4-§. Yagona soliqning stavkalari, soliqni hisoblash muddatlari
Soliqni joriy etish afzalliklari. Yagona soliq to`lovchilar tomonidan mustaqil ravishda soliq solinadigan oborot va tasdiqlangan stavkalar asosida hisoblab chiqiladi.
Yagona soliq bo`yicha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati organlariga yil choragilik va yillik hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Yagona soliq budjetga yilning har choragida o`sib boruvchi yakun bo`yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan to`lanadi.
Yagona soliq summasi mahalliy budjetga o`tkaziladi.
To`lovchilar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Yagona soliq to`lovchilari bo`ladi, korxonada ishlovchilar soni chek-langan me'yordan oshmagan yuridik shaxslar hisoblanadi. Bunga hamma sohalarda faoliyat ko`rsatuvchi har xil mulk shaklidagi korxonalar kiradi. Demak, kichik korxona me'yori faqat ishlovchilar sonigagina qaralib, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va daromad olish darajasi e'tiborga olinmagan. Shu yerdan ko`rinib turibdiki, davlat ko`p mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar, xizmatlar bajaruvchi kichik korxonalarni har tomonlama rag`batlantirishni muljallaydi. Faoliyat turi xilma-xil bo`ladi ham yagona soliq to`laydilar.
Yagona soliq to`lovchi konconalar sotib olingan tovarlar va xomash-yolar tarkibida to`langan KKS summasini shu tovarlar va xomashyo tar-kibiga kiritadi (konsignatsion tovarlar bo`yicha davr xarajatiga olib boradi). Mahsulot yetkazuvchilarga ish va xizmat bilan birga to`langan QQS summasi shu ishlar, xizmatlar qiymatiga kiritiladi.
Yagona soliq to`lovchilar, bordiyu asosiy vostilar va nomoddiy aktivlarini ijaraga bersalar, unda shu aktivlar qiymatidan mol-mulk solig`ini umumiy tartibda to`laydilar.
Korxonada ishlovchilar soniga shartnoma bo`yicha ishlovchilar, fuqarohuquqiy shartnomalar bo`yicha ishlovchilar hamda yuridik shaxs maqomini olmagan filial va vakolatxonalarida ishlovchilar soni ham qo`shiladi.
Ro`yxatdan o`tgan kundan boshlab, ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o`tishni qaror qilgan yangi korxonalar ro`yxatdan o`tgan joydagi soliq inspeksiyasiga yozma ariza beradilar. Bu yerda ixchamlashtirilgan soliqqa o`tishga ruxsat olish kerak boimaydi.
Korxonada ishlovchilar sonidan 50 %ni 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, invalitlar birlashmasi «Nuroniy» va O`zbekiston Chernobilchilar assatsiyatsiyasi mulkida bo`lgan nogironlar tashkil etsa yagona soliq to`lashdan ozod etiladilar.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qaroriga asosan mikrofirmalar va kichik korxonalar tushumi:
iste'mol tovarlari ishlab chiqarishdan olinsa soliq stavkasi yigirma besh foiz kamaytiriladi;
iste'mol tovarlari ishlab chiqarish fizik hajmi o`sish hisobiga olinsa yagona soliqdan ozod etiladi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirganlari taqdirda, soliqning qafiy belgilangan summasini oldindan to`lab boradilar.
-
Ko`rsatkichlar
|
Tovarlar
|
(ishlar,
|
|
xizmatlar)
|
sotish
|
|
hajmiga foizlarda
|
nisbatan
|
xarid, ta'minot-sotuv korxonalari, brokerlik firmalari
|
33 daromaddan)
|
(yalpi
|
Lizing kompaniyalari lizing beruvchining daromadiga (marjasiga) nisbatan foizda soliq to`laydilar.
Yagona soliq to`lashga o`tishni istagan korxonalar chorak boshlanishidan bir oy oldin ro`yxatdan o`tgan soliq idoralariga yozma ravishda ariza berishlari kerak.
Korxonalarni yagona soliqqa o`tkazish to`grisida yoki asoslangan tarzda uni rad etish to`g`risidagi qaror soliq idoralari tomonidan ariza berilgan kundan e'tiboran 15 kun ichida amalga oshiriladi. Yangi tuzilgan korxonalar uchun ruxsat olish talab etilmaydi.
me'yorlarini shakllantirish tendentsiyasi. 90-yillarda soliq to'lashdan bo'yin tovlash va aktivlarni chet elga eksport qilish biznes etikasi normasi deb hisoblangan. Fuqarolardan undiriladigan daromad solig`i-amalda Jahonning barcha mamlakatlarida ayniqsa keng tarqalgan soliq turi. Bozor iqtisodiyoti sha-roitida har qanday olinadigan daromad, tekinga olingan narsa va foyda soliqqa tortilishi lozim. Hozirgi vaqtda mazkur soliq aholining deyarli hamma qatlamlarini qamrab oluvchi, eng yahshi ishlab chiqilgan va barqaror soliqdir.
O`zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning daromadlari «O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi»ga muvofiq soliqqa tortiladi.
«O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi»ga binoan moliya yili davrida O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshJanadigan 12 oygacha bo`lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko`proq muddatga O`zbekistonda yashagan jismoniy shaxs O`zbekiston
Respublikasining rezidenti deb hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining rezidenti bo`lgan jismoniy shaxslarga O`zbekiston Respublikasidagi shuningdek, bundan tashqaridagi faoliyat manbalaridan olingan daromadlari bo`yicha soliq solinadi.
O`zbekiston Respublikasidan tashqarida to`langan jismoniy shaxslar-ning daromad solig`i summalari O`zbekiston Respublikasidagi soliqni to`lashda O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalar miqdori jismoniy shaxslarning O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo`yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig`i summasidan oshmasligi lozim.
Daromad solig`i fuqarolar barcha toifalarining manfaatlari bilan bog`liq bo`lib, soliqqa tortishning asosiy qoidalarining o`zida ayniqsa to`la ifodalanadi.
Chunonchi, soliqqa tortish chog`ida ijtimoiy adolatni saqlash maqsadida amaldagi soliq qonunlarida istisno tariqasida bir qancha imtiyozlar ko`zda to`tilgan. Xususan, ishsizlik nafaqasi (O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan hajmlarida), davlat ijtimoiy sug`urtasi davlat ijtimoiy ta'minotiga doir nafaqalar, alimentlar oliy o`quv yurtlari, o`rta maxsus va hunar-texnika o`quv yurtlari talabalarining stipendiyalari, hunar-texnika bilim yurtlari stipendiyalari, shuningdek, pensiyaga qo`shimcha to`langan pullar, fuqarolaming xususiy mulkini sotishdan tushgan summalar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda hcdisalar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatlarining qarorlari aso-sida shunday yordam ko`rsatilganda va boshqa xollarda to`lanadigan pullar daromad solishga tortilmaydi.
Bundan tashqari, soliqqa tortiladigan daromad fuqarolarga to`lanishi kerak bo`lgan, lekin ularning arizalariga ko`ra korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xayriya hamda ekologiya fondlariga, shuningdek, qisman yoki to`lato`kis budjetdan moliyalashtiruvchi madaniyat, xalq ta'limi, sog`liqni saqlash hamda ijtimoiy ta'minot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga o`tkaziladigan summa miqdorida kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |