Inventarizatsiya o‘tkazish jarayoni. Inventarizatsiya boshlanishida har bir inventarizatsiya qilinadigan obyekt bo‘yicha moddiy qiymatliklarning buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlari chiqariladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tomonidan xonalar, qiymatliklarni saqlash joylari plombalanib, obyektga begona shaxslarning kirishi to‘xtatiladi va o‘ lchov asboblarining to‘g‘riligi hamda ularni tamg‘alash muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan, ular tomonidan inventarizatsiya qilinadigan moddiy qiymatliklarga doir barcha xarajatlar buxgalteriyaga topshirilganligi to‘g ‘ risida tilxat olinadi. Chakana savdo korxonalarida naqd pul mablag‘larining qoldig‘i va kundalik pul tushumi aniqlanadi. Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy boyliklarini inventarizatsiyadan o'tkazishga tayyorlaydi (materiallar nomlari bo'yicha ajratiladi, tovarlar va idishlar navlarga ajratiladi). Yaroqsiz holga kelgan va brak qilingan tovarlar alohida ajratiladi. Komissiya tomonidan mavjud moddiy qiymatliklar o'lchash, tortish, sanash va h.k. yo‘llar bilan tekshiriladi va natijalari inventarizatsiya ro'yxatlariga yoziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatlari 3 -4 nusxada rasmiylashtiriladi. So‘ngra aniqlangan haqiqiy qoldiqlar buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar bilan solishtiriladi. Inventarizatsiya natijalari dalolatnoma yoki taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtiriladi.
Inventarizatsiyani o'tkazish uchun korxonada doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi tuziladi. Uning tarkibi quyidagicha:
- korxona rahbari yoki uning o ‘rinbosari (komissiya raisi);
- bosh buxgalter;
- bosh mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, tex-
nologlar va h.k.);
- tarkibiy bo‘linmalar (xizmatlar) boshliqlari;
- jamoatchilik vakillari.
Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- kamomadlar, xo‘jasizlik va o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik qilgan xodimlarga nisbatan moddiy va intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g ‘risida korxona rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- qayta navlash natijalarini hisobga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi;
- korxonadagi moddiy qiymatliklar saqlanishini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi;
- aniqlangan kamomad va oshiqchaliklar bo‘yicha ma’muriy tekshiruv o‘tkazish uchun komissiya tarkibini tavsiya qiladi;
- inventarizatsiyaga doir ishlar hajmi kam va korxonada taftish komissiyasi mavjud bo‘lgan hollarda inventarizatsiya o‘tkazish mazkur komissiyaga yuklatilishi mumkin.
Ish hajmi katta bo‘lganda mulklar va moliyaviy majbu- riyatlarni bir paytda inventarizatsiya qilish uchun ishchi inventarizatsiya komissiyalari tashkil etiladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- korxona bo‘linmasi rahbarining vakili (ishchi komissiya raisi);
- mutaxassislar (iqtisodchi, buxgalteriya xodimi, muhandis, texnolog, tovarshunos, omborchi va b.).
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari tarkibiga inventarizatsiya qilinadigan mulklarni, baho shakllanish tartibini, dastlabki hisobni va hokazolarni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi mumkin. Shuningdek, korxonaning ichki audit bo‘ limi va tashqi auditorlik tashkiloti mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin. Ishchi inventarizatsiya komissiyalarining soni va tarkibi korxona rahbari buyrug‘i (farmoyishi) bo‘yicha tasdiqlanadi.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya ro‘yxatlarida inventarizatsiya boshlanishigacha barcha kirim va chiqim hujjatlarining buxgalteriyaga topshirganligi hamda ularning javobgarligiga olingan barcha qiymatliklar kirim qilinganligi, berianlari esa chiqim qilinganligi to‘g‘risida tilxat berishlari lozim.
Mulklarning haqiqatda mavjudligi inventarizatsiya chog‘ida sanash, tortish va o'lchash yo‘li bilan aniqlanishi shart. Korxona rahbari yuklarni tashish va siljitish uchun ishchi kuchi, texnik jihatdan sozlangan tarozilar, o‘lchov va nazorat asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqa zarur asbob-anjomlar bilan ta’minlashi lozim. Inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar ishtirok etishi shart. Olinadigan va to‘lanadigan schotlar bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlar, korxonalar va shaxslar bilan taqqoslash hisob-kitoblari (taqqoslash dalolatnomalari) tuziladi. Korxona buxgalteriyasi ma’lumotlari bo‘yicha aks ettirilgan u yoki bu debitorning qarz summalari, ularning buxgalteriya hisobi bo‘yicha ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |