Galogenlarning birikishi (galogenlanish):
Galogenlarning birikishi (galogenlanish):
Bromli suv ta'sir ettirilganda alkenlar va alkinlar uni rangsizlantiradi. Bu reaksiya to’yinmagan uglevodorodlarni aniqlash uchun qo’llanadi:
CH2=CH2 + Br2 -> CH2Br-CH2Br 1,2-dibrometan
CH=CH + Br2 -> CHBr=CHBr 1,2-dibrometen
CHBr=CHBr + Br2 -> CHBr2-CHBr2 1,1,2,2-tetrabrometan
O 'rin olish reaksiyasi. Metan galogenlar, suyultirilgan
O 'rin olish reaksiyasi. Metan galogenlar, suyultirilgan
nitrat va sulfat kislotalar bilan o’rin olish reaksiyalariga
kirishadi. Galogenlanish nur ta'sirida amalga oshadi.
Nur kvanti ta'sirida galogen molekulasidagi kovalent
bog’ uziladi. Bunda galogen (masalan, xlor)ning toq
elektronli, kinetik energiyasi yuqori bo’lgan erkin
radikali hosil bo’ladi: Cl2 —> 2C1. Galogen radikali
uglevodorod bilan ta'sirlashib, erkin uglevodorod
radikali hosil qiladi: CH4 + Cl —> HCl + CH3. Erkin
uglevodorod radikallari yana galogen molekulalari bilan
ta'sirlashadi, galogen radikali hosil bo’ladi va h.k.
Bunday davomli reaksiyalarni zanjir reaksiyalar deb
ataladi.
Natijada metanning galogenli hosilalari
Natijada metanning galogenli hosilalari
aralashmasi hosil bo’ladi: (reaksiyaning
molekular tenglamasi):
CH4 + Cl2 -> CH^Cl + HCl metilxlorid
CH3CI + Cl2 -> CH2C12 + HCl dixlormetan
CH2C12 + Cl2 -> CHC13 + HCl trixlormetan
(xloroform)
CHCI3 + Cl2 -> CC14 + HCl tetraxlormetan
(uglerod (IV)-xlorid)
Ultrabinafsha nur ta'sirida metan xlor bilan portlab
reaksiyaga kirishadi:
CH4 + 2C12 -> C + 4HC1
Sikloalkanlar birinchi marta rus olimi
Sikloalkanlar birinchi marta rus olimi
V.V.Markovnikov tomonidan Boku nefti
tarkibida aniqlangan va o’rganilgan.
Sikloalkanlar fizik va kimyoviy xossalari
jihatidan parafin uglevodorodlariga yaqin:
tarkibidagi uglerod miqdoriga bog’liq ravishda
agregat holati bo’yicha gazsimon, suyuq va qattiq
moddalar bo’lib, yonuvchan, kimyoviy faolligi kam,
vodorod atomlari galogenlar bilan almashinadi.
Sikloalkanlarda halqalarning barqarorligi har xil
bo’ladi.
Halqalarning barqarorligi besh a'zoli
Halqalarning barqarorligi besh a'zoli
halqagacha ortib boradi va undan so’ng
pasayadi (Bayer nazariyasi).
Galogenlash-benzol yadrosidagi vodorod
atomlarining katalizator ishtirokida (A1C13,
ҒеС13, Fe) galogenlarga almashinishidir:
C6H6 + Br2 -> С6H5 Br + HBr
Hosil bo’lgan brombenzol 156°C da
qaynaydigan, rangsiz, suvdan og’ir
suyuqlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |