HAVODA QATUVCHI BOG‘LOVCHI MODDALAR.
Reja:
I.KIRISH
II ASOSIY QISM
2.1Gipsli bog‘lovchi moddalar
2.2.Gips ishlab chiqarish.
2.3Gipsning xarakteristikasi
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
GIPSLI BOG‘LOVCHI MODDALAR
Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips-toshni maydalab tuyish bilan hosil qilinadi. Gips-toshning kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab undan qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil qilinadi. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gips (CaSO4∙2Н2О) ni va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib, suvsizlantirib bog‘lovchilar olinadi.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Maos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200-2400 kgg‘m3 bo‘lgan jinsdir. Gips tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud.
150….170 0С da kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalangan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki malekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfati 65 0С da qizdirilganda, u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |