20-jadval
-
Nomi
|
Davlat, rayon
|
Diametr, km
|
Tushgan
vaqti, yil.
|
Manikuag
an Kliruoter
Rishat
Transvaal
Popigay
Boltishev Rotmistro v
Kaluga
Yanis'yarv
Tungus
|
Kanada
Kanada Mavritaniv
a
Janubiy
Afrika
Sibir,
Popigay daryosi rayoni
Kirovograd oblasti
Kirovograd oblasti Kaluga shahari, rayoni Estoniya
Sibir
|
65
35
50
-
100
25
215
15
-
|
Aniq emas
Aniq emas
Aniq emas Aniq emas 28 mln.
70 mln
70 mln
400 mln
700 mln
93
|
Zilzilalar nihoyatda og'ir, halokatli va fojiali oqibatlarga olib keladiki, buning natijasida atom portlashlaridan bir necha marta katta bo'lgan voyronagarchilik yuzaga keladi. Bu vayronagarchiliklar oqibatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Turar joy binolarining buzilib va to'ntarilib ketishi natijasida bino vayronalari ostida qolgan odamlar halok bo'ladi. Ma'lumki, odamlar yer qimirlashdan emas, yer qimirlashi natijasida buzilib ketgan binolar parchalari ostida qolib ketganligi uchun halok bo'ladi.
Zilzilalar shaharlar yoki katta-katta qishloqlarni o'z ichiga olgan bo'lsa, unda portlashlar va yong'inlar kelib chiqishiga sababchi bo'ladi. ularning asosiy sababi shahar va qishloqlardagi elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida ko'p yerlarda qisqa tutashuvlar bo'lishi va bu shahar va qishloqlardagi gaz taqsimlash va gaz berish trubalarining ishdan chiqishi natijasida to'planib qolgan gazlar elektr uchqunlari ta'sirida portlashga muvofiq muhit yaratadi. Agar shaharda ko'plab yengil alangalanuvchi moddalar saqlanayotgan bo’lsa, uning oqibati dahshatliroq bo'lishi mumkin;
Katta kuchdagi zilzilalar natijasida yer yorilishi va yer siljishlari natijasida butun boshli qishloqlar va shahar rayonlari yer ostida yoki vayronalar ostida qolib ketishi mumkin.
Aholi yashash maskanlari yaqinida daryolar, kanallar, ko'llar va boshqa suv inshootlari bo'lsa, ularning buzilib ketishi, daryolarning o'z o'zanini o'zgartirishi natijasida u maskanlarni suv bosib ketish xavfi paydo bo'ladi.
Bulardan tashqari dunyoning boshqa hududlarida bo'ladigan tabiiy ofatlar, masalan, vulqonlar otilishi nitijasida miriglab aholi yashaydigan hududlarda vulqon otilishidan hosil bo'lgan zaharli tutun bosib ketishi va bu tutunlar birnecha kunlab tarqalmasligi natijasida odamlarning halokatli holatlari kuzatilgan. Bundan tashqari vulqonlar otilganda katta miqdordagi kul va qurum otilib chiqadi, bu qurum bir necha o'nlab gektar maydonlarni bosib ketishi mumkin. Bu qurum va ko'llar qum bilan aralashgan holatda bo'lishi unimli yerlarni ishdan chiqaradi va bular tarkibida chiqayotgan lavalar tog' yon bag'riga joylashgan obod maskanlarni yondirib kultepaga aylantiradi.
Dengiz va okeanlar yaqinida joylashgan aholiga suv toshqinlari va katta kuchdagi dovullar va sunami kabi ofatlarga dosh berishga to'g'ri keladi.
Bu keltirib o'tilgan voqealar odamlarning ruhiy holatida salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada, odamlarda mhiy tushkunlik, qo'rquv paydo bo'ladi va ba'zi bir holatlarda ruhiy kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi.
Odatda, zilzilalar to'satdan boshlanadi. Bunda odamlarda qo'rquv hissi sarosimalikka olib keladi. Sarosimaga tushgan odamlar baravariga xonalardan yoki binolardan chiqib ketish joylariga intiladi va bu intilish birdaniga vujudga kelganligi sababli odamlar ko'proq to'planadigan binolarda chiqish joylarida ur-yiqit boshlanadi va bu yerda bir odam ikkinchisiga yo'l berish kerakligi haqida umuman o'ylamaydi va har kim uchun o'z hayotini qutqarish birinchi darajali ishga aylanadi. Bu esa qo'shimcha fojialar kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.
Shuning uchun zilzila xavfi bo'lgan hududlarda odamlarni oldindan ogohlantirish xizmatini tashkil qilish va sarosimalikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bunday joylarda, shuningdek, odamlarni uydan chiqib ketgandan keyin uyga tezda qaytib kirish imkoniyati bo'lmaydi; bunga birinchidan, qo'rquv hissi xalaqit bersa, ikkinchidan, uning qaytadigan uyi vayronaga aylangan bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday hududlardan palata shaharchalari qurish uchun yetarli palatkalar va ularni hayot faoliyati izdan chiqmasligini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash masalalari oldindan tayyorlab qo'yilgan bo'lishi kerak. Bu hududda joylashgan sanoat korxonalari va energetika tarmoqlarini ishini avariyani oldini olishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida energiya tarmog'ini o'chirishni ta'minlovchi vositalar oldindan tayyorlab qo'yilgan bo'lishi kerak.
Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, zilzila xavfi bo'lgan rayonlarda zilzila bo"lish vaqtini oldindan bilish va uning bo'lishini aholiga o'z vaqtida yetkazish va zilzila vaqtida u yerdan chiqib ketish imkoniyati bo'lmagan taqdirda sarosimaga tushmasdan sovuqqonlik bilan harakat qilish, ya'ni eshiklar oralig'iga yoki mustahkam va baquwat mebellar bo'lsa, ularning tagida zilzila oqibatlarini va tugallanishini kutib turish zilziladan omon saqlanishning asosiy yo'li hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi hamma seysmik xavfli rayonlar, hattoki, qaysi joyda necha ballgacha zilzila bo'lishi mumkinligini belgilagan holda aniqlash imkoniyati bor. Hamma zilzila xavfi bo'lgan hududlarga ega bo'lgan davlatlarning hammasida seysmik stansiyalar va seysmologiya ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalari ishlab turibdi. Bu stansiya va laboratoriyalar bir-birlari bilan mustahkam aloqa bog'lagan va bir-birlari bilan axborot almashish imkoniyatlari yo'lga qo'yilgan. Bu ma'lumotlarni internet tizimi orqali olish va uzatish imkoniyatlari mavjud.
Bu stansiyalar va institutlarning asosiy vazifalari-zilzilani aniq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini iloji boricha aniqlikda oldindan ilmiy asoslarda asoslab bashorat qilish va uni o'sha zilzila bo'ladigan hudud aholisini zilzila xavfidan ogoh qilish bilan ularning hayotini saqlab qolishdir. Bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada, masalan, zilzila bo'lishi mumkin bo'lgan joyni aniq aytib berish va uni bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini taxminiy aytish imkoniyatlari bo'lsada, uni vaqtini aniq aytish imkoniyati yo'q.
Zilzilalar bo'lish vaqtini an'anaviy metodlar bilan, masalan, suv osti suvlarining tarkibini aniqlash va suvlar tarkibidagi radon miqdorini belgilash va boshqa tajribalar yo'li bilan, ya'ni ilgarigi zilzilalarning davriyligi va boshqa xususiy belgilar: zilzila bo'ladigan hududlarda hayvonlarning besaramjonligi, yowoyi hayvonlarning u yerdan uzoqroqqa qochishga intilishi va boshqa belgilardan yer silkinishini bashorat qilish mumkin.
Zilzila bo'lgan hududda birinchi navbatda vayronaga aylangan, yarim vayron bo'lgan, bosib qolgan va yonayotgan binolar ostidan zararlanganlarni qutqanb olish, ularga birinchi yordam ko'rsatish, yonayotgan binolarda o't o'chirish ishlarini amalga oshirish, zararlanganlarni suv bilan ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyimkechaklar bilan ta'minlash, o'tish yo'llarini buzilgan binolar bo'laklaridan tozalash, ba'zi bir yarim buzilgan binolarning odamlar hayotiga xavf solayotgan qismlarini buzib tashlash, avtotransport vositalari harakatlanishi kerak bolgan zonalarda tiklash-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, elektr va gaz tarmoqlarida yuz bergan zararlarni aniqlash va vaqtincha bo'lsa ham, ularni o'chirib yong'in va portlash xavfmi oldini olish, yaroqsiz holga kelgan va ta'mirlash imkoniyati bo'lmagan binolarni butunlay buzib tashlash, sog' qolgan binolarda ularning mustahkamligini tekshirgandan keyin ularning hayot faoliyatini ta'minlaydigan xo'jaliklari elektr va gaz ta'minoti tizimini zararlanmaganligiga ishonch hosil qilgandan keyin ularga zararlanganlarni vaqtincha joylash, yaqin o'rtada joy tanlab unga hamma boshpanasiz qolganlarni palatkali lager tashkil qilib joylashtirish va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |