. Odatda, bog’langan
qo’shma, gap qismlarining kesimlari bir xil zamon (ko’pincha o’tgan zamon) shaklida bo’ladi. Bu xil kesimlardan anglashilgan mazmimning ketma-ket ro’y berishi, birining sabab, ikkinchisining undan kelib chiqadigan natija ekanini kontekst, qismlarning umumiy mazmuni ko’rsatib turadi: Shu payt yonidagilardan Siddiqjon kim ekanligini so’ragan va hamma Sidiqjonga qarab turgan edi. (A. Q.) Qiz уalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. (0.) Bu qo’shma gap tarkibidagi sabab va natijani ifodalovchi qismlar o’tgan zamonga oiddir. Ammo ulardan anglashilgan mazmun ketma-ket ro’y beradi-sabab oldin, natija so’ng sodir bo’ladi.
Sabab va natija munosabatini ifodalagan qo’shma gap qismlarining kesimlari bir xil zamon shaklida bo’lishlariga sabab shundaki, bu xil gaplarda sabab va natija orasida qat’iy chegara bo’lmaydi-avval sababni ifodalagan qismda harakat-holat boshlangan bo’lsa-da, u tugallanmay, natija mazmunini ifodalagan qismdagi harakat-holat boshlanadi va har ikkisi barobar davom etadi: G’amxonada qashshoqlik kuldi va oila tutday to’kildi. (H. O.)
Ba’zi bog’langan qo’shma gap qismlarining so’nggisi oldingi aytilgan qismlarning mazmuniga qo’shimcha umumiy izoh bo’ladi, uni to’ldiradi, davom ettiradi; ular oldingi qismlarning mazmuniga aloqador bo’lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo’shimcha xabami yoki natijani ifodalaydi. Bu xil gaplar sodda yoki qo’shma gaplaming birikuvidan tashkil topishi mumkin.
Ikkinchi qism birinchisiga qo’shimcha izoh bo’lgan qo’shma gap qismlarini o’zaro bog’lash uchun biriktiruv bog’lovchilar - ham, hamda, va; zidlovchi bog’lovchilar - lekin, ammo; bog’lovchi funksiyasidagi bo’lsa, esa fe’l shakllari xizmat qiladi, bunda har bir bog’lovchi o’z grammatik ma’no ottenkasini saqlaydi.
Tarkibiy qismlarining o’zaro semantik munosabatiga ko’ra, bog’langan qo’shma gapning bu tipi ikki turga bo’linadi:
1. Izohlash munosabatini ifodalash.
2. Qo’shimcha ma’lumot berish munosabatini ifodalash.
Izohlash munosabatining ifodalanishi. Bog’langan qo’shma gapning bu xil guruhida qo’shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi va u bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha harakat-holat, xususiyatlami ifodalaydi yoki so’zlovchining birinchi qismning mazmuni haqidagi fikri, bahosi, munosabatini ko’rsatadi: Odamga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak. Qisqasini aytganda, meni ishdan bo’shadshdi, biroq men buning uchun aslo xafa emasman.
Bu xil bog’langan qo’shma gap qismlaridan anglashilgan mazmun odatda bir vaqtda ro’y beradi, shuning uchun ham qo’shma gap qismlarining kesimlari bir- biriga mos bir xil zamon shakli va ma’nosida bo’ladi .
Izoh munosabatini ifodalagan qo’shma gaplarning tarkibida bu olmoshi keladi. Bu olmosh odatda qo’shma gap ikkinchi qismining boshida, bog’lovchilardan so’ng qo’llanadi. Bu olmoshi mazmunan birinchi gapga teng keladi, uni eslatadi va so’nggi muhokama uchun asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |