16.3. Gidroyuritmalarning asosiy kattaliklari va hisoblash yo’llari. Mexanik tavsifi. Hajmiy gidroyuritmalar va ularni sozlash usullari.
Suyuqliklar ishtirokida bir mexanizmning ikkinchi mexanizmni harakatga keltirishiga asoslangan mexanizmlar gidravlik uzatmalar deyiladi. Bunda suyuqlik uzatma mexanizmidagi kuch zanjirining bir halqasi hisoblanadi. Gidarvlik uzatma bir agregatda ikki xil parrakli mashinadan, ya’ni markazdan qochma nasos va gidravlik turbinadan foydalanuvchi qurilmadan iborat. Unda energiya dvigateldan gidrodvigatelga suyuqlik oqimi yordamida beriladi. Gidravlik uztmalar katta energiya sig‘imiga ega bo‘lib, kinetik imkoniyatlari deyarlik cheklanmaganligi tufayli mashinasozlik texnikasining turli sohalarida keng qo‘llanilmokda.
Transport mashinalarida gidravlik uzatmalardan foydalanish etaklovchi g‘ildiraklarning tezligini juda kamaytirish imkonini beradi, bu esa mashinalarning yo‘lidagi to‘siqlardan o‘ta olishini va dvigatellarning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Gidravlik uzatmali avtomobil tepalikka ko‘tarilishida, pastlikka tushishda va burilishlarda kam tajribali haydovchining boshqarishiga ham imkon beradi.
Teplovozlar, avtomobillar, traktorlarda, kuchli ventilyator va nasos uzatmalarida, kemachilikda va burg‘ulash mashinalarida, er qazish va yo‘l mashinalarida, aviatsiyada gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
Kompressor mashinalar haqida umumiy tushunchalar. Gazlarni trubalar orqali uzatish va siyraklantirish uchun ular siqiladi. Siqilgan gazlar suyuqliklarni aralashtirish, sochib (purkab) berish uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Gazlarni siqish va uzatish uchun kompressor mashinalardan foydalaniladi. Xuddi suyuqliklar kabi, gazlar ham bosimlar farqi bo‘lgandagina uzatiladi.
Siqilgan gaz bosimi R2 ning siqilmagan gaz bosimi R1 ga nisbati siqish darajasi deyiladi. Siqish darajasining kattaligiga qarab kompressor mashinalar quyidagi tiplarga bo‘linadi:
Ventilyatorlar (R^/R^MD)—ko‘p miqdordagi gazlarni uzatish
uchun foydalaniladi.
Gazoduvkalar (1,12/R1<3)—gaz trubalarida katta qarshilik bo‘lganda ishlatiladi.
Kompressorlar (R2/R^>3) — yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi.
Vakuum nasoslar—bosimi atmosfera bosimidan past bo‘lgan gazlarni so‘rish uchun ishlatiladi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra kompressorlar xajmiy va parrakli (qanotli) bo‘ladi.
Xajmiy kompressorlarda gaz bosimi uning xajmini majburiy kamaytirish hisobiga ko‘payadi. Xajmiy kompressorlar jumlasiga porshenli, rotatsion va vintli kompressorlar kiradi.
Parrakli kompressorlarda gaz bosimi kompressorning g‘ildiraklari
aylanganida vujudga keladigan inersiya kuchlari ta’sirida ko‘payadi. Ular trubokompressorlar ham deyiladi hamda markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ventilyator va trubogazoduvkalarga bo‘linadi.
Porshenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5; 1; 5; 10; 20 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi. Trubokompressorlar esa aksincha, katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15... 1,5 MPa atrofida) uzatib berishga mo‘ljallangan.
Kompressorlarni tanlash. Ximiya sanoatining barcha tarmoqlarida keng miqyosda porshenli va markazdan qochma kompressor mashinalari ishlatiladi.
Trubokompressor va turbogazoduvkalar tuzilishining soddaligi, ixchamligi va gazlarni bir meyorda uzatishi bilan boshqa kompressorlardan farqlanadi. Bularning eng katta afzalligi shundaki, ular gazlarni toza holda uzatadi. Turbokompressorlar va turbogazoduvkalarda tezyurar va inersion kuchlanishlar bo‘lmagani uchun ularni engil fundamentlarga ham o‘rnatish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr dvigatelga ulash mumkin.
Turbokompressorlar ko‘p miqdordagi gazlarni 10000...20000 m3/soat, 3,0 MPa gacha bosimda uzatadi. Hozirgi vaqtda ko‘p bosqichli Turbokompressorlarda gazlarni 30 MPa gacha bosimda uzatish mumkin.
Turbokompressorlarning FIK porshenli kompressorlarga nisbatan kamroq.
Kam miqdordagi (10000 m3/soat gacha) gazlarni yuqori bosimda (100 MPa gacha) uzatish uchun porshenli kompressorlar ishlatiladi.
Rotorli kompressorning FIK markazdan qochma va turbokompressorlarga nisbatan yuqori bo‘lib, ular bosimi 1,5 MPa gacha, unumdorligi 6000 m3/soat gacha bo‘lgan gazlarni uzatish uchun mo‘ljallangan.
Rotorli kompressorlarni tayyorlash qiyin, rotordagi plastinalar tez edirilib, ish kameralarining zich yopilmasligi natijasida gazlarni siqish darajasi kamayadi.
Ximiya sanoatida suv xalqachali vakuum nasoslar keng miqyosda, agressiv, portlovchan va nam gazlar hamda bug‘larni uzatish, o‘rtacha (90-95%) vakuum olish uchun ishlatiladi. Ular porshenli vakuum nasoslarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega, lekin ularning FIK kam.
Ko‘p boskichli bug‘ oqimli vakuum nasoslarda 95-99,8 % siyraklanish mumkin. Bu apparatlarning tuzilishi oddiy, harakatlanuvchi qismlari yo‘q. SHu sababli bular ximiyaviy aktiv gazlarni so‘rib olish uchun keng ishlatiladi. Bug‘ oqimli vakuum nasoslarni o‘rnatish uchun sim va fundamentlarning xojati yuq, ularni istalgan erga o‘rnatish mumkin. Bug‘ oqimli vakuum nasoslarda ko‘proq bug‘ sarflanadi va so‘rib olinayotgan gaz bug‘ bilan aralashishi mumkin.
Nasoslarni tanlash. Sanoatning barcha ishlab chiqarish tarmoqlarida suyuqliklarni uzatish uchun markazdan qochma nasoslar ishlatiladi. CHunki bu nasoslar boshqa nasoslarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
a) massasi engil, ixcham, tayyorlash uchun kam metall sarflanadi;
b) unumdorligi yuqori, xavo kalpoqchalarisiz suyuqliklarni bir me’yorda uzatadi;
v) boshqarish va tuzatish oson hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamchi mexanizmlarsiz elektr dvigatelga ulanadi;
g) so‘rish va haydash klapanlari bo‘lmagani uchun iflosroq suyuqliklarni ham uzatish mumkin;
d) uzoq muddat davomida ishonchli ishlaydi.
Markazdan qochma nasoslarning ish unumdorligi kamayganda foydali ish koeffitsienti ham birdan pasayadi va beradigan bosimi boshqa nasoslarga nisbatan kam bo‘ladi.
YUqori bosimli kam miqdordagi suyuqliklar hamda qovushqoqligi yuqori, oson alangalanuvchan suyuqliklarni uzatish uchun porshenli nasoslar ishlatiladi.
Past bosimli ko‘p miqdordagi suyuqliklarni uzatish uchun propellerli nasoslar tanlanadi. CHunki bu nasoslarning foydali ish koeffitsienti yuqori, gidravlik qarshiligi kam va ishlanishi ixcham. Bu nasoslar vositasida ifloslangan, kristallanuvchi suyuqliklar uzatiladi. Qovushqoqligi yuqori, mayda qattiq zarrachalar aralashmagan kam miqdordagi suyuqliklarni katta bosimda uzatish uchun shesternyali (tishli) nasoslar qo‘llaniladi.
Unumdorligi past va kam naporli toza suyuqliklarni uzatish uchun plastinali nasoslar ishlatiladi. Qovushqoqligi yuqori, neft maxsulotlarini, agressiv hamda ifloslangan suyuqliklarni uzatish uchun vintli nasoslar qo‘llaniladi. Vintli nasoslar quyidagi afzalliklarga ega: ishlanishi ixcham, tez aylanadi va shovqinsiz ishlaydi. Bosimning o‘zgarishi bilan vintli nasoslarning unumdorligi o‘zgarmaydi.
Uzatilish protsessiga harakatlanuvchi va silqinuvchi qismlarning salbiy ta’siri bo‘lsa, oqimli nasoslar, gazliftlar va erliftlar ishlatiladi, lekin bu nasoslarning FIK juda past.
Porshenli kompressorlar siqish darajasiga qarab bir va ko‘p bosqichli, shuningdek ishlatish prinsipiga ko‘ra bir va ikki tomonlama harakat qiluvchi bo‘ladi.
Bir bosqichli porshenli kompressorning tuzilishi xuddi porshenli nasosning tuzilishiga o‘xshash (16.2-rasm). Porshen silindrda o‘ngga va chapga krivoship mexanizmi yordamida qaytar-ilgarilanma harakat qiladi. Porshen silindrning ichki devoriga zich qilib o‘rnatiladi va silindr bo‘shlig‘ini ikki qismga bo‘lib turadi.
16.2-rasm.
Porshen chapdan o‘ngga tomon ilgarilanma harakat qilganida so‘rish klapani ochilib silindr gazga to‘ladi, orqaga qaytganida esa silindrdagi gazning siqilishi natijasida bosim orta borib, uzatilish chizig‘idagi bosimga teng bo‘lganda, uzatuvchi klapan ochilib gaz uzatila boshlaydi. Gaz siqilganda uning temperaturasi ko‘tariladi, qizigan gaz yog‘lab turuvchi moyni kuydirib yubormasligi uchun silindrning devori uzluksiz suv bilan sovitib turiladi.
Bir bosqichli kompressorning unumdorligi kam bo‘lganligi uchun ikki tomonlama harakatlanuvchi porshenli kompressorlar ko‘p ishlatiladi. Bu kompressorlarda silindrdagi gaz porshening ikkala qismida (chap va o‘ng) siqiladi; ularda ikkita so‘rish va ikkita uzatish klapani bor (16.3-rasm).
Porshen krivoship-shatunli mexanizm yordamida ilgarilanma harakat qiladi.
Val bir marta aylanganida sizindrga gaz ikki marta suriladi va ikki marta uzatiladi.Kompresso rning unumdorligi bir tomonlama ishlaydigan kompressorlarnikiga qaraganda deyarli ikki marta ko‘p.
16.3.rasm. Ikki tomonlama harakatlanuvchi porshenli kompressornin shemasi.
Bir bosqichli kompressorlarning unumdorligini oshirish hamda gazlarning siqilish darajasi 0,4...0,6 MPa bo‘lishi uchun ko‘p silindrli bir va ikki tomonlama siqadigan kompressorlar ishlatiladi. Bu kompressorda gaz birinchi silindrdan keyingi silindrga o‘tgani sari bosimi ko‘tarilib boradi. Kompressorlarning porsheni umumiy bir ish valiga o‘rnatilgan. Gazning siqilishi natijasida uning temperaturasi bir silindrdan ikkinchi silindrga o‘tganida ortib boradi. SHu sababli ikkita silindr orasiga sovitkichlar o‘rnatiladi. Bu kompressorlarda porshenlar parallel ishlaydi va silindr ketma-ket yoki parallel bitta o‘qqa o‘rnatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Porshenli nasoslarni tuzilishini tushuntiring.
Porshenli nasoslarni qo‘llanish sohalari.
Plunjerli nasoslarning tuzilishini tushuntiring.
Plunjerli nasoslarni ishlatilish sohalari.
Indikator diagramma nimani ifodalaydi.
Porshenli nasoslarni foydali ish koeffitsientlari
So‘rish grafigi nimani ifodalaydi.
So‘rishni tekislash usullari tushuntiring.
Porshenli kompressorlarni tuzulishini tushuntiring
Porshenli kopressolarni ishlash prinsipini tushuntiring.
TAYANCH IBORALAR:
Absolyut bosim, aylanishlar soni, bir bosqichli porshenli kompressor, bir harakatli porshen, bosim, vaqt birligi, vakuummetr, gidrodinamik qarshilik, yopiq chiziq, yopilish davri, ikki tomonlama harakatlanuvchi bir silindrli kompressor, ikki harakatli nasos, krivoship shatunli mexanizm, porshenli nasos, so‘rish klapani, so‘rish trubasi, so‘rish chegarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |