Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Download 0,55 Mb.
bet2/8
Sana11.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#349834
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bux hisobidan

II. Asosiy qism

2.1. Inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va huquqiy-me’yoriy asoslari. Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasi ushbu farqlarni eng qisqa muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan kelib chiqadigan va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda tutadi. Buxgalteriya hisobi mol-m ulklarning m avjudligi to 'g 'risid a g i hisob ma’ lumotlarining ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini inventarizatsiya qilish yo'li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin.Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo'lib, «inventarium» aynan tarjimasi «xo'jalik buyumlarining aniq va batafsil ro'yxati» degan ma’noni bildiradi. Ya’ni inventarizatsiya- buxgalteriya hisobi metodining elementlaridan biri bo'lib, korxona aktivlari, korxona aktivlari (mablag'lari) va majburiyatlarning qoldiqlari hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali nazoratni ta’minlash hamda boshqarish usuli.

Inventarizatsiya o'tkazish O'zbekistonda davlat ahamiyatiga ega bo'lib, «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi» qonunga muvofiq «Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’ lumotlarining to'g'riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi» (11- modda). Agar buxgalteriya balansining barcha moddalari to'liq inventarizatsiya qilinmagan bo'lsa va bunday inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo'lsa, buxgalteriya hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadigan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida №19 «Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish» nomli O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi m illiy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999-yil 19- oktabrda №REG./17-19-20-75 sonli buyruq bilan tasdiqlangan va Adliya Vazirligida 1999- yil 2- noyabrda 833raqam bilan ro‘yxatga olingan). Unda korxonaning mol-mulklari va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek, №4 — «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’iy nazar, barcha korxonalar har yili yillik hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo'yilmalari, tugallanmagan kapital qurilishlar, tovar-modiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart* (22 - punkti) deb belgilangan. O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga (O‘zR Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘ mitasi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziriligining 2004- yil 10- martdagi 37, 2004­26, 20/1- sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan tashqari, inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Jinoyat Kodekslari bilan ham bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi.

Xulosa qilib aytganda, 0 ‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi huquqiy-me’yoriy tizim shakllangan.

Inventarizatsiya korxona mablag'ini tekshirib, ro'yxatga olish уа olingan ma'lumotlarni hisob ma'lumotlari Ьilan taqqoslash demakdir. Уоki inventarizatsiya xo'ja1ik mablag'lari уа ulaming tashkil topish manbalari, xo'jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobi hujjatlariga asosan qayta ro'yxatdan o'tkazishdir. Korxonalarda asosan 1- oktabrdan keyin inventarizatsiya o'tkaziladi, bunga sabab yiШk hisobot ma'lumotlari haqiqiyligini ta'minlashdir. Hatto quyidagi holatlarga ham e'tibornii qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yi1da 1 marta, yirik asosiy vositalami 3 yilda bir marta, oziq-ovqat tovarlarini Ьи yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi. Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o'z aksini topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya o'tkazish muddati уа obyekti ko'rsatilgan ro'yxat ham korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda уН boshiga tuziladi. Ви ro'yxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda bo'ladigan inventarizatsiya komissiya a'zolari tarkibi Ьаm tuzilgan bo'ladi. Yuqoridagi ma'lumotlar aks ettirilgan inventarizatsiya o'tkazish ro'yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya o'tkazish haqidagi ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya reja1i hisoblanadi.

Korxonalarda inventarizatsiya o'tkazish haqidagi buyruqlar bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlash maqsadida «Inventarizatsiya o'tkazish haqida buyruqlar bajarilishini nazorat kitobi» nomli kitob yuritiladi. Undagi rekvizitlar quyidagilardan iborat: korxona nomi, inventarizatsiyaning boshlanish muddati, tugatish muddati, inventarizatsiya o'tkaziladigan korxona, ombor, sex, bo'lim nomi уа hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruqning tartib raqami va muddati, inventarizatsiya komissiyasi a'zolarining ismi-sharifi, buyruqning оlin­ganligini tasdiqlovchi imzo, inventarizatsiya etiladigan boylik nomi, inventarizatsiya o'tkazish muddati (buyruqqa ko'ra, haqiqatda), tugatilish muddati (buyruqqa ko'ra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari haqida belgi уа ma'lumotlar, dastlabki natija (muddat, yetishmovchilik, ortiqcha summalar), so'nggi natijalar (muddat, yetishmovcbllik ortiqcha summalar), natijalar tasdiqlangan muddat yetishmovchilik bo'yicha qabul qilingan tadbir muddati, yetishmovchilikni qoplash, ishni tergov organlariga berish, belgi qo'yish qatori. Buyruqni olib, u olinganligi haqida ro'yxatga imzo chekkan komissiya a'zolari, belgilangan obyektga borganlaridan so'ng inventarizatsiya boshlashdan oldin inventarizatsiya muddatiga, kirim va chiqim hujjatlari yoki moddiy boyliklar уа риl mablag'larining harakati haqida hisobotlarning oxirgilarini olishlari shart.

Inventarizatsiya komissiyasining rahbari hisob reyestrlari (hisobotlari) ilova qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo'yadi. Вu hujjatlar buxgalteriyada inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob bo'yicha moddiy boyliklar qoldig'ini hisoblashga asos bo'ladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish bo'yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilish uchun ishonchnomaga ega bo'lgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim. Inventarizatsiya o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Вuхgalteriya Hisobi МШiу Standartining 19-sonli «Inventarlashni tashkil etish va o'tkazish» поmli standartida ketirilgan. Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlarning haqiqiy holati haqidagi ma'lumotlar inventarizatsiya yozиvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo'lmagan miqdorda rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya komissiya a'zolari inventarizatsiya obyektlarining oxirgi qoldiqlarini to'liq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya ma'lumotlarini o'z vaqtida va to'g'ri rasmiylashtirishlari lozim.

Korxonalarda inventarizatsiya qilinayotgan mulklarning haqiqiy qoldig'lari o'1chash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini уа oqilona tashkil etilishini ta'minlash shart-sharoit1arini yaratishi zarur. Bunday shart-sharoitlarga yordamchi ish kucblari tortish va o'lchash asboblari hamda ularni texnik sozligini ta'minlash kabilar kiradi.

Korxonalaming tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular тоl yetkazib beruvchilar omborlarida saqlanayotgan bo'lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi тиmkiп. Tanlov usulida boyliklarning ba'zi birlarigina o'lchanishi, sanalishi тиmkiп, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan о'tkazшsы shart bo'ladi. Ко'р miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda inventarizatsiya komissiya a'zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish vedomostlariga ma'lumotlarni aks ettirib boradi. Кип oxiri yoki o'lchash oxiriga borganda ushbu vedomostlar ma'lumotlari umumlashtirilib, jami ko'rsatkichlar inventarizatsiya ro'yhatida aks ettiriladi.

O'lchash dalolatnomalari, texnik hisoblash va tortish vedomostlari inventarizatsiya ro'yxatiga ilova qilinishi shart.

Korxona mulklarining haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi lozim.

Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya ro'yhatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuv mashinalari orqali to'ldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni to'ldirishda o'chirib yozishlar va bo'yashlarga уо'] qo'ymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa obyektlari inventarizatsiya yozuvlarida aks ettiriladi. Inventarizatsiya obyektlari u analitik hisobi ro'yhati bo'yicha inventarizatsiya ro'yhatiga tartib raqami, o'lchov birligi, miqdorida aks ettirilib boriladi.

Agar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, to'g'ri yozuv aks ettiriladi va Ьи komissiya a'zolari hamda moddiy javobgar shaxs irnzosi bilan tasdiqlanadi. Agarda inventarizatsiya yozuvi va ro 'yxatlarida, solishtinna vedomostlarida bo'sh qatorlar bo'lsa, chiziq tortiJishi kerak. Вu bilan qo'shimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya ma'lumotlari haqiqatdan сhеtlanishining oldi olingan bo'ladi. Inventarizatsiyaning rasmiylashtirilishi bilan bog'liq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya ro'yhatini inventarizatsiya komissiya a'zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak. Hisob va inventarizatsiya ma'lumotlari soJishtirma vedomostlarida taqqoslaniladi.Ortiqcha уою yetishmovchiliklarni miqdor va qiymat ko'rinishida aks ettirish shu solishtinna vedomostlarida amalga oshiriladi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish