4. G`aznachilik hisobraqamlaridan budjet xarajatlarini to`lash
Budjetdan mablag` oluvchilar tomonidan pul mablag`lari o`tkazilishi quyidagi talablarga asoslangan to`lov topshiriqnomalari bilan g`aznachilikorganlari tomonidan amalga oshiriladi:
moliya organlarida ro`yhatdan o`tkazilgan xarajatlar sraetalari asosida va budjet mablag`lari bo`yicha budjetdan mablag` oluvchilaming bank hisobraqamlarida mavjud bo`lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo`yicha budjet mablag`lari qoldiqlarining summalari doirasida;
agar to`lov topshiriqnomasida ko`rsatilgan summa moliya organida ro`yhatdan o`tkazilgan shartnomaga ko`ra to`lanadigan pul mablag`lari summasidan oshmasa;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishini va budjetdan mablag` oluvchining yetkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiq-laydigan hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek, budjetdan mablag` oluvchi zimmasiga yetkazib beruvchiga bo`nak to`lovini oikazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar bo`lganida;
yetkazib beruvchining to`lov topshiriqnomasida ko`rsatilgan nomi va rekvizitlari yetkazib beruvchining shartnomada ko`rsatilgan nomi va rekvizitlariga muvofiq bo`lsa;
to`lov topshiriqnomasida budjet tasnifming tegishli kodlari to`g`ri ko`rsatilgan boisa.
Yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajat-larni to`lash bo`yicha to`lovlarni, shu jumladan, bo`nak to`lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan mablag` oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to`lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a) besh nusxada, agar g`aznachilik bo`linmasi va mahsulot
yetkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko`rsatilsa:
birinchi nusxasi - budjetdan mablag` oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to`lov topshmqnomasining nusxasi - budjetdan mablag` oluvchining g’aznachilik bo`linmasiga budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so`rovnomasi bo`lib xizmat qiladi;
ikkinchi nusxasi - g`aznachilikbo`linmasining rahbari va mas'ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo`linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag`idan xarajatlar to`lovini amalga oshirish uchun asos boiadi;
uchinchi nusxasi - bank filialining to`langanlik to’g’risidagi belgisi bilan mahsulot yetkazib beruvchiga beriladi;
to'rtinchi nusxasi - bank filialining to`langanlik to’g’risidagi belgisi bilan g’azna hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilinadi va g’aznachililc bo`linmasiga budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvaragida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo`ladi;
beshinchi nusxasi - g`aznachilik bo`linmasining To`LANGAN" belgisi bilan va to`langan sana qo`yilgan holda, budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirmabilan birgalilcda budjetdan mablag` oluvchining vakolatli xodimiga beriladi.
b) to 'rt nusxada, agar g`aznachilikbo`linmasi va mahsulot
yetkazib beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko`rsatilsa:
hirinchi nusxasi - budjetdan mablag` oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to`lov topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag4 oluvchining g’aznachilik bo`linmasiga budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so`rovnomasi bo`lib xizmat qiladi;
ikkinchi nusxasi - g`aznachilik bo`linmasining rahbari va mas`ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo`linmasining
muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g`azna hisobvarag`idan xarajatlar to`lovini amalga oshirish uchun asos boiadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |