Reja: Gerbitsidlar haqida tushuncha. Qo‘llash muddatlari va usullari. Gerbitsidlarning sarflash normalari, ishchi aralashmalar quvvati. Ayrim guruhlarining tasniflanishi. Таъриф



Download 61 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2022
Hajmi61 Kb.
#878475
  1   2   3
Bog'liq
1404220623 52083


Begona o‘tlarga qarshi qo‘llanuvchi pestitsidlar
Reja:
1. Gerbitsidlar haqida tushuncha.
2. Qo‘llash muddatlari va usullari.
3. Gerbitsidlarning sarflash normalari, ishchi aralashmalar quvvati.
4. Ayrim guruhlarining tasniflanishi.


Таъриф: Gerbitsidlar deb o‘tlarni yo‘q qilishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga aytiladi. herbum, herbi-ut, cidoc-o‘ldiraman degan ma’noni anglatadi.
Gerbitsidlarning asosiy qismi organik birikmalar bo‘lib, yuqori biologik samaradorlikka ega, kam miqdordagi normada ham o‘tlarga ta’siri katta. Gerbitsidlarning anorganik guruhlari ham mavjud.
Gerbitsidlarning kimyoviy tarkibiga qarab:
1.Yoppasiga ta’sir etadigan.
2.Tanlab ta’sir etadigan guruhlarga bo‘linadi.
Yoppasiga ta’sir etuvchi gerbitsidlar madaniy ekinlar ekilmagan maydonlardagi barcha turdagi o‘tlarni yo‘qotishda qo‘llaniladi. Jumladan: Yullar atrofida, temir yullar atrofida, elektr liniyalar atrofida, sug‘orish ariq va zavurlar atrofida, sport maydonchalaridagi begona o‘tlarni yo‘qotishda keng qo‘llaniladi.
Tanlab ta’sir etuvchi (selektiv) gerbitsidlar esa o‘tlarning bir turiga ta’sir etib qolgan turlariga ta’sir etmasligini inobatga olgan holda barcha madaniy o‘simliklar orasiga qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
Gerbitsidning normalari, qo‘llash muddatlari, qo‘llash usullari hamda gerbitsidni to‘g‘ri tanlab qo‘llaganda madaniy o‘simliklarga ta’sir etmagan holda ko‘plab begona o‘tlarni yo‘qotishga erishish mumkin.
Gerbitsidlarning tanlab ta’sir etishi- selektivligi o‘simlikning anatomik- morfologik va fiziologik xususiyatlari va gerbitsidning o‘zining fizik- kimyoviy xususiyatlari hamda fiziologik aktivligiga bog‘liq. Ko‘pchilik selektiv gerbitsidlar bir qancha turdagi o‘tlarni yo‘qotishga qaratilgan jumladan Bazagran 48% s.e. Bug‘doy, javdar, arpa, sholi, makkajo‘xori ekinlari qator orasida bir yillik ikki pallali begona o‘tlar, hilol kabi begona o‘tlarni yuqotadi. Kotoran 80% n. kukun. G‘o‘za qator orasida 1,6-3,5 kg normada bir yillik ikki pallali va boshoqli begona begona o‘tlarni yuqotadi. Propanid 30% e. konsentrati 16,7-30,0 l normada sholi ekilgan maydonlardagi bir yillik boshoqli (tariqsimon) begona o‘tlarga qarshi yaxshi samara beradi.
Totril 22,5% em. konsentrati 2,0-3,0 l. normada piyoz ekilgan maydonlardagi bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, lekin ayrim gerbitsidlar juda chegaralangan ta’sir kuchi va ta’sir joyiga ega faqat bir turdagi o‘tlarga ta’sir etadi xolos.
Bundan tasniflanishni qo‘yidagicha ta’riflash mumkin bo‘ladi. Gerbitsidlar yoppasiga ta’sir etuvchilari- barcha o‘simliklarga ta’sir etsa, tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar o‘z navbatida biokimyoviy xususiyatlariga qarab, topografik (anotomiyasi- fiziologiyasiga qarab) tanlash keng qamrovli va tor qamrovli bo‘lishini yuqoridagi misollarda keltirib o‘tgan edik.
Topografik tanlash tushunchasi shundan iboratki o‘simlikning po‘stini qalinligi, kutikulasining tuzilishi, mum qatlami (g‘ubori), tuklanishi, barglarning tik yoki yotiq joylashishi, ildiz sistemasining chuqurligi va hokazolar topografik tanlashga misol bo‘la oladi.
Agarda barg qattiq bo‘lsa, po‘st qalin bo‘lsa gerbitsid ta’siri kamroq bo‘ladi, barg tik (vertikal) joylashganda ham ta’siri kamroq bo‘ladi chunki gerbitsid oqib ketadi, tukli yuzada ham gerbitsid samarasi past, ildiz sistemasi chuqur joylashgan o‘simliklarga ham gerbitsid samarasi past bo‘ladi. Biokimyoviy tanlash gerbitsid o‘simlik shirasiga so‘rilishi bilan bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi ayrim hollarda inaktivizatsiya holiga tushsa ko‘pchilik hollarda fitonsidlik xususiyati namoyon bo‘ladi.
Selektiv (tanlab ta’sir etuvchi) gerbitsidlar o‘simlikni har xil yullar bilan ayrimlari barg orqali o‘tib naychalar orqali floemaga, ayrimlari tuproqdagi eritmalar orqali ildiz sistemalariga so‘riladi. Shuning uchun ham gerbitsidlarni qo‘llash usullarini tanlashga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Birinchi holda gerbitsidlar o‘simlikka purkalsa, ikkinchisida esa tuproqqa beriladi. Lekin shunday gerbitsidlar ham borki, ham barg ham ildizdan o‘simlikka so‘riladi (Dilapon).
Tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar ta’sir etish xususiyatiga qarab kontakt (badaniga tegib) va sistemali ta’sir etuvchi guruhlarga bo‘linadi. Kontakt ta’sir etuvchi gerbitsidlar o‘simliklarni tekkan joylarini quritadi xolos, o‘simlikka so‘rilmasdan ildiz sistemasiga ham ta’sir etmaydi, bunday o‘tlar qayta ko‘karishi mumkin.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish