Mavzu: Ijtimoiy menejment
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Menejment ilmining taraqqiyot bosqichlari
2. “Ilmiy” menejment maktabi talimotlari
3. “Mumtoz yoki mamuriy menejment” maktabi ta’limotlari
4. O’zbek menejmentining o’ziga xos xususiyatlari,yutuq va kamchiliklari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan ababiyotlar ro’yxati
Kirish
Menejment ilmi o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Bu jarayonlar mobaynida unda bir qancha konsepsiyalar ilgari surildi. Ularning ko’pchiligi o’sha davridayoq o’zini oqlolmadi, ba’zilari esa bugungi kungacha yashab kelmoqda. Bugungi kun korxonalarini menejmentsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishni istagan har qanday korxona o’z menejment faoliyatiga alohida e’tibor bermoqda. Jahon sahnida yapon menejmenti, amerikan menejmenti kabi yuksak maktablar vujudga keldi. Mamlakatimizda ham bu sohada ham alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi va uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg’unlashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallangan mutaxasislarni tayyorlashni taqazo etadi. Bugungi kunda malakali menejerlar-sifat jihatidan yangi iqtisodiyotning namoyondalari hamma narsalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish esa-menejerlik mazmun-mohiyatini ifoda etadi. Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o’rganish, shuningdek, bu sohada xorijda yig’ilgan tajribani tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda menejment sohasini mamlakatimizda rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huziridagi Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasining o’rni nihoyatda kattadir.
Mustaqil O’zbekistonning jahon bozoriga kirishi “ Kadrlar hammasini hal qiladi!” degan eski shiorni yangicha tarzda dolzarb qilib qo’ydi . Darhaqiqat , mutaxassislarimizning O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonga muvaffaqiyatli himoya etishi nazariy va amaliy tayyorgarlikka boliq.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda diletant , yetuk mutaxassis bo’lmagan rahbar o’z davlatiga zarar yetkazishi mumkin . Zero, O’zbekiston resurslarini xarid qilishda ham, o’z eksport imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishda ham chet mamlakatlar bilan hamkorlikni tobora kengaytirmoqda. Yuqori malakali mutaxassis xorijiy sheriklar bilan muvaffaqqiyatli hamkorlik olib borish, o’z mamlakati manfaatlarini xaqaro maydonda himoya qilish uchun ”menejment” faniga ehtiyoj sezadi.
Ushbu kurs ishida menejment ilmining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot bosqichlari, bugungi kun mamlakatimizda va xorijda uning qay darajada tashkil etilganligi tahliliy misollar vositasida yoritishga harakat qildi
Menejment ilmining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib,
Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida, odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarga “Qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” bo’yicha boshqarishi sabab bo’lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi,faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruvchi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risida quyidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Shu davrdan boshlab bugunga qadar boshqaruvdagi quyidagi to’rt yo’nalish evolyutsion tarzda rivojlangan va uzining tegishli xissasini qo’shgan.
Ilmiy menejment maktabi (1885-1920), namoyondalari F.Teylor, T.Emerson va boshqalar.
Mumtoz yoki ma’muriyat menejment maktabi (1920-1950), namoyondalari A.Fayol, MyuVeber va boshqalar.
“Inson munosabatlari” maktabi (1950- yildan hozirgacha) namoyondalari E.Meyo, R. Laykurt va boshqalar.
Miqdoriy tizimli yoki zamonaviy menejment maktabi (1950 yildan hozirgacha)namoyondalari G.Saymon, P.Durker, E.Deyl va boshqalar.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o’ziga xos ko’rinishlarda shakllangan:
50-60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida tashkiliy tarkibi turgan bo’lsa,
60-70-yillarda strategik rejalashtipish vujudga keldi.
80-yillardan boshlab esa ilg’or g’arb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga o’tiladi.
Hozirgi zamon boshqaruv fani - fanlararo fan. Boshqaruvning har bir funksiyasini bugun maxsus fanlar:
industrial-muhandislik sotsiologiyasi;
ijtimoiy psixologiya;
ijtimoiy injeneriya (ergonomika);
marketing kabilar o’rganadi.
Menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg’unlashuvi boshqarishning bozor konstepstiyasini vujudga kelishiga asos bo’ldi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar “Tinch boshqarish inqilobi” nomini olgan.
“Ilmiy” menejment maktabi talimotlari
“Ilmiy” menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlash.
Uning prinstiplariga binoan:
mehnatning har bir jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq, puxta ixtisoslashtirilishi shart;
|
har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim;
|
har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak;
|
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
|
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo’yilishi shart;
|
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart.
|
F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan hamda ishlab chiqarishda qo’llagan bu tamoyillari mehnat unumdorligining ikki baravar 100%ga o’sishiga olib kelgan.
Ayniqsa, qo’llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.
F.Teylor nazariyasiga ko’ra, rahbar va mytaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi.
F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta, hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan. Shunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko’rinishida rivojlanib bordi.
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mytaxassislardan bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson ilmiy boshqaruv tamoyillarini mohiyatiga ko’ra, quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:
1. Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar.
2. Oqil, sog’lom fikr.
3. Jozibali, e’tiborli mahsulot.
4. Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo’lish.
6. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7. Dispecherlash.
8. Me’yorlar va jadvallar.
9. Sharoit bilan ta’minlash.
10. Jarayonlarni me’yorlash.
11. Standart yo’riqnomalarni tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag’batlantirish.
Ko’rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida eng avvalo, ikki tamoyil, ya’ni aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar, shuningdek oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o’rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo’llanilib, unga ko’ra, berilgan me’yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffistientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solinar edi. Shu bilan birga, berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan (9-band).
“Ilmiy” menejment namoyandalari o’z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag’ishlaganlar. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shyg’yllanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shyg’yllana boshladilar.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib, martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to’g’risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o’laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari:
Do'stlaringiz bilan baham: |