Reja gazlarni qisish jarayonlari, izotermik va adiabatik qisish



Download 0,55 Mb.
bet2/3
Sana14.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#800840
1   2   3
Bog'liq
Sovutish mashinalarida gazlarni siqish jarayonlari va qurilmalari

Uy - ro‘zg‘or va maishiy sovutgichlarning kompressori
Rotatsion kompressorlar
Rotatsion kompressorlarning ishlash printsipi rotorlarning aylanishi natijasida sodir bo‘ladigan gazning so‘rilishi va siqilishidan iborat. Ularning porshenli kompressorlardan afzalligi ishga tushirish paytida elektr tokining va
bosim pul'satsiyasining kamligidan iborat.
Rotatsion kompressorlarning ikki xil modifikatsiyasi mavjud.
Plastina rotorli va dumalovchi rotorli.
Dumalovchi rotorli kompressorda sovitish agenti rotor dvigatelida o‘rnatilgan ekstsentrik yordamida siqiladi . Rotorning aylanish jarayonida ekstsentrik compressor tsilindrining ichki yuzasida harakatlanadi va uning oldidagi sovitish agenti bug‘lari siqiladi.
Dumalovchi rotorli kompressorda plastina (1) kompressor silindri ichidagi sovitish agenti bug‘larini yuqori va past bosim zonalariga ajratadi :
Bu kompressorning 4ta ishlash bosqichlari quyidagilar:
a) bug‘ to‘liq hajmni to‘ldiradi;
b) kompressor ichida siqilish boshlanadi va sovitish agentining
yangi miqdori so‘riladi;
v) siqilish va so‘rish davom etadi;
g) siqilish to‘xtaydi, bug‘ kompressor tsilindri ichidagi butun bo’shliqni to’ldiradi .

Dumalovchi rotorli kompressorning ishlashi
Plastina rotorli kompressor
Plastinali aylanuvchi rotorli kompressorlarda sovitish agentlarining siqilishi aylanuvchi rotorlarga o‘rnatilgan plastinalar yordamida amalga oshadi .
Rotorning o‘qi kompressor silindrining o‘qiga nisbatan siljigan bo‘ladi. Plastinalarning chetlari silindr yuzasiga yopishgan bo‘lib, yuqori va past bosim zonalarini ajratib turadi. Quyidagi rasmda
plastina rotorli kompressorida bug‘ni so‘rish va haydash jarayonlari tasvirlangan:
a) bug‘ to‘liq hajmni egallaydi;
b) kompressor ichida siqilish boshlanadi va sovitish agentining
yangi miqdori so‘riladi;
v) siqilish va so‘rish tugaydi;
g) yangi siqish va so‘rish sikli boshlanadi.
Kompressor valida ikkita rotor joylashtirilgan bo‘lsa bunday
kompressorlar ikki rotorli deb ataladi.

Plastina rotorli compressor

Spiral’ va vintli kompressorlar


Spiral' kompressorlar – kichik va o‘rta quvvatli sovitish mashinalarida qo‘llaniladi. Bunday kompressorlar ikkita po‘lat spiral'dan iborat. Ularning biri ikkinchisining ichida joylashgan
bo‘lib, kompressor silindri o‘rtasidan chetiga qarab kengayadi. Ichki
spiral' harakatlanmaydigan qilib qotirilgan, tashqisi esa uning
atrofida aylanadi.
Spirallar sirg‘anmasdan harakatlanish imkoniyatini yaratuvchi
maxsus profilga ega. Kompressorning harakatlanuvchi spirali ekssentrikda o‘rnatilgan bo‘lib, boshqa spiralning ichki yuzasi bo‘ylab
harakatlanadi. Bog‘lanish chizig‘i oldidagi sovitish agenti bug‘lari
siqiladi va kompressor qopqog‘ining o‘rta teshigidan chiqib ketadi.
Bog‘lanish nuktalari ichki spiralning har bir aylanasida joylashgan. Shuning uchun bug‘ boshqa kompressorlarga qaraganda kam porsiyalarda va ancha tekis siqiladi. Natijada kompressor elektrodvigateliga tushadigan qushincha yuk, ishga tushirish yuki kamayadi.
Sovitish agentlari bug‘lari kirish teshiklari orqali
qoplamining silindrik qismiga keladi, dvigatelni sovutadi,
spirallar orasida siqiladi va kompressorning yuqori qismidagi
chiqish teshiklari orqali chiqib ketadi. Bunday tizim gazning bir
me'yordagi harakatini ta'minlab beradi. Bunday harakatda tebranish, shovqin darajasi porshenli kompressorlarga nisbatan ancha
kam bo‘ladi. Yana shuni alohida ta'kidlash lozimki, bunday kompressorlarda porshenli sovitish kompressorlariga o‘xshab ortga qaytish
harakatlarini amalga oshiradigan elementlar yo‘q. Ishqalanuvchi
detallar soni kamligi tufayli spiral' kompressorlar ko‘proq vaqt
xizmat qiladi.
Spiral' kompressorlarning kamchiligi:
Ishlab chiqarishdagi qiyinchiligi, narxining balandligi, spirallarning aniq hisob va chet qismlarining germetikliligini talab qilishi, hamda ta'mirlanmasligi.
Vintli kompressorlar. Bu mashinalarda gaz harakati yo‘nalishi
to‘xtovsiz aylanma harakatli yo‘nalish bilan amalga oshiriladi. Bu
harakat bo‘rtib chiqqan tishlar va egri chuqurlikli rotorlar yordamida vujudga keladi. Vintli kompressorlarda siqilish jarayoni egri chizikli silindrda bo‘ladi, uning ichidan gaz egri chiziqli porshen
yordamida ko‘chiriladi. Bunday mashinalarda har bir rotor tishlarining orasidagi chuqurliklar silindr vazifasini, tishlar esa porshen vazifasini bajaradi.
Bunday kompressorlarning ikki xil modeli mavjud: bir vintli
va ikki vintli. Bir vintli modellarda rotor chetlariga ulangan bir
yoki ikki shesternya-satellit o‘rnatilgan bo‘ladi.
Sovitish agenti bug‘larining siqilishi har xil tomonga aylanuvchi rotorlar yordamida amalga oshiriladi. Ularning aylanishini
vint ko‘rinishidagi markaziy rotor tomonidan amalga oshiriladi.
Sovitish agenti bug‘lari kompressorning kirish teshiklari
orqali kiradi va elektrodvigatelni sovutadi. Keyin aylanuvchi rotor shesterenkalarining tashqi sektoriga keladi, siqiladi va sirpanuvchi klapan orqali chiqish teshigidan chiqib ketadi. Kompressor
vintlari germetik ulangan bo‘lishi kerak, shuning uchun moylash materiallari ishlatiladi, keyin esa moy sovitish agentidan kompressorning maxsus separatorida ajratiladi.
Ikki vintli modellar ikki rotor ishlatilishi bilan ajralib
turadi: asosiy va uzatmali. Bunday kompressorlarning yetaklovchi va yetaklanuvchi rotorlari sirpanuvchi tirgak podshipniklariga
o‘rnatiladi, ulardan biri tirgak vazifasini bajaradi. Konstruksiyasida o‘qqa tushadigan og‘irlikni qabul qilish uchun yetaklovchi
rotorda tushurish porsheni o‘rnatilgan bo‘ladi. Rotor vintlari katta modulli egri tishli (shesternya) ko‘rinishida bo‘lib, doimiy o‘q qadamga ega tishli bo‘ladi. Vintlarni tayyorlash uchun maxsus uskuna
va anjomlar kerak.
Vintli kompressorlarda so‘rish va haydash klapanlari mavjud
emas. Sovitish agentining so‘rilishi har doim kompressorning
bir tarafidan, haydalishi esa boshqa tarafidan bo‘ladi. Bug‘lar
siqilishining bunday usulida shovqin darajasi porshenli kompressorlarga qaraganda ancha past. Vintli kompressorlar dvigatel'
aylanish tezligining o‘zgartirilishi yordamida sovitish mashinasi
unumdorligi bir tekisda rostlanadi.
Vintli kompressorlar 3 xil konstruktiv ko‘rinishga ega: quruq
va nam siqilish, shuningdek moy bilan to‘ldirilgan ko‘rinishlari.
Quruq siqilishli kompressorlarning rotorlari va korpus orasida kafolatlangan tirqish ta'minlanadi. Bunday kompressorlarda sovitish agenti moy bilan ifloslanmaydi. Kamchiligi – yuqori
siqish darajasining olib bo‘lmasligi.
Nam siqilishli kompressorlarda siqilayotgan sovitish agentining temperaturasini pasaytirish uchun ishchi bo‘shliqqa suyuqlikning
bir qismi purkaladi, bu holat siqish darajasini ancha oshiradi va
siqilish jarayonini izotermik holga olib keladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kompressorlarning sovitish texnikasidagi afzallik tomonlari shundaki, yetaklovchi rotor bilan bog‘lanib
turadigan yetaklanuvchi rotor orasidagi bo‘shliqqa nasos bilan moy
tizimidan yuqori bosim ostida to‘xtamasdan moy berib turiladi.
Bu moy rotorlarda kinematik aloqani hosil qilib kontakt yuzasini moylab turadi va sovitish agenti temperaturasini tushuradi,
harakatlanishini yaxshilaydi. Moy bilan to‘ldirilgan kompressorlarning birinchi pog‘onasida siqish darajasi 12-16ga chiqishi mumkin. Mashinaning texnologik sxemasiga moy ajratgich va moy sovitkichlar qo‘yiladi.
Vintli kompressorlarning porshenli kompressorlardan afzalligi, unda ilgarilanma – qaytma harakatlanuvchi detallarning
yo‘qligi. Bu mashinaning tezligini, og‘irlik va gabarit o‘lchamlari
bo‘yicha solishtirma rasional ko‘rsatkichlarni va ko‘p vaqt xizmat
qilish xususiyatini oshiradi. Vintli kompressorlar yuqori kapital
va ekspluatasion harajatlar talab qilmaydi.
Vintli kompressorlarning mavjud kamchiliklari:
Vintli kompressorlarning asosiy kamchiliklari quyidagilar:
- o‘zgarmas geometrik siqish darajasi bo‘lganligi uchun ichki
siqish bosimini rostlab bo‘lmasligi;
- kichik unumdorlikdagi mashinalarda orqaga oqib o‘tish va buning natijasida unumdorlikni pasayishining mavjudligi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish