6-mashq
1-topshiriq. Berilgan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi gaplarni diqqat bilan o‘qing. Ega va kesimni aniqlang.
1.Uy eshigini ochsam, singlim, o‘g‘lim sovuqdan burni qizarib turibdi. 2. Tepdim-terakka chiqdim. (Topishmoq) 3. Og‘zi yomon so‘zi bilan qopadi. (Maqol) 4. Begim, garchi achchiqlansangiz ham ko‘nglimdagini aytishga majburman. (A.Qod.) 5. Otdan tushsa ham egardan tushmaydi. (Maqol)
6. Prinstesse Erne shyol pyatnadstatыy god. Ona bila krepkoy, silnoy devushkoy i takoy vыsokoy, chto prevыshala na steluyu golovu samogo roslogo mujchinu. (A.Kuprin) 7. Lebed rvyotsya v oblaka, Rak pyatitsya nazad, a Щuka tyanet v vodu. (I.Krыlov)
8. Why did you use the screwdriver? 9. Execuse me, but my order hash't been taken.
7-mashq. O‘qing. Gaplarning ega va kesimini topib, qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Gaplarni ikkinchi darajali bo‘laklarni tushirib o‘qing. Bosh bo‘laklarning gap tuzilishidagi ahamiyatini tushuntiring.
1. Saman qo‘rquv ichida butun kuchini to‘plab yana oldinga sakradi. (N. Fozilov) 2. Unsin uy ishlarida kampirga ko‘maklashadi. (Oybek) 3. Biz Vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. (X. Davron) 3. Toshkent ko‘chalaridan avtobus, tramvaylar qatnaydi. (M. Hamidova) 4. Vodil – qadimdan bozori qishloq. Bu yerda har dushanba kuni nihoyatda gavjum, tirband bozor bo‘ladi. (K. Yashin, Hamza) 5. Toshkent do‘stlik, tinchlik, birodarlik shahri sifatida butun dunyoga mashhurdir. (M. Hamidova) 6. Otasining hunarini yaxshi egallab olgan bu yigitcha uchun qishloqda ish ko‘p edi. (S. Ahmad) 7. Ko‘nglimga yaqin bironta do‘stim yo‘q. Hayotimdagi birdan-bir ilinjim, ovunchog‘im – ish. (S. Nurov)
8-mashq. 1-topshiriq. Berilgan so‘z bog‘lanmalarini o‘qing. Ularning tugal fikr ifodalay olmasligining sababini ayting.
1. Kuzning birinchi oyida nok, olma, shaftoli, uzum va anorlar g‘arq … .
2. Uchinchi sinf o‘quvchilari olmazorga … . 3. Akbar shaxmat to‘garagiga … .
4. Boqi G‘azalkentda … . G‘azalkent bilan Toshkent orasida chiroyli baland bir tepalik … . 5. Buxoro – juda qadimiy va mashhur … . 6. Navro‘zda sumalak, halim … .
2-topshiriq. Ko‘pnuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni qo‘yib o‘qing. Tugal fikr ifodalanishini ta’minlagan bu so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajarayotganini ayting.
9-mashq. Matnni o‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalanganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring.
Unsin uy ishlarida kampirga ko‘maklashadi. Bolalarni yuvintiradi, eski-tuski kiyimlarni yamab-yasqab, butun qiladi. Kechqurun sho‘rva, atala-umoch, moshxo‘rda kabi ovqatlarni pishiradi. Shokir ota boshliq hammalari o‘rtada baham ko‘rishadi. Lekin qiz bularni ish deb hisoblamaydi. Unsin otaning mehnatkashligini yaxshi biladi. U otaning ishini yengillashtirishni istaydi. Dastlab ip eshib, mumlab beradi. Mahsilarga shon qoqadi, shondan tushiradi, pardozlaydi, lok surkaydi. Ammo bu bilan otaning ishi yengillashmaydi. Unsin oilaga yordam berish chorasini ko‘p o‘ylaydi. Oxiri mahsi tikishni o‘rganishga qaror qiladi. U Shokir otadan shogirdlikka olishni so‘raydi. Ota avvaliga rozi bo‘lmaydi. Keyinchalik qizning intilishini ko‘rib, mahsi tikishni o‘rgatadi. Ota unga so‘zan, bigiz tutishni o‘rgatadi. Ziyrak qizning qo‘li darrov kelisha qoladi. (Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: |