Reja: I kirish. II asosiy qism



Download 40,19 Kb.
bet1/3
Sana15.08.2021
Hajmi40,19 Kb.
#148279
  1   2   3
Bog'liq
Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari ta'lim tizimidagi islohotlari va barkamol insonni ma'naviy tarbiyalash masalalari


Reja:

I Kirish.

II Asosiy qism.

  1. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari.

  2. Ta’lim tizimidagi islohotlar.

  3. Barkamol insonni ma’naviy tarbiyalash masalalari.

III Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

O’zbekiston mustaqil davlat sifatida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda kelajak sari ildam qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunga dalil sifatida O’zbekistonning jahon hamjamiyati o’rtasidagi munosib o’rni, mamlakatdagi turli sohalar bo’yicha o’zgarishlar, xalqning o’zligini anglay boshlagani, yoshlar faolligining oshganligida ko’rish mumkin. Lekin, hamma masalalar hali hal qilindi degan gap emas, chunki mustaqil davlat moziy o’lchovlari bo’yicha kelajakka ilk qadamlarini qo’ymoqda.

Dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o’zbek xalqi Yer kurrasi sivilizasiyasiga o’z munosib hissasini qo’shgan. Ushbu masala uning o’ziga xos va o’ziga mos milliy tarbiya mazmunida ham o’z ifodasini topgan.

Lekin, salkam 150 yillik mustabidlik davri uning dunyo hamjamiyati orasidagi mavqyeining pasayishi, ko’krak kerib turgan qomatining ancha bukchayishi, soxta tarkib toptirilgan «sovet» xalqining bir bo’lagiga aylanishiga olib keldi.

Mustaqillik o’zbek xalqining azaliy orzularini ruyobga chiqardi, unga tenglar ichida teng ekanligini namoyon etish imkoniyatini yaratdi. Xo’rlangan, tahqirlangan milliylik, milliy g’urur, ozodlik, o’zligini anglash hissi o’z qaddi-qomatini tiklash sharafiga muyassar bo’ldi.

Ammo mustabid tuzum davrida yo’l qo’yilgan iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish, mustaqil davlatni iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarish, xalqning haqiqiy ma’naviyatini qayta tiklash hamda zamon talablari asosida uni yo’lga qo’yish katta kuch va aqlni talab qiladi.

Xalqning keng qatlamlarini mustaqillik mafkurasi asosida shakllantirish, sobiq sho’ro tuzumining kommunistik mafkurasini ular ongidan siqib chiqarish yo’nalishida davlat darajasida talay farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori(1998 yil 24 iyul)da ta’kidlanganidek, «Milliy istiqlol mafkurasi mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga, oliyjanoblik tuyg’ularini chuqurlashtirishga, shonli o’tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch hislarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda».

Ushbu vazifalarni to’liq amalga oshirish uchun o’zbek xalqi qadriyati hisoblangan milliy tarbiyani zamon ruhiyati bilan boyitgan holda yo’lga qo’yish lozim. Buning uchun esa qadimiy va o’ta samarali hisoblangan o’zbek milliy tarbiyasining mohiyati, mazmuni, shakl va vositalari, uslubiyati, tarixiy ildizlari haqida ma’lum bilimga ega bo’lish lozim.




Download 40,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish