Xoʻjaligi
OFR — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.
3.Germaniya Respublikasining sanoati
Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir koʻmir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 million kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.
Qishloq xoʻjaligi
Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 million ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi.
Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 millionga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 million kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.
Transporti
ICE tez yurar poezdi
Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin — Tegel, Berlin — Shenefeld, Bremen, Hamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Hamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok
Do'stlaringiz bilan baham: |