Bemorlarni parvarish qilish-bemorlarga har tomonlama yordam berish va vrach ko'rsatmalarini amalga oshirishni ta'minlaydigan tadbirlar majmuasidir. U kasallikni davolashning muhim tarkibiy qismidir. Medisinaning ilk rivojlanish davrida vrach hali ko'p kasalliklarni davolashga ojiz bo'lgan davrda yarador va bemorlarni to'g'ri parvarish qilish tufayli juda ko'plab odamlarning hayoti saqlab qolingan.
Yillar o'tgan sayin, asta-sekin inson ko'plab kasalliklarning kelib chiqish sabablari, kechish jarayonlarini ilmiy talqin qila bordi, davolashni takomillashtirdi. Bugungi kundagi ilmiy texnika taraqqiyoti, eng zamonaviy medisina texnikasi, kuchli ta'sir qiladigan dorilar mavjudligiga qaramay bemorlarni parvarish qilish kishilarning salomatligi, ish qobiliyatini tiklashda muhim va hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Bemorlarni parvarish qilish deganda asosiy hayotiy ehtiyojlarni (yeyish, ichish, harakat, ichaklarni, qovuqlarni bo'shatish va hokazo) qondirishda unga ko'maklashish, kasallik holatlari (qusish, bo'g'ilish, yo'talish, turli xil og'riqlar va hokazo) vaqtida yordam berish tushiniladi. Parvarish bemor uchun qulay sharoit, yoqimli miroiqlim yaratish: xonada me'yorida harorat va yorug'lik, yangi va musaffo havo bo'lishi, o'rinbosh-larning qulay va ozoda bo'lishi, zarur va maishiy ashyolar, signalizasiya kabilarni ham o'z ichiga oladi.
Parvarishning ko'lami bemor ahvoliga, kasallik turiga va unga tayyorlangan davo tartibiga bog'liq. Kasallik vaqtida inson organizmidagi a'zolar va sistemalarning faoliyati buziladi, ishtaha pasayadi, bedorlik va uxlash maromi izdan chiqadi. Davolash xastalik bilan kurashishga qaratilgan bo'lsa, parvarish qilish kasallikka qarshi kurashda organizmning kuchlarini quvvatlashdan iboratdir.
O'rnidan turaolmaydigan bemorlar uyalib o'zlarini hojatdan majburan tiyib turadilar, shuningdek ovqat iste'mol qilmaslikka harakat qiladilar, natijada o'z ahvollarini og'irlashtiradilar. Bundan tashqari qaraydigan hodimlarning qo'polligi va jirkanishi bemorga ruxan ta'sir qiladi. Shuning uchun ham xushmuomalalik va odob bilan ko'rsatilgan to'g'ri yordamning ahamiyati bemorning sog'ayishida juda ham muhimdir. Ba'zan kasallik davridagi parvarish xastalik qanday natija bilan tugashini belgilaydi. Biz baxtsiz xodisa sodir bo'lganda kishining hayoti zudlik bilan ko'rsatilgan tibbiy yordamga bog'liq ekanini yaxshi bilamiz, albatta. Bunda kishining hayoti saqlab qolinadi va u asta-sekin sog'ayib ketadi. Anashu bosqich-da uning salomatligi va hayoti parvarish va davolashni qay tarzda olib borilishiga bog'liq.
Qay biri muhimroq parvarishmi yoki davolashmi? Davo qilishning ahamiyati ba'zan ko'proq, ba'zan esa kamroq bo'ladi, ayrim hollarda esa «vaqt eng yaxshi tabib» deyishadi. Parvarish doimo kerak va u qanchalik yaxshi va to'g'ri bo'lsa bemor shunchalik tez sog'ayib ketadi, davolash natijalari shu qadar samarali bo'ladi. Beparvolik bilan palapartish qarash o'z-o'zidan bemorning nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. Yaxshi kor qiladigan davo usullari topilmagan kasallar ham bor, bunday hollarda bemorni sog'ligini tiklash va uning umrini uzaytirish faqat parvarishga bog'liqdir.
Palata hamshirasi katta hamshiraga va palata shifokoriga bo'ysinadi, unga esa kichik tibbiy hamshiralar bo'ysinadilar. Tibbiyot hamshirasi shifokor topshiriqlarini bajaradi. Ayrim muolajalarni mustaqil ravishda o'zi qilib (in'yeksiya, banka, xantal va hukna qo'yish) bir muncha murakkab davo tadbirlariga asboblar va bemorlarni tayyorlaydi, ularni bajarishda esa shifokorga ko'maklashadi.
Palata hamshirasi bemor ajratmalarini (siydik, balg'am, axlatni) yig'adi, tekshirishlar uchun qon oladi, shifokor topshirig'iga ko'ra kunlik siydik, balg'am miqdorini o'lchaydi. U ertalab, kechqurun bemorlar haroratini o'lchab kasallik tarixiga yozib boradi.
Palata hamshirasi har kuni shifokor ko'rigida qatnashadi, bemorni ko'zdan kechirishda unga yordamlashadi, o'z kuzatuvlarini maxsus tarixnomaga qayd qilib boradi va shifokorga habar qiladi va undan yangi ko'rsatmalar oladi. Ko'rik paytida har bir bemordagi kasallik moxiyatini, unga qilinayotgan davoning ahamiyatini va ayniqsa yana nimalarga e'tiborni qaratish lozimligini bilib oladi. Shuningdek u bemorlarni parvarish qiladi, ularni tozaligiga qaraydi, og'ir yotgan bemorlarning badan terisini ho'l sochiq bilan muntazam artib turadi, sanitarka yordamida ularni ich kiyimini va ko'rpa-yostiq jiltini, choyshabni almashtiradi, ular uchun gigiyenik vanna uyushtiradi.
Palata hamshirasi bemorlar ovqatlanishini tashkillashtiradi, xususan og'ir yotgan kishilarni ovqatlantirib qo'yadi. U bemorga keltiriladigan ta'omlarni, muzlatkichdagi mahsulotlarning sifatini tekshiradi.
Yig'ishtirib tozalashning sifati va uning o'z vaqtida o'tkazilish ustidan nazorat qilish ham palata hamshirasining vazifasidir. U bemorlar, ularni ko'rgani keladigan kishilar, sanitarkalarni tartibga rioya qilishini kuzatib boradi.
Yangi kelgan bemorlarni qabul qiladi, ularni ichki tartib qoidalar bilan tanishtiradi, qabulxonada amalga oshirilgan sanitariya tozalovini tekshiradi va yangi kelgan bemor haqida shifokorga habar beradi. Bemorni shifoxonadan kuzatishni ham tashkillashtiradi.
Bemorlarning ahvolini, kayfiyatini doimiy kuzatib yurib, o'z kuzatuvlari haqida shifokorga habar beradi. Bundan maqsad bemorga o'z vaqtida yordam ko'rsatishdir. Hamshira bemorni ko'rgani kelgan kishilar bilan hushmuomalalik va talabchanlik bilan suhbatlashib, ularni bemor ahvolidan habardor qiladi.
.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog'ayishiga, ishonch uyg'onishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydigan tadbirlar kompleksini o'z ichiga oladi. Parvarishni uy sharoitida bemorning qarindosh-urug'lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi.
Parvarish qilish 2 turga bo'linadi:
l.Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda olib boriladi.
2.Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo`lmagan hollarda o'tkaziladigan tadbirni o'z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko'z kasalliklari va boshqa).
2.Parvarish qiluvchining vazifalari:
1.Dorilarni ichirish, in'yeksiya qilish, tomizish, surtish va hokazo.
2.Gorchichnik, banka, kompress qo'yish, ingalatsiya qilish, me'dani yuvish, klizmaning har-xil turlarini bajarish, zuluk qo'yish va boshqalar.
3.Shaxsiy gigiyena tadbirlarini o'tkazish. Bemorni yuvintirish, yotoq yaralarning oldini olish, ich kiyimlari va choyshablarini almashtirish, ovqatlantirish va tabiiy zaruriyatlarda og'ir bemorga yordam ko'rsatish.
4.Bemor yotgan xonada sanitariya-gigiyena sharoitini ta'minlash.
5.Tibbiy hujjatlarni to'ldirish.
3.Bemor ruhini tetiklashtirish:
- bemor bilan xushmuomalada bo'lish, uning kayfiyatini ko'tarish;
- bemor iltimoslarini iloji boricha o'z vaqtida bajarish;
- gazeta va jurnallar o'qib berish;
- bemorning sog'ayib ketishiga ishonch uyg'otish.
4.Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
1.Bemorni yuvintirish.
2.Teri, soch, ko'z, quloq, burun, og'iz bo'shlig'i va tirnoqlarni parvarishlash.
3.Kiyimlari, choyshablarini almashtirish.
5. Yotoq yara va uning oldini olish.
Bemorning uzoq vaqt qimirlamasdan yotishi tufayli badan terisida paydo bo'ladigan yaraga yotoq yara deyiladi.
Oldini olish:
1.Bemor terisini o'z vaqtida parvarish qilish.
2.Iloji boricha bemor ahvoliga qarab kuniga yoki kunora o'ng yoki chap yonga ag'darib turish.
3.Ovqatlantirilganda bemor to'shagiga ovqat qoldiqlarining va non ushoqlarining tushishiga yo'l qo'ymaslik.
4.Kiyimlari va choyshablarining bukilib qolishiga yo'l qo'ymaslik.
5.Bel-dumg'aza sohasiga rezina chambar qo'yish, shu sohalar terisiga vazelin, spirt surtish.
6.Teri qizargan yoki yara paydo bo'lgan bo'lsa, tibbiy muolajalar yordamida davolash.
6. Bemor yotgan xonaning sanitariya-gigiyenasi. Bemor yotgan xonaning tozaligi, harorati va havo rejimini tibbiyot hamshirasi nazorat qiladi. Xonani va undagi jihozlarni kuniga 2-3 marta dezinfeksion eritmalar: xloramin, xlorli ohak, toza suv bilan namlab artiladi. Xona harorati 20-22° da bo'lishini ta'minlash zarur. Bundan tashqari xonaning deraza va eshiklarini ochib vaqti-vaqti bilan shamollatib turish lozim.
Dorilar hamisha ham zarur bo`lavermaydi. Lekin yaxshi parvarish doim muhimdir. Quyida bemorni yaxshi parvarishlash asoslari ko`rsatib o`tiladi: Bemor tinch, qulay, toza havoli va yorug` joyda dam olishi kerak. Uni juda sovqotish yoki isib ketishdan saqlang. Agar havo sovuq bo`lsa yoki kasal sovqotsa, uning ustiga choyshab yoki ko`rpa tashlab qo`ying. Agar havo issiq bo`lsa va kasalning isitmasi bo`lsa, uning ustini ochib qo`ying (167-bet). SUYUQLIKLAR Deyarli barcha kasalliklarda, ayniqsa, isitma yoki ichketar paytlarda, kasal ko`proq suyuqlik ichishi kerak: suv, choy, sharbat, sho`rva va boshqalar. BEMORGA QULAYLIKLAR YARATISH Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 115 SHAXSIY TOZALIK Bemorni toza tutish muhim.U har kuni cho`miltirilishi kerak. Agar u yotgan joyidan tura olmaydigan darajada kasal bo`lsa, badanini iliq suvda namlangan yumshoq sochiq bilan arting. Uning ust-boshlari, choyshablari va ustiga yopiladigan narsalari ham toza tutilishi kerak. Bemor yotgan joyga ovqat bo`laklari va ushoqlar tushib qolmaganiga e`tibor bering. BEMORNI HAR KUNI CHO`MILTIRING iliq suv YAXSHI OVQATLANISH Agar bemorning qorni ochsa, unga ovqat bering. Ko`p kasalliklarda maxsus parhez talab qilinmaydi. Bemor ko`p suyuqlik ichishi va foydali moddalarga boy ovqatlardan ko`proq iste`mol qilishi kerak (11-Bob). Agar bemor juda quvvatsiz bo`lsa, unga iloji boricha tez-tez to`yimli ovqatlardan berib turing. Kerak bo`lsa ovqatlarni ezib yoki sho`rva, sharbatlarga qo`shib bering. Guruch, bug`doy, suli, kartoshkani ezib, yumshoq bo`tqa (pyure) holida berilsa, ancha quvvat bo`ladi. Unga shakar va o`simlik yog`idan qo`shish ozuqa quvvatini oshiradi. Bemor ovqat yemasa uni shirin ichimliklar ichishga undang. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 114 Bemorni Qanday Parvarishlash Kerak 4 BOB Kasallik organizmni kuchsizlantiradi. Bemor kuch-quvvat to`plash va tezroq davo topishi uchun uni maxsus parvarish qilish lozim. Bemorni parvarishlash odatda davolashning eng muhim qismidir. Dorilar hamisha ham zarur bo`lavermaydi. Lekin yaxshi parvarish doim muhimdir. Quyida bemorni yaxshi parvarishlash asoslari ko`rsatib o`tiladi: Bemor tinch, qulay, toza havoli va yorug` joyda dam olishi kerak. Uni juda sovqotish yoki isib ketishdan saqlang. Agar havo sovuq bo`lsa yoki kasal sovqotsa, uning ustiga choyshab yoki ko`rpa tashlab qo`ying. Agar havo issiq bo`lsa va kasalning isitmasi bo`lsa, uning ustini ochib qo`ying (167-bet). SUYUQLIKLAR Deyarli barcha kasalliklarda, ayniqsa, isitma yoki ichketar paytlarda, kasal ko`proq suyuqlik ichishi kerak: suv, choy, sharbat, sho`rva va boshqalar. BEMORGA QULAYLIKLAR YARATISH Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 115 SHAXSIY TOZALIK Bemorni toza tutish muhim.U har kuni cho`miltirilishi kerak. Agar u yotgan joyidan tura olmaydigan darajada kasal bo`lsa, badanini iliq suvda namlangan yumshoq sochiq bilan arting. Uning ust-boshlari, choyshablari va ustiga yopiladigan narsalari ham toza tutilishi kerak. Bemor yotgan joyga ovqat bo`laklari va ushoqlar tushib qolmaganiga e`tibor bering. BEMORNI HAR KUNI CHO`MILTIRING iliq suv YAXSHI OVQATLANISH Agar bemorning qorni ochsa, unga ovqat bering. Ko`p kasalliklarda maxsus parhez talab qilinmaydi. Bemor ko`p suyuqlik ichishi va foydali moddalarga boy ovqatlardan ko`proq iste`mol qilishi kerak (11-Bob). Agar bemor juda quvvatsiz bo`lsa, unga iloji boricha tez-tez to`yimli ovqatlardan berib turing. Kerak bo`lsa ovqatlarni ezib yoki sho`rva, sharbatlarga qo`shib bering. Guruch, bug`doy, suli, kartoshkani ezib, yumshoq bo`tqa (pyure) holida berilsa, ancha quvvat bo`ladi. Unga shakar va o`simlik yog`idan qo`shish ozuqa quvvatini oshiradi. Bemor ovqat yemasa uni shirin ichimliklar ichishga undang. JUDA OG`IR KASALNI PARVARISH QILISH SUYUQLIKLAR Og`ir kasalning ko`p suyuqlik ichishi muhimdir. Agar u ko`p icha olmasa, unga tez-tez kichik ho`plamlarda suyuqlik berib turing. Agar u zo`rg`a yutina olsa, unga har 5-10 min.da og`ziga tomchilab suyuqlik tomizib turing. OVQAT Bemor quyuq ovqatlarni iste`mol qila olmasa, unga sho`rva, sut, sharbat va boshqa suyuq ovqatlardan ichiring (11-bob). Don, suli yoki guruchdan tayorlangan bo`tqa ham yaxshi, lekin ular “tana o`stiruvchi” ovqatlar bilan birgalikda berilishi kerak. Sho`rvalarga tuxum, loviya yoki yaxshi qiymalangan go`sht, baliq yoki tovuq go`shti solinishi mumkin. Agar bemor birdaniga ko`p yeya olmasa, tez-tez oz-ozdan ovqat yeb turishi kerak. TOZALIK VA BEMOR HOLATINI O’ZGARTIRISH Og`ir yotgan kasal uchun shaxsiy tozalikka e`tibor berish muhimdir. U har kuni iliq suvda cho`miltirilishi kerak. Choyshablarini tez-tez, har kuni almashtirib turing. Agar ular kir bo`lsa, tezroq almashtirish kerak. Infeksion kasallik bilan og`rigan bemorning kir yoki qon tegib qolgan choyshablari, ust-boshlari va sochiqlari ehtiyotkorlik bilan yig`ishtirilishi kerak. Ulardagi virus yoki mikroblarni Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 117 o`ldirish uchun ularni sovunli suvga yoki biroz xlorli ohak qo`shilgan issiq suvga solib yuving. Bemor Holatini O`zgartirish Joyidan siljiy olmaydigan bemorlar kuniga bir necha mahal yotish holatlarini o`zgartirishlariga siz yordam berishingiz kerak. Bu esa yotoq yaralarning oldini olishga yordam beradi (400-bet). Uzoq vaqtdan beri kasal bolaning onasi uni tez-tez ko`tarib turishi kerak. Holatning tez-tez o`zgartirilishi uzoq vaqt o`rnida yotishga majbur odamlar uchun katta xavf bo`lgan zotiljam(pnevmoniya)dan ham saqlaydi. Agar bemor isitmasi ko`tarilib, yo`talayotgan va hansirab tez-tez nafas olayotgan bo`lsa, unda o`pka shamollashi (pnevmoniya) boshlangan bo`lishi mumkin (315-bet). BEMORDAGI O`ZGARISHLARNI KUZATIB BORISH Siz bemorning ahvolidagi har qanday o`zgarishlarga katta e`tibor berishingiz kerak. Bu o`zgarishlar bemorning ahvolini yaxshilanayotgan yoki yomonlashayotganini sizga bildirib turadi. Uning „hayot belgilari” jadvalini tuting. Quyidagi o`zgarishlarni kuniga 4 mahal yozib boring: tana harorati minutdagi pulslar soni nafas olishi (necha gradus) (minutiga necha marta) Shuningdek, u kuniga qancha suyuqlik ichgani va ichagi bilan qovug`i necha marta bo`shaganini ham yozib yuring. Ushbu ma`lumotlarni tibbiyot xodimi uchun saqlang. Bemorning kasali jiddiylashib yoki og`irlashib borayotganini bildiruvchi belgilarni kuzating. “Xavfli Kasalliklar belgilari” jadvali keyingi betda berilgan. Agar bemorda ushbu belgilardan birortasi bo`lsa, tezda tibbiy yordamga murojaat qiling. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 116 oshqozon yarasi va zarda bo`lish.............316-321 betlar appenditsit, ichak tutilishi, “o`tkir qorin” (bu hollarda umuman ovqat yemang)......196-197 qand kasalligi (diabet)..............................248 yurak kasalliklari.......................................580 o`t pufagi muammolari .............................586 Ba`zi kasalliklar maxsus parhez talab qiladi. Ular quyidagi betlarda ko`rsatilgan: JUDA OG`IR KASALNI PARVARISH QILISH SUYUQLIKLAR Og`ir kasalning ko`p suyuqlik ichishi muhimdir. Agar u ko`p icha olmasa, unga tez-tez kichik ho`plamlarda suyuqlik berib turing. Agar u zo`rg`a yutina olsa, unga har 5-10 min.da og`ziga tomchilab suyuqlik tomizib turing. OVQAT Bemor quyuq ovqatlarni iste`mol qila olmasa, unga sho`rva, sut, sharbat va boshqa suyuq ovqatlardan ichiring (11-bob). Don, suli yoki guruchdan tayorlangan bo`tqa ham yaxshi, lekin ular “tana o`stiruvchi” ovqatlar bilan birgalikda berilishi kerak. Sho`rvalarga tuxum, loviya yoki yaxshi qiymalangan go`sht, baliq yoki tovuq go`shti solinishi mumkin. Agar bemor birdaniga ko`p yeya olmasa, tez-tez oz-ozdan ovqat yeb turishi kerak. TOZALIK VA BEMOR HOLATINI O’ZGARTIRISH Og`ir yotgan kasal uchun shaxsiy tozalikka e`tibor berish muhimdir. U har kuni iliq suvda cho`miltirilishi kerak. Choyshablarini tez-tez, har kuni almashtirib turing. Agar ular kir bo`lsa, tezroq almashtirish kerak. Infeksion kasallik bilan og`rigan bemorning kir yoki qon tegib qolgan choyshablari, ust-boshlari va sochiqlari ehtiyotkorlik bilan yig`ishtirilishi kerak. Ulardagi virus yoki mikroblarni Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 117 o`ldirish uchun ularni sovunli suvga yoki biroz xlorli ohak qo`shilgan issiq suvga solib yuving. Bemor Holatini O`zgartirish Joyidan siljiy olmaydigan bemorlar kuniga bir necha mahal yotish holatlarini o`zgartirishlariga siz yordam berishingiz kerak. Bu esa yotoq yaralarning oldini olishga yordam beradi (400-bet). Uzoq vaqtdan beri kasal bolaning onasi uni tez-tez ko`tarib turishi kerak. Holatning tez-tez o`zgartirilishi uzoq vaqt o`rnida yotishga majbur odamlar uchun katta xavf bo`lgan zotiljam(pnevmoniya)dan ham saqlaydi. Agar bemor isitmasi ko`tarilib, yo`talayotgan va hansirab tez-tez nafas olayotgan bo`lsa, unda o`pka shamollashi (pnevmoniya) boshlangan bo`lishi mumkin (315-bet). BEMORDAGI O`ZGARISHLARNI KUZATIB BORISH Siz bemorning ahvolidagi har qanday o`zgarishlarga katta e`tibor berishingiz kerak. Bu o`zgarishlar bemorning ahvolini yaxshilanayotgan yoki yomonlashayotganini sizga bildirib turadi. Uning „hayot belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |