1.2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda vaqt va fazoviy idrokni shaklantirish.
Idrok voqielidagi narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga
ta’sir qilish tufayli ongizmizda yaxlik tarzda aks etishidir.
Tevarak atrof olamni bilish prosessida bizga o’zning ayrim
xususiyati bilan o’zining ayrim xususiyati bilan shunda ham yakka
xolda ta’sir ko’rsatuvchi narsa hodisalar kam uchraydi. Odatda bizga
narsa va hodisalar so’zlarining barcha xususiyatlar: rangi, hidi, ta’mi
va h.k. bilan ta’sir etib turadi. Masalan, yosh go’dokka birinchi marta
olma berilgan paytda, uning sezgi organiga bir vaqtning o’zida
muayyan rang, yoqimli hid ham, shirin ta’m ham ta’sir ko’rsatadi. Bir
so’z bilan aytganda, olma turli tuman xususiyatlari bilan ta’sir qiladi.
Bunda bola faqat ayrim xususiyatlarini emas, balki narsani
yaxlitligicha biladi.
Idrok narsani yaxlit obrazini hosil qilinishiga sabab shundaki,
olamda hayot davomida murakkab kompleks qo’zg’ovchilar ta’siri
tufayli juda ko’p mustahkam muvoqqot bog’lanishlar vujudga kelgan
bo’ladi. Kompleks qo’zg’ovchilar ta’sirida maydonga kelgan reflekslar
uchun shu narsa xarakterliki, kompleks qo’zg’ovchilarning jamiga
beriladigan shartli refleks reaksiyasini shu kompleksning ayrim
qismlari hosil qila oladi. Bunga kompleksning har bir qismi boshqa
qismlari bilan o’zaro bog’langan bo’lishi sababdir. Agar siz biror kishi
bilan yaqindan tanish bo’lsangiz, siz uni hatto biror bir xususiyatidan,
masalan, ovozidan ham taniy olasiz. Butun kompleks (shu odamining
barcha xususiyatlari) qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa,
kompleksning ayrim qismi (tovush) ham shunday reaksiya tug’diradi.
Qo’zg’ovchilar kompleksi hamisha baravar ta’sir ko’rsata bermaydi,
balki ketma – ket ta’sir qilishi ham mumkin.
Odam idrok qilishda uning xossalari kompleksi baravar ta’sir
etsa, ohang, odam nutqi ketma-ket ta’sir ko’rsatuvchi qo’zg’ovchilar
baravar qo’zg’ovchilar kompleksiga misol bo’ladi. Kompleks
qo’zg’ovchilar baravar ta’sir etganida qanday reaksiya vujudga
kelgan bo’lsa, kompleksning qismlar birin ketin ta’sir etgan paytda
ham xuddi shu reaksiyaning o’zi hosil bo’laveradi. Bu esa tajribada
isbotlangan. Masalan, odamda muayyan jumlaga nisbatan shartli
refleks hosil qilingan jumla aytilishi bilan bir vaqtda o’tkir nurli
lampochka ham yoqilgan, o’tkir yorug’lik nuri ko’rish analizatorining
sezgirligini susaytirgan. Natija shunday bo’lib chiqqan: butun jumla
qanday reaksiyasini vujudga keltirgan bo’lsa, gapning har bir bo’lagi
ham shunday reaksiyani hosil qilgan, bunda gapning bosh
bo’laklariga ko’proq reaksiya qilingan, chunki asosiy ma’no gapning
shu bo’laklarida mujassamlangan bo’ladi. Idrokning bu xususiyati
shu turmushda hamisha ko’zga tashlanib turadi.
Shunday qilib, idrokning fiziologik asosi xossalarining jami va
bir qismi sifatida ta’sir ko’rsatuvchi qo’zg’ovchilar kompleksida hosil
bo’luvchi shartli reflekslardan iboratdir.
Miyada ilgari vujudga kelgan muvoqqat nerv bog’lanishlari
odamning o’tmish tajribasini tashkil qiladi. Odam o’tmish tajribaga
ega ekanligi tufayli ham o’ziga ta’sir ko’rsatib turgan qo’zg’ovchilarni
voqelikdagi muayyan narsa va hodisalar sifatida idrok qiladi. O’tmish
tajrivba bilan hech bir bog’liq bo’lmagan narsani odam aniq bir
ma’lum narsadek idrok etolmaydi. O’tmish tajribaga ega
bo’lmaganida odam narsalarni har safar yangicha idrok qilardi, bu esa
odamning tevarak atrof olam bilan munosabatini qiyinlashtirgan
bo’lur edi.
Idrok aks etishning oziga xos yuksakroq bosqichidir. Olmani
idrok qilish ko’kimtir sariq rang xushboy hid hamda shirin tam
xaqidagi sezgilarning oddiy yigindisidan iborat emas. Idrok ozining
barcha xususiyatlari bilan boshqa narsalardan farq qiluvchi muayyan
predmetning aks etishidir. Idrokni, sezgi turlararidan birontasining
unda ustunligiga qarab, ko’rish, eshitish, maza va boshqa xillarga
bo’lishga o’rganganmiz. Lekin idrok xamisha turlicha sezgilar va
sezgi organlarining o’zaro aloqasi xamda o’zaro tasir ko’rsatishi
asosida yuzaga keladi.
Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi.
Ixtiyorsiz idrokda odamning ongida avvaldan maqsqd
qo’yilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi
xususiyatlari, kishining xis tuyg’ulariga tasir etishi ixtiyorsiz idrokni
vujudga keltiradi.
Ixtiyoriy idrokda odam o’z oldiga muayyan maqsad vazifa
qo’ygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki
tinglaydi, shunchaki ko’zdan kechirmaydi, balki sinchiklab
ko’radi.ixtiyoriy idrok ko’p xollarda biron faoliyatning tarkibiga
kirgan bo’ladi. Masalan, biron detalni yasash va musiqa ijro qilish
maqsadida o’quvchilar chizma yoki notani idrok qiladilar. Bir qancha
xollarda ixtiyoriy idrok mustaqil faoliyat sifatida yuz beradi konsert,
kinokartina leksiya va shu kabilarni idrok qilish.
Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi. Kuzatish
maqsadga qaratilgan , uyushgan ozmi ko’pmi uzoqroq vaqt davom
etadigan idrokdir. Kuzatishda , odatda, kishi o’z oldiga maqsad
qo’yadi; biron bir obekt xodisada yuz beruvchi o’zgarishlarni kuzatishimiz mumkin
Bosh miya po’stida eng kuchli dominat qo’zg’alish yuzaga kelishi
shaxsning xususiyatlari yoki xolati bilan bog’liq bo’lgan idrok
yo’nalishlarining fizologik asoslari xisoblanadi.
Narsalarning shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda
idrok qilishi aliy jixatdan nixoyatda katta axamiyatga egadir.
Shaxs tevarak - atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa - hodisalarning obrazlarining kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir - biri bilan chambarchas bog`liq. Kishi narsa - hodisalarning ayrim xossalarini sezadi, uni bir butun holda idrok qiladi. CHunki, narsa va xossa bir - biridan ajralgan holda mavjud bo`lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligini seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligini seziladi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |