REJA:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Bog`langan qo`shma gap haqida umumiy tushuncha.
2.Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog`langan qo`shma gaplar.
3.Izohlash munosabatlarini ifodalovchi bog`langan qo`shma gaplar.
4.Sabab-natija va izohlash munosabatlarini ifodalovchi bo‘g‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bog‘lanish yo‘llari va tinish belgilarining qo‘llanilishi.
III .Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
,,Ona tilimizning boyligini unga hurmatingiz vamuhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak”, ‒ deya murojaat qiladi Shavkat Mirziyoyev fan mutaxasislari bilan bo‘lgan suhbatda. Chunki til takomili har bir fuqaroga bog‘liq bo‘lishi bilan birgalikda, ayniqsa, soha mutaxsislari uchun eng asosiy vazifalaridir. Zero, til bevosita adabiyot bilan bog‘liq bo‘ladi. Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun imsoniyat bezavol yashaydi.1
Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham o‘zining yaqqol ifodasini topdi. O‘zbekistonning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan ,,Harakatlar strategiyasi”da ham IV bo‘lim ,,Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar”da qayd etilganidek; ,,Biz yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ,,Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik.2
Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda bugungi kun talabalari oldiga qo’yiladigan vazifa tilshunoslik masalalarini atroflicha o’rganishdir.
Gap uchun muhim belgi hisoblangan kesimlik belgisining miqdori gaplarni soda va qo’shma gaplarga bo’lishiga asos bo’ladi.
Bitta kesimlik belgisiga ega bo’lgan gap sodda gap , ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvi va ikki va undan ortiq kesimlik belgisiga ega bo’lgan gap esa qo’shma gap hisoblanadi. Sodda gapda shakllangan kesim bitta bo’lsa go’shma gap u birdan ortiq buladi va bir ortiq sodda gaplarning mazmunan hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi.
Qo'shma gap tarkibidagi gaplarning intonatsiya jihatdan ham o'ziga xos
xususiyati bor: bir gapning intonatsiyasi shuningdek har ikki gap orasidagi pauza
ikkinchi bir gapni talab etadi, intonatsiya qo'shma gapning oxirida tugallanadi.
O'zbek tilida qo'shma gaplar ma'lum mazmun munosabatni ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko'ra, uch turga bo'linadi:
bog'lovchisiz qo'shma gaplar;
bog'langan qo'shma gaplar;
ergash gapli qo'shma gaplar.3
Qo‘shma gapni tashkil etgan, bog'lovchi yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan bu sodda gaplar mazmunan yaxlit holda birikib, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi.
O'zaro teng bo'g'lovchilar yordamida birikkan, mazmuni va tuzilishiga ko'ra bir butunlikni tashkil etgan qo'shma gap turi bog'langan qo'shma gap deyiladi. Bog'langan qo'shma gapni boshqa qo'shma gaplardan farqlab turuvchi asosiy grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarning teng bog'lovchilar va yuklamalar yordamida bog'lanishidir. Bog'langan qo'shma gaplarda ham, bog'lovchisiz qo'shma gaplarda bo'lganidek, payt, qiyoslash, sabab-natija , izohlash va ayirish mazmun munosabatlari ifodalanadi. Bog'langan qo'shma gap bog'lovchisiz qo'shma gapdan ayirish mazmun munosabatining teng qo'llanishi, sabab va natija mazmun munosabatini ifodalovchi konstruktsiyalarning mustaqilligi va har bir semantik munosabat ichida o'ziga xos mazmun ottenkalarining ifodalanishi bilan ham farq qiladi.
Bog'langan qo'shma gap qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap bo'laklarining ma'nosi va o'rinlashishi ularning semantik va grammatik o'zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo'llanishi, gaplaming intonatsiyasi kabi faktorlar asosiy rol egallaydi.
Bog'langan qo'shma gap qismlarining o'zaro aloqasi orqali quyidagi mazmun munosabatlari ifodalanadi: 1. Qiyoslash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati. 4
Teng bog’lovchilar orqali birikkan, biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo’lmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qo’shma gapga bog’langan qo’shma gap deyiladi. Bog’langan qo’shma gap sostavidagi komponentlar o’zaro biriktiruv, chog’ishtiruv, ayiruv, zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar yoki bog’lovchi vazifasidagi -da, - u(-yu) yuklamalari vositasida bog‘lanadi.
Bog’lovchilar predikativ qismlarni bog’labgina qolmay, ular orasidagi turli munosabatlarni ham ko’rsatadi: va, ham, hamda biriktiruv bog’lovchilari ko’pincha ketma-ket yoki bir vaqtda bo’ladigan voqeani; lekin, ammo, biroq kabi bog’lovchilar zidlik mazmunini; goh, dam, ba ’zan kabi bog’lovchilar navbatma- navbat yuzaga keladigan harakatlarni; уо (yoki) bog’lovchisi birdan ortiq voqealardan birininggina yuzaga kelishini; esa, bo'lsa so’zlari chog’ishtirish mazmunini ifodalaydi. Bu tipdagi qo’shma gap komponentlarini bog’lashda predikativ qismlar uchun umumiy bo’lgan ayrim so’zlarning ishlatilishi, gap qurilishidagi ba’zi holatlar, fe’l kesimlaming zamoni ham ma’lum rol o’ynaydi.
Bog’lang’an qo’shma gap komponentlari bir-biridan intonatsiya bilan ajralib turadi, lekin bu intonatsiya bog’lovchisiz qo’shma gaplardagi intonatsiyadan farq qiladi.
Qo’shma gap (xususan bog’langan qo’shma gap) tarkibidagi komponentlar alohida-alohida ajratib qaralsa, ularning har, biri mustaqil gapga tengday ko’rinadi, lekin ular qo’shma gap tarkibida fikriy tugallikka (to’liq mustaqillikka) ega bo’lmaydi. Shu jihatdan bunday komponentlami mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish to’g’riroqdir. Masalan: Men ishonaman, oradan yillar, asrlar o'tadi, zamonlar o'zgaradi, lekin o'zining ma'nosi va qiyofasi bilab bir-birini to'ldiradigan bu ikki yodgorlik majmuasi nodir va o'lmas badiiy obida sifatida xalqimiz ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib qoladi. (I. A. Karimov.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 156-bet)
Bog’langan qo’shma g’aplarda birinchi komponent tuziladi, keyingisi esa bog’langan qo’shma gap komponentlari orasidagi munosabatga bog’liq holda quriladi. Masalan, esa, bo’lsa so’zlari yordami bilan birikib, chog’ishtiruv mazmuni ifodalangan bog’langan qo‘shma gapda keyingi komponentning qurilishi chog’ishtirilayotgan predmet yoki voqeaga bog’liq bo’ladi. Chog’ishtirilayotgan predmet yoki voqeani ifodalaydigan so’z keyingi komponentning boshida keladi.
Teng bog’lovchilar qo’shma gap tarkibida qo’llanishiga. ko’ra ikki xil bo’ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |