Sanoati. Tog‘-kon sanoati bir muncha rivojlangan tarmoq hisoblanadi. Shimoldagi tog‘lardan toshko‘mir, toshtuzi, lazurit, (8 t), Shibirg‘on rayonidan tabiiy gaz va neft qazib chiqariladi. Temir rudasi, rangli metallar va qurilish materiallari qazib olinadi. Sovet va Afg‘on geologlari hamkorlikda ochilgan Qobul yaqinidagi mis koni asosida tog‘ - kon boyitish kombinati qurilgan. Mamlakatning energiya bazasi o‘smoqda. Qobul daryosida bir qancha GESlar qurilgan. Ulardan Naglu (quvvati 100 ming kVt/s), shuningdek Jalolobod irrigatsiya kanalidagi to‘g‘on (platina) (11 ming kVt/s). Umumiy quvvati 21.000.000 kVt/s bo‘lgan GES lar kaskadi Panj daryosida hamkorlikda qurilgan. Mozori-Sharifda IES qurilgan. 1 yilda 905 ming kVt/s elektr energiya ishlab chiqariladi. Ehtiyoji – 1.042 mln kVt/s, importi – 200 ming kVt/s.
Afg‘oniston sanoatining yetakchi tarmog‘i to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. To‘qimachilik sanoati avvalo ip-gazlama, keyin jun va ipak gazlamalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Yirik to‘qimachilik ishlab chiqarish sanoati Gulbahordagi ip-gazlama kombinati, Puli-Humrida, Qobul, Balxda ip-gazlama fabrikasi, Qondahorda jun to‘qimachilik fabrikasi bor. Hirot, Mozori-Sharif, Maymonda ham to‘qimachilik fabrikalari bor. Qo‘l mehnati asosidagi to‘qimachilik, jumladan gilamchilik keng tarqalgan. Gilam Afg‘oniston eksportining asosini tashkil qiladi.
Oziq-ovqat sanoati strukturasida non mahsulotlari, yog‘-moy ishlab chiqarish sanoati, shakar, meva konservalari, ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat korxonlari orasida eng yiriklari: Qondahorda - meva konserva zavodi, Baglonda - shakar, Qunduz va Lashgargohda yog‘- moy-margarin , Qobulda non kombinati bor.
Qurilish materiallari korxonalaridan muhimlari: Puli- Humri va Jabal-us-Sirojda sement zavodi, Qobulda uy qurilishi uchun yirik ponellar ishlab chiqarish kombinati bor. Mozori-Sharifda, birinchi kimyo sanoati kimyoviy o‘g‘itlar zavodi qurilgan.
1956-1957 yillardan boshlab Afg‘onistonda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining besh yillik dasturi joriy qilindi. Bu rejalarning amalga oshirilishi natijasida birinchi yirik sanoat korxonalari va elektrostansiyalar irrigatsiya inshootlari, shosse yo‘llar, ayradromlar qurildi.
Afg‘onistonnig iqtisodiy rivojlanishida dunyo jamoatchiligi, jumladan sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatladilar. Iqtisodiy va texnik hamkorlikda Afg‘onistonda mexonizatsiyalashgan non kombinati uy-qurilish kombinati, asafaltbeton va Qobulda avtota`mirlov-mexanika zavodalari qurilgan. Jalolobobda sug‘oruv sistemasi, ya’ni Panj daryosida Sherxon porti, Puli-Hamrida tegirmon, Nagluda mamlakatda yirik GES, Qobul-Sherxon, Kushka-Hirot-Qandahor va boshqa shosse yo‘llar qurildi.
2002 yil yanvarda Tokyo donorlar konferensiyasida Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqildi. Konferensiyada rekonstruksiya ishlariga 4,5 mlrd. AQSH dollari jalb qilishga kelishildi. Shundan 900 mln aholini ijtimoiy himoyalashga ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |