G‘azabini yengmagan, ahloqini yo‘qotadi.
Misol: bir kishi kelib, Allohning rasuliga (s.a.v.)dediki:
- Yo rasulalloh, menga nasihat qiling.
- G‘azablanma! -dedilar.
- Menga nasihat qiling, - deb yana so‘radi.
- G‘azablanma! — dedilar.
Nasihat qilishni uchinchi marotaba yana so‘radi. Yana dedilarki:
- G‘azablanma!!!
- Ey ko‘ngil! Sen g‘azabingni jilovlay olasanmi? G‘azab kelganda ota-onaga qarab ham bakiradiganlardan emasmisan? G‘azab kelganda xotini, farzandlarini uradigan johildorlardan emasmisan? G‘azab kelganda do‘stidan ham kechib yuboradigan nomardlardan emasmisan? O‘ylab ko‘r: ehtimol, bir marta bo‘lsin, ota va onangga qattiq gapirgandursan, xotining, farzandlaring, do‘stlaringdan qay birinvdir jahl ustida ranjitgandursan. Endi sen buning uchun g‘azabingni bahona kilma. G‘azabni yenga olmagan o‘zingni aybla! Aybla-da, tavba qil! Tavbaning qabul bo‘lish shartini unutma: bu hol endi qaytarilmasligi kerak! Qaytarilsa, tavbang qabul bo‘lmas. “Tavba” - inson o‘z hayotining jarayonini, faoliyatini, yo‘nalishini, yashash tarzini yaxshi tomonga o‘zgartirishdir. [Toxir Malik. Odamiylik mulki. (Ahloq kitobi) -T.: SHarq, 2013. -717 y.]
Nima uchun bizning g‘azabimiz qo‘zg‘aydi? G‘azabdan o‘zini tnnchlantirish mumkinmi? Har birimiz o‘zimizni o‘rab turgan voqea-hodisalarga turlicha munosabat bildiramiz. Masalan, ba’zilar hind filmlarini miriqib ko‘radilar, ba’zilar ularni umuman yoqtirmaydilar. Ba’zilarga blokbasterlar bo‘lsa bas, ba’zilar esa trillerni xush ko‘radilar. Ba’zilar esa milliy kino, milliy kiyimlarni yoqtiradilar. Masalan, “xevi- metall” musikasini 100 % katta yoshdagi odamlar “bosh og‘riq” deb qabul qilishi tabiiy. CHunki odam yoshi o‘tgandan keyin uning bosimi ko‘tarilishi xollari ko‘p uchray boshlaydi, bosim ko‘tarilishining tabiiy xususiyatlaridan biri bu — bosh og‘rig‘i hisoblanadi. O‘zi boshi ogrib turgan odamning bunday baland va shovkinli musikadan lazzatlanishi g‘ayri oddiy hol bo‘ladi. SHu bilan birga, ba’zilar uxlashni yaxshi ko‘radilar, ular joy tanlamaydilar, hamma joyda uxlab ketaveradilar, ularga bosh qo‘yishga joy bo‘lsa bo‘ldi, pishillab uxlayveradilar. Boshqalar esa ularning bunday uxlashga bo‘lgan moyilligini beg‘amlik, qayg‘urmaslik, tepsa tebranmaslik, mas’uliyatsizlik alomati deb baxolashi mumkin. Ba’zilar ovkat yeyishni yaxshi ko‘radilar. Sabrsizlik bilan ketma-ket katta-katta luqmalarning og‘iz bo‘shlig‘ida yo‘qolib borayotganligini ko‘zatib turgan boshqa bir odamning esa umuman ishtahasi yo‘qolib ketishi mumkin. CHunki u bu darajada ovkat yeyish mumkinligiga umuman ishonmaydi.
Demak, biz voqea va hodisalarga turlicha munosabat bildirishimiz tabiiy. Mana shunday turlicha munosabat, fikrlar va qarashlar rang- barangligi odamlar orasida ba’zi konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mana shunday xilma-xillik konflikt uchun baxona bo‘lishi mumkin. Sizning so‘zlaringiz, tana zaboningiz, ovozingiz, nimalarni o‘ylashingiz, orzularingiz, amallaringiz biror boshqa kimsaning, ba’zan esa xatto eng yaqin kishilaringizning g‘azabini ko‘zg‘ashi mumkin. G‘azab esa zo‘ravonlik bilan tugashi mumkin. Demak, biz konfliktli vaziyatlarning kelib chiqishini oldini olish uchun o‘zimizda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan g‘azabning oldini olishga o‘rganishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |