2. B o sh l a n g’ i ch b o s q i ch:
1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. 1 va 2 –bosqichdagi STU haftada 1
marta o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan asar
yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson
o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish mumkin. Bu ularda
o’qishga qiziqish uyg’otadi. Asar o’qilgan o’quvchilar asar nomini, muallifi bilan
tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlilqilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |