Reja: I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari


Bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlarning qisqacha tavsifi



Download 262 Kb.
bet2/21
Sana01.06.2022
Hajmi262 Kb.
#625646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Fuqarolar muhofazasi

2. Bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlarning qisqacha tavsifi
Tabiiy ofatlar sirasiga tabiatda bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar (bular o'rmonlar va tabiiy butazorlar, ekinlar) qishloq yoki shaharchalarda ko'plab binolarni qamrab olgan bo'lishi mumkin, to'qayzorlar va ba'zi bir o'lkalarda yuz berishi mumkin bo'lgan torf qatlamlarining yonishi, savannalar va tropik o'rmonlarining yonishi va boshqalarda namoyon bo'ladi; suv toshqinlari: uzluksiz bir necha kun yoki haftalar mobaynida yomg'irlar yog'ishi yoki sellar natijasida daryolar toshishi; zilzila; otilishi; sel kelishi natijasida suv bosish hollari; yerlarning surilishi; liar xil o'pirilishlar; qattiq shamollar; qor bo'ronlari va quyunlari; qor ko'chish hollari; har xil epidemiyalar; uy hayvonlari va yowoyi hayvonlarda uchrashi mumkin bo'lgan har xil epidemiyalar; qishloq xo'jaligida va boshqa ekinlarda zararkunandalarning ko'payib ketishi va boshqalarni kiritish mumkin.
Tabiiy ofatlar yer kurrasida doimo uchrab turadigan, o’z zararlilik darajasi va insoniyatga yetkazgan zarari hamda vayronaliklari bilan va shuningdek, moddiy va ma'naviy boyliklarni yo'qolishiga olib kelishini umuman jamlasak, ulardan keladigan zarar va odamlarning hayotdan ko'z yumishiga olib kelish masshtabi bir qancha urushlardan kam emasligini kuzatish mumkin.
Tabiiy ofatlar-tabiat injiqliklarining ko'rinishlari sifatida paydo bo'Iadigan, insonning risolada yashash tarzini o'zgarishiga olib keladigan, shuningdek, ko'pgina vayronaliklarga, insonning moddiy boyliklarini buzilib yo'qolishiga olib keladigan, ba'zida ko'plab fojialarga sabab bo'Iadigan tabiat hodisasidir. Bu tabiiy ofatlarning eng birinchisizilzilalardir. Chunki zilzilalar ta'sir darajasi va keltirib chiqaradigan vayronaliklari bilangina ajralib turmasdan, balki ko'plab odamlarning hayotdan ko"z yumishiga olib keladi. Bu holda hayotdan ko'z yumish osongina kechmasdan, balki vayronalar orasida qolib ketish bilan bo'ladi. Zilzilalar yer osti zarbalari natijasida yer yuzasida tabiiy ravishda hosil bo'Iadigan silkinish hisoblanadi. Yer osti zarbasining hosil bo’lish jarayoni yer ostidagi zilzila o'chog'i ma'lum qalinlikdagi yer qatlamida uzoq davr mobaynida yig'ilgan energiyaning ajralishi tufayli yuz beradi va buning natijasida yer yuzasida zarba to'g'ri kelgan markazdan har tomonga seysmik to'lqin harakati tarqaladi.
Xalqaro seysmik shkala MSK-64 ga asosan zilzilalar 12 ballga bo'linadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida tektonik jarayonlaming katta aktivligi kuzatiladi, tog'larning o'sishi yiliga 1-2 sm ni ba'zi bir joylarda esa 8-10 sm ni tashkil qilib, bu o'sishlar yer qimirlashi bilan o'tadi. Yer qimirlash o'choqlari yer qariga joylashgan bo'lib, asosan uning granit qatlamida 5 dan 35 km gacha chuqurlikda joylashgan bo'ladi.
Zilzilalar tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi bo'lib, ko'plab odamlarning umriga zomin bo'ladigan ofatlar sirasiga kiradi.
Misol tariqasida 1948-yildagi Ashxabadda bo'lgan zilzila 110 ming kishining umrini zomin qilgan edi. Uning natijasida shahar butunlay vayron bo'lgan va uning o'rni hosil bo'lgan zarba natijasida gorizont bo'yicha 2,5 km masofaga siljib ketgan.
1966-yildagi Toshkent va birrnuncha keyinroq Gazli va Nazarbekda bo'lgan yer qimirlashlari natijasida respublikamizga juda katta moddiy zarar yetkazilgan edi.
1988-yilda Armaniston shimolida bo'lgan yer qimirlash bu asrda bo'lgan zilzilalarning eng mudhishlaridan bin sanaladi. Buning natijasida 25 ming kishi halok bo'ldi; 3 ta shahar va 360 ta qishloq vayronaga aylandi. Bundan 700 ming odam zarar ko'rdi; 514 ming kishi boshpanasiz qoldi. Bu zilzila tufayli Armaniston 8 mln kvadrat metr turar joy fondidan ajraldi. 1999-yilda Turkiya hududida bo'lgan ketma-ket zilzilalar bir necha shaharni vayron qildi necha minglab kishi qurbon bo'ldi va necha minglab kishi boshpanasiz qoldi.
Umuman olganda, O'rta Osiyo va Markaziy Osiyo hududlari zilzila xavfi yuqori bo'lgan hududlar sirasiga kiradi. Hozirgi zamon fani yutuqlari asosida zilzilalarni bashorat qilish imkoniyatini beradigan yutuqlaiga erishgan bo'lsa-da, lekin uning aniq vaqtini aytib, oldindan unga tayyorlanish imkoniyatlari hozircha yaratilgan emas.
Ikkinchi eng katta tabiiy ofatlardan biri va xavflilik darajasi zilzilalardan kam bo'lmagan-ofat suv toshqinlari hisoblanadi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablarga ko'ra uch turkumga bo'lish mumkin.

  1. Tabiat injiqliklari natijasida ma'lum hududga haddan tashqari ko'p miqdorda yonig'ir yog'ishi va tog'li hududlarda kunning isib ketishi natijasida qor va muzliklarning erib ketishidan hosil bo'ladigan suv toshqinlari.

  2. Dengiz va okeanlar yaqiniga joylashgan shahar va hududlarga shamol va bo'ronlar ta'siridan suvning toshib ketishi natijasida bo'ladigan suv toshqinlari.

1974-yilda xuddi shu holatda yuz bergan suv toshqini natijasida Hindiston hududidagi 22 shahar va 10 ming qishloq suv ostida qolib ketgan edi va buning natijasida 1000 kishi hayotdan ko'z yumdi.

  1. Yer osti zilzilalari natijasida kelib chiqadigan suv toshqinlari. 1953-yilda bo'lgan shunday suv toshqinidan Gollandiya zarar ko'rgan edi va buning natijasida 1800 kishi halok bo'lgan edi.

O'zbekiston Respublikasida suv toshqinlari hududimizda bo'lgan suv omborlarini to'sib turgan to'g'onlar buzilib ketishi va tog'li hududlarda shiddatli yomg'ir yog'ishidan sel hosil bo'lishi natijasida ro'y berishi mumkin. Respublikamiz hududiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan suv omborlari 27 ta bo'lib, bulardan 10 ta suv ombori qo'shni respublikalar hududiga joylashgan.
Suv omborlarida yig'ilgan suv hajmi quyidagicha:
— Toshkent dengizi-250 mln m3;
— Jizzax suv ombori-85 mln m3;
— Karkidon suv ombori-218 mln m3;
— Kosonsoy suv ombori-165 mln m3;
— Kattaqo'rg'on suv ombori-900 mln m3;
— Quyimozor suv ombori-300 m3;
— Chorvoq suv ombori-2 mlrd m3;
— Andijon suv ombori-1, 75 mlrd m3;
— Tuyamo'yin suv ombori -5, 3 mlrd m3;
— Chimqo'rg'on suv ombori-300 mln m3;
— Uchqizil suv ombori-165 mln m3;
— Pachkamar suv ombori-280 mln m3;
Mabodo bu suv omborlaridan suv urib ketsa, suv bosib ketishi mumkin bo'lgan hudud maydoni 57, 9 ming km2 ga teng va bu hududda 7 mln kishi istiqomat qiladi. Falokat sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hududda 44 ta shahar va bir necha yuzlab qishloqlar, kommunikatsiya inshootlari, 2775 km avtomobil yo'llari va yuzlab qishloq xo'jalik bo'limlari mavjud.
Suv toshqinlari vaqtida aholini muhofaza qilishning asosiy yo'li, ularni suv toshqini bo'lishi mumkin bo'lgan yerdan odamlarni, u yerda bo'lgan hayvonlarni va texnika anjomlarni olib chiqib ketish va shuning bilan birga bu suv toshqinlari zarar darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ham amalga oshirishni unutmaslik kerak.
Yong'inlar ham favqulodda hodisalar qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda yong'inlar inson uchun eng xavfli tabiiy ofatlar qatoriga kirib bormoqda, chunki yong'indan keladigan zarar juda katta miqdorni tashkil qilishi bilan birga inson hayotiga ham tahdid soluvchi omillardan biriga aylanib qolmoqda.
1972-yida AQSh da 2,5 mln yong'in kuzatilgan va unda 12 ming kishi halok bo'lgan va yetkazilgan moddiy zazrar 11 mlrd dollar miqdorni tashkil qilgan. Toshkent shahrida har yili 500 dan 800 gacha yong'inlar bo'lib turadi degan ma'lumotlar bor. Bundan respublikamiz iqtisodiga jiddiy moddiy zarar yetishi tabiiy.
Republikamiz hududida 200 dan ortiq poitlashga va yong'inga xavfli inshootlar mavjud. Demak, Respublikamiz hududida yong'inga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilash eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish