Reja: Hozirgi zamon mikro va nanoelektronikasi haqida



Download 479,03 Kb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi479,03 Kb.
#782694
1   2
Bog'liq
Reja Hozirgi zamon mikro va nanoelektronikasi haqida

nanoelektronika rivojlanmoqda, ya’ni elektron asbobsoslikda qalinliklari o’nlab nanometr (1 nm = 10-9 m) bo’lgan plyonkalarni ishlatish ustida ishlar olib borilmoqda. Bunday plyonkalar ustma-ust, qatlama-qatlam qilib joylashtirilib aktiv va passiv elementlar hosil qilishda ishlatilishi mumkin. Fan va texnika rivojlanib uch o’lchamli tizimlar hosil qilinmoqda. Bunday tizimlarda 1 sm3 hajmda yuz minglab-millionlab yupqa plyonkali elementlarni joylashtirish mumkin. Ular asosida hosil qilingan integral sxemalar katta va o’ta kattaintegral mikrosxemalar debataladi.
Demak, kerakli maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo’lgan yupqa qatlamlarni hosil qilish, ularning tarkibini, kristall va elektron tuzilishini, fizik va kimyoviy xususiyatlarini o’rganish fanning ahamiyatini belgilasa, olingan yupqa plyonkalarning asbob sifatida ishlatilishi uning xalq ho’jaligida va texnikada qo’llanilishini aks ettiradi.
Hozirgi kunda mikro va nanoelektronikada yarimo’tkazgichlarning ahamiyati katta ,chunki elektronika sohasidagi ayrim muammolarni hal qilishda va turli xil asboblarni yasashda yarimo’tkazgichlarning ayrim xosalari mos keladi.
Yarimo‘tkazgichning o‘rta qismida erkin elektronlar tezgina bo‘sh kovaklarni to‘ldiradi. Natijada yarimo‘tkazgichning o‘rta qismida zaryad tashuvchilar bo‘lmagan soha hosil bo‘ladi. Bu sohaning xususiyati dielektriknikiday bo‘ladi. Shunga ko‘ra bu soha bundan keyin elektronlarning p-sohaga, kovaklarning n-sohaga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli uni berkituvchi qatlam deyiladi. M azkur yarimo‘tkazgichni tok manbayiga ulaylik.
Dastlab yarim o‘tkazgichning p-sohasini manbaning manfi y qutbiga
n-sohasini manbaning musbat qutbiga ulaylik (9.9-rasm). Bunda elektronlar manbaning musbat qutbiga, kovaklar manbaning manfi y qutbiga tortiladi. Natijada berkituvchi qatlam kengayadi. Yarimo‘tkazgich orqali deyarli tok o‘tmaydi. Bunday holat teskari p–n o‘tish deb ataladi. Endi yarimo‘tkazgichning p-sohasiga manbaning musbat qutbini, n-sohasiga manbaning manfi y qutbini ulaylik. Bunda elektronlar n-sohadan itarilib p-sohaga tortiladi.

9.10-rasm Kovaklar esa p-sohadan itarilib, n-sohaga tortiladi. Natijada berkituvchi qatlam torayadi va undan zaryad tashuvchilar o‘ta boshlaydi (9.9-rasm). Yarimo‘tkazgichdan tok o‘tadi. Bunday holatni to‘g‘ri p – n o‘tish deyiladi. To‘g‘ri p–n o‘tishda yarimo‘tkazgichning elektr qarshiligi, teskari p–n o‘tishga nisbatan bir necha marta kichik bo‘ladi. Yarimo‘tkazgichda p–n o‘tish tufayli tok faqat bir yo‘nalishda o‘tadi. Uning bu xususiyatidan yarimo‘tkazgichli asboblarda foydalaniladi. Yarimo‘tkazgichli diod.


Yarimo‘tkazgichlarda p–n o‘tishni hosil qilish uchun p va n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita yarimo‘tkazgichni mexanik ravishda ulash yetarli bo‘lmaydi. Chunki bu holda ulardagi oraliq katta bo‘ladi. p va n o‘tishdagi qalinlik atomlararo masofaga teng bo‘ladigan darajada kichik bo‘lishi kerak. Shu sababli donor aralashmaga ega bo‘lgan germaniy monokristali yuzalaridan biriga indiy kavsharlanadi. Diffuziya hodisasi tufayli indiy atomlari germaniy monokristali ichiga kiradi. Natijada germaniy yuzasida p-turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan soha hosil bo‘ladi. Germaniy monokristalining indiy atomlari kirmagan sohasi avvalgidek n-turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Oraliq sohada p–n o‘tish hosil bo‘ladi (9.11 a-rasm). Bitta p–n o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli asbobga yarimo‘tkazgichli diod deyiladi. Yarimo‘tkazgichli diodga yorug‘lik, havo va tashqi elektr, magnit maydonlarining ta’sirlarini kamaytirish uchun germaniy kristali germetik berk metall qobiqqa joylashtiriladi. 9.11-rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning shartli belgisi 9.11 b-rasmda keltirilgan.
Ikkita p–n o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘t kazgichli sistemaga tranzistor deyi ladi. Tranzistor yordamida elektr tebranish lari hosil qilinadi, boshqariladi va kuchaytiriladi. Tranzistorni tayyorlash uchun elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan germaniy kristalining ikkita tomoniga indiy kavsharlanadi. Germaniy kristalining qalinligi juda kichik bo‘ladi (bir necha mikrometr). Mana shu qatlam tranzistor asosi, ya’ni bazasi deb ataladi
Uning kovakli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita tomonidan сhiqarilgan uchlari emitter va kollektor deyiladi. Bunday turdagi tranzistorni p–n–p strukturali tranzistor deyiladi (9.12 a-rasm). Tranzistorning emitter sohasidagi kovaklar konsentratsiyasi, bazadagi elektronlar konsent rat siyasiga nisbatan bir necha marta katta qilib tayyorlanadi. Tranzistorning shartli belgisi 9.12 b-rasmda keltirilgan. Tranzistorning ishlashini qaraylik (9.13-rasm). 164 Emitter – baza oralig‘iga ulangan B1 batareya kuchlanishi to‘g‘ri p–n o‘tishni hosil qiladi. Kollektor – baza oralig‘idagi B2 batareya teskari p–n o‘tishni hosil qiladi. Unda kollektorda tok qanday hosil bo‘ladi? Baza – emitter oralig‘iga qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida kovaklar bazaga kirib keladi. Bazaning qalinligi juda kichik bo‘lganligi hamda unda elektronlar konsentratsiyasi kam bo‘lganligidan kovaklarning juda kam qismi elektronlarga birikadi. Ko‘pchilik kovaklar esa kollektor sohasiga o‘tib qoladi. Kollektorga B2 ning manfi y qutbi ulanganligidan kovaklar unga tortilib, kollektor tokini tashkil etadi. Emitter – baza zanjiridagi tok kuchi, emitter – kollektor yo‘nalishidagi tok kuchidan ancha kichik bo‘ladi. Emitter – baza yo‘nalishidagi tok kuchi o‘zgarsa, emitter – kollektor yo‘nalishida o‘tayotgan tok kuchi ham o‘zgaradi. Shunga ko‘ra tranzistordan o‘zgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda foydalaniladi. Tranzistorni tayyorlashda baza sifatida p-turdagi yarimo‘tkazgich olinishi ham mumkin. Bu holda emitter va kollektor sohasi n-turdagi yarimo‘tkazgichdan tayyorlanadi. Bunday tranzistorni n–p–n strukturali tranzistor deyiladi. Bunday turdagi tranzistorlarning ishlash prinsipi p–n–p turdagi tranzistordan farq qilmaydi. Bu tranzistorda faqat tok yo‘nalishi kollektordan emitterga tomon bo‘ladi. Integral mikrosxemalar* O‘tgan asrning 70-yillarida o‘n so‘mlik tangadek keladigan yarimo‘tkazgich material bo‘lagida minglab mikroskopik tranzistorlar joylashtirilgan mikrosxemalar kashf qilindi. Ularda tranzistorlar bilan birgalikda diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshqa radioelektron elementlar ham joylashtirilganligidan integral mikrosxema deb ataldi. Bu kashfiyot kichik bir hajmda murakkab sxemalarni joylashtirish va stol kompyuterlarini yaratish imkoniyatini tug‘dirdi. Dastlabki davrda radioelementlar yarimo‘tkazgich yuzasida yasalgan bo‘lsa, keyinchalik ularni butun hajmda hosil qilina boshlandi. Ularni mikrochiplar deb atala boshlandi. Mikrochiplar asosida qo‘l telefonlari, ko‘tarib yuriladigan kompyuter (Noutbuk) va h.k. mitti radioelektron qurilmalar yasalmoqda. Hozirgi kunda tangadek keladigan mikrochipda yuz millionlab tranzistor va radioelementlar joylashtirilmoqda. Bu degan so‘z, radioelement o‘lchami ≈10–9 m atrofi da deganidir. 10–9 m bir nanometrga teng. Shunga ko‘ra bunday mikrosxemalarni loyihalash, yasash ishlari bilan shug‘ullanadigan soha nanotexnologiya deviladi. 165 Bu sohani o‘rganish va ularni takomillashtirishni, avvalo, eng sodda elektrotexnik qurilmalarni yasash va ishlashini o‘rganishdan boshlanadi. O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beruvchi to‘g‘rilagich. Ma’lumki televizor, radiopriyomnik va shu kabi asboblarni kundalik turmushda o‘zgaruvchan 220 V tarmog‘iga ulab ishlatamiz. Lekin uni tashkil etgan diod, tranzistor kabi yarimo‘tkazgichli asboblar esa o‘zgarmas tok manbayiga ulanishi kerak. Demak, mazkur asboblarda o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beruvchi alohida qismi bo‘lishi kerak. Kirish 220 V Chiqish 12 V Bu sxemada transformator birlamchi chulg‘amiga o‘zgaruvchan 220 V kuchlanish berilganda, ikkilamchi chulg‘amidan 12 V olinadi. Yarimo‘tkazgichli diod kuchlanishning musbat yarim davrida tokni o‘tkazadi. Manfi y yarim davrida esa o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra bu sxemadagi qurilma bitta yarim davrli to‘g‘rilagich deyiladi. To‘g‘rilagich kirishi va sxemadagi kuchlanish shakllari 9.14 b-rasmda keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, sxemada kuchlanishning faqat yarmidan foydalaniladi. Bundan tashqari, uning kattaligi ham kuchli o‘zgaradi. Shu sababli ikki yarim davrli to‘g‘rilagich ishlatiladi.
Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi hozirgi zamon fizikasining eng asosiy qismi bo‘lib, uning yutuqlari asosida asbobsozlik, radiotexnika va mikroelektronika sohalari rivojlanadi. Yarim o‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha metallar bilan dielektriklar oralig‘idagi moddalar guruhiga kiradi va T=0 da ularning valent zonasi elektronlar bilan band bo‘lib taqiqlangan zonasining kengligi katta emas (1eV). Atom elektron buluti bilan o‘ralgan yadrodan tashkil topgan.
Yarim o‘tkazgichlarga shunday materiallar kiradiki, ularning xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10-5 dan 1010 om sm gacha bo‘ladi. (yarim o‘tkazgichli texnikada 1 sm3 hajmdagi materialning qarshiligini o‘lchash qabul qilingan). Yarim o‘tkazgichlar soni metall va dielektriklar sonidan ortiq, juda ko‘p hollarda kremniy, arsenid galliy, selen, germaniy, tellur va har xil oksidlar, sulfidlar va karbidlar kabi yarimo‘tkazgich materiallardan foydalaniladi.
Yarim o‘tkazgich materiallarining elektrofizik xususiyatlarini o‘rganish asosida yangi fizik asboblar yaratish imkoniyati tug‘iladi. Ayniqsa, qattiq jismlar fizikasining yarim o‘tkazgichlar fizikasi qismini o‘rganadigan materiallar asosida hozirgi zamon talablariga javob beradigan fizik asboblar va qurilmalar yaratiladi.


Download 479,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish