Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar


M asofadan turib zondlash



Download 1,96 Mb.
bet8/13
Sana05.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#948861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash

M asofadan turib zondlash - bu berilgan ob‟ektlar bilan bevosita fizik tegish holatida bo„lmagan tarzda, ob‟ekt yoki hodisalar haqida axborotlarni olish uslubi hisoblanadi.
Bu atama zamonaviy nuqtai nazardan, asosan er yuzasida joylashgan ob‟ektlarni qayd qilish, klassifikatsiyalash va tahlil qilish maqsadida joyni masofadan turib, havodan yoki kosmik fazodan zondlash texnologiyalariga tegishli hisoblanadi, Shuningdek ushbu uslubda tarqatiluvchi signallar (masalan, elektromagnit radiatsiya) yordamida atmosfera yoki okeanlarni ham o„rganish mumkin. Faol holatdagi (signal dastlab samolyot yoki kosmik yo„ldosh tomonidan tarqatiladi) va nofaol (faqat boshqa manbalar, masalan - quyoshning yorug„lik nurlanishi kabi signal manbalari qayd qilinadi) masofadan turib zondlash uslublari o„zaro farqlanadi.
M asofadan turib zondlashda nofaol tavsifga ega bo„lgan sezgir moslamalar (sensorlar) ob‟ekt yoki tutash hududlardan tarqaluvchi yoki ular orqali qaytuvchi signallarni qayd qiladi.
Qaytuvchi quyosh nurlanishi nofaol sensorlar tomonidan qayd qilinuvchi, nisbatan ko„p foydalaniluvchi nurlanish manbai hisoblanadi. Nofaol tavsifda masofadan turib zondlashga misol sifatida - zaryadli aloqa qurilmalari va radiometrlar yordamida, infra-qizil nurlanish asosida raqamli va tasmaga tushiriluvchi fotografiyani ko„rsatib o„tish mumkin.
O „z navbatida, faol tavsifga ega bo„lgan qurilmalar ob‟ekt va makonni skanerlash maqsadida nurlanish signalini xosil qiladi, keyin esa - sensor qurilma qaytgan yoki zondlash maqsadida orqaga qaytuvchi yo„l bilan xosil qilingan nurlanishni o„lchashni amalga oshiradi.
Masofadan turib zondlashda faol tavsifga ega bo„lgan sensorlarga misol sifatida - radar yoki lidar qurilmalarini ko„rsatish mumkin, ya‟ni bu qurilmalarning ishlashi tarqatiluvchi nurlanish va qaytgan signal o„rtasidagi to„xtalish davrini o„lchashga asoslangan bo„lib, ushbu usulda siljish, tezlik va ob‟ektning harakatlanish yo„nalishiga aniqlik kiritiladi.
Su‟niy yo„ldoshlar yordamida ma‟lum bir sikl tavsifidagi holat asosida, alohida maydonlar, hududlar va o„lkalarning tasvirlarini olish mumkin. Shuningdek, bunda foydalanuvchilar ekin maydonlarining holati haqida axborotlarga ega bo„lishlari, jumladan ushbu maydonlarga ekilgan ekin turlariga aniqlik kiritishlari, qishloq xo„jaligida ekin ekiluvchi er maydonlari va xosilning holatini aniqlashlari mumkin. Su‟niy yo„ldosh yordamida olinuvchi ma‟lumotlar qishloq xo„jaligida turli xil darajada monitoring natijalari shaklidagi natijalarni tarkibiga kiritish va boshqarish uchun foydalaniladi. Bu ma‟lumotlar fermer xo„jaliklari faoliyatini optimallashtirish va amalga oshiriluvchi texnik operatsiyalarning makon bo„ylab mo„ljal olinishini ta‟minlash uchun foydalanilishi mumkin.
Bu tasvirlar qishloq xo„jaligida ekinlarning joylashish joyi va ekin maydonlarining unumdorlik darajasi o„zgarishini aniqlashga yordam beradi va ushbu olingan ma‟lumotlar asosida, qishloq xo„jaligida mahalliy sohalar bo„yicha kimyoviy o„g„itlardan foydalanishni optimallashtirish, er maydonlarini sog„lomlashtirish maqsadlarida foydalanish mumkin. Masofadan turib zondlash uslubidan qishloq xo„jaligida foydalanishning asosiy yo„nalishlari quyidagilardan tashkil topadi:

  • O„simliklar qoplamiga aniqlik kiritish;

  • Ekinlarning turlarini tasniflash;

  • Ekinlarning holatini baholash (qishloq xo„jaligi ekinlari holatini monitoring qilish, xosilning yo„qotilishi darajasini aniqlash;

  • Ekinlarning xosildorlik darajasini baholash;

  • Tuproqlarni o„rganish;

  • Tuproqlarning tavsiflarini ifodalash;

  • Tuproqlar tiplariga aniqlik kiritish;

  • Tuproqlarning eroziyaga uchrash darajasini aniqlash;

  • Tuproqlarning namlik darajasini aniqlash;

  • Tuproqlarga ishlov berish amaliyoti holatini aks ettirish.


5.1.-rasm. GPS qabul qilish qurilmalarining turlari
Asosiy yoki birlamchi vektor ma‟lumotlarning olinishi - bu asosiy geografik axborotlardan biri hisoblanadi. Vektor ma‟lumotlarning olinishi ikkita qismga ajratiladi: ya‟ni, dala sharoitida amalga oshiriluvchi tadqiqotlar va GPS qabul qilish qurilmalaridan foydalanish. So„nggi vaqtlarda tasvirga olish ishlari jarayonida ko„pincha GPS qabul qilish qurilmalaridan foydalanish keng ommalashgan.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish