3 MAVZU: JAHON TAJRIBASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI FAOLIYATI (2 soat)
REJA:
G‘arb mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
XX asr oxiri – XXI asr boshida dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari chuqurlashishi, ma’naviy-axloqiy inqiroz kuchayishi sharoitida G‘arb mamlakatlari fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik siyosati.
Hozirgi davrda AQSH, Fransiya va Germaniyada NNTning faoliyati va ularni rasmiylashtirish tartiblari.
Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari.
2. Demokratiyaning mezonlari ko‘p qirrali bo‘lib, unda siyosiy erkinlik, fuqarolik huquqlari,
davlat va jamiyat qurilishida, boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishga intilgan, ijtimoiy bahslarga
qatnashgan, o‘z hatti-harakatlari, mas’ullik faoliyati bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot beruvchi vakillarni tanlashda qatnashgan va insonlar orasida sabr-toqat va murosa lozimligini tushungan fuqarolar tomonidan qadrlangan taqdirda u doimo rivojlanib, takomillashib boradi. SHu jihatdan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyatni xarakterlovchi muhim mezon mavjuddir. Bular "Jamiyatda, - deb yozadi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular-xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat etilishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so‘zlar yo xalqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi."
Respublikada jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshayotgan o‘zgarishlarni, ana shu uch mezon bo‘yicha demokratik jamiyat farqni qiyosiy tahlil etiladigan bo‘lsa, quyidagi muhim farqni anglash qiyin emas. Qisqa davrda mamlakatda "fuqaro - jamiyat -davlat" tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. CHunki, uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro muvofiqlashadi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda ta’minlash siyosiy voqeylikka aylanadi. '"Fuqaro" va "davlat" munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan ma’sulligini hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi.
Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishga ishtirok etishda "haqiqiy" va "haqiqiy bo‘lmagan demokratiyani" bir-biridan farqlash zarur. Hozirgi davrda "demokratiya" tushunchasi keng ma’noda ishlatiladi. Demokratiya davlat hokimiyatini boshqaruv shaklida, ko‘pchilikning idora etish shakli sifatida; ikkinchidan, boshqaruvning shunday shakliki, unda fuqarolar o‘z huquqlarini shaxsan emas, balki o‘zlarining vakillari orqali amalga oshiradi. Bu vakillik demokratiyasi sharoitida namoyon bo‘ladi; uchinchidan, boshqaruvning shunday shakliki, unda konstitutsion normalar asosida ayrim individ yoki guruh huquqlari ta’minlanadi.
Bundan tashqari, "demokratiya" qanchalik tarixiy-siyosiy mazmunga ega bo‘lmasin, uning o‘ziga xos mas’uliyat yuki mavjud. Jamiyatni demokratiyalashtirish har qanday demokratiyaga "yashil yo‘l" ochib berishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Haqiqiy demokratiya inson shaxsiga eng oily qadriyat sifatida qaraydi va ularni hokimiyatini boshqarish ishlarida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo‘lgan tizimni yaratadi. Unda saylov tizimi asosiy o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda saylov tizimini isloh etilib, bir mandatlilikdan ko‘p mandatli saylov tizimiga o‘tilishi fuqarolarga siyosiy erkinliklarini, huquqlaridan atroflicha foydalanish imkoniyatini berdi.
Jamiyat hayotini isloh etishga, shakllangan eski tizim o‘rnida tamomila yangi siyosiy qadriyatlarni qaror topishga shart-sharoitni vujudga keltirdi. Bu insonlar ongi, tafakkurida jamiyat siyosiy hayotiga qarashda yangicha yondoshuvga, "totalitar ong va tafakkurni" barham topib borishiga muhim turtki bo‘ldi. Fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog‘liq. SHu nuqtai nazardan yondashganda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari o‘zgarayotganligini kuzatamiz.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I .A.Karimov ta’kidlaganidek, "YAngi sharoitda davlatning, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining g‘oyat muhim vazifasi siyosiy partiyalar, nodavlat, ijtimoiy strukturalar, fuqarolik jamiyatining endigina paydo bo‘lib kelayotgan xilma-xil institutlari bilan ishlash va hamkorlik qilishning yangidan-yangi shakllarini izlab topishdan iboratdir".
Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtiroki, demokratiyaning ikki asosiy ko‘rinishi orqali, ya’ni bevosita va vakolatli tarzda amalga oshirib boriladi. Bevosita demokratiyada barcha saylash yoki saylanish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar saylangan yoki tayinlangan rasmiy vakillar vositachiligisiz jamiyatni boshqarish ishlariga, qonunlar ishlab chiqish, qabul qilishda qatnashishlari mumkin. Bu jarayon tashkiliy jihatdan qaraganda reallikni, bugungi voqeylikni aniq hisobga olishni taqazo etadi. Bugungi siyosiy voqeylikda uni hayotga tadbiq etish o‘zining muhim amaliy jihatiga ega. Davlatning bosh strategik vazifalarini ishlab chiqishda, mamlakat oldida turgan eng dolzarb vazifalarga nisbatan umumxalq fikrini, munosabatlarini aniq ifodalash lozim bo‘lganda, murojaat etiladi. Xalq o‘zining xohish-irodasini ifodalaydi.
SHu nuqtai-nazardan yondoshganda xalqning davlat hokimiyati va jamiyatni boshqarishda ishtirokining tub mohiyati, xalq tomonidan uni idora etish bo‘lib, oliy hokimiyati xalq qo‘liga topshiriladi va xalq uni bevosita yoki erkin saylovlar orqali amalga oshiradi. Demokratik jamiyat qurish vazifalari davlat hokimiyati faoliyatini, mansabdor shaxslar bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarni, ularni bir-birlariga nisbatan mas’uliyatini bog‘lagan holda amalga oshirishni taqoza etadi. SHuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2 moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar" deb yozib qo‘yilgan.
Demokratik jamiyatda fuqarolarni davlat va jamiyatni boshqarishda ishtiroki, bevosita jamiyat siyosiy, iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy tuzulmalarni isloh etib borishni talab qiladi. Nosiyosiy institutlar ham siyosiy hayotga o‘zining amaliy takliflari bilan ta’sirini o‘tkazib boradi.
Fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqaruvda ishtirokining demokratik jihatlari: a) hokimiyatning xalq tomonidan idora etilishi; b) turli ijtimoiy guruhlar huquqlarining uyg‘un
holda aks ettirilishi; v)har bir fuqaro huquqlarining kafolatlanganligi; g)erkin saylov; d) fuqarolarning qonun oldida tengligi; e) odil sud hokimiyati; yo) siyosiy institutlar, fikrlar va
mafkuralar xilma-xilligi kabi muhim asoslarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Mustaqillik tufayli davlat va jamiyat boshqaruvining haqiqiy demokratik tabiati to‘g‘risida aniq tasavvur, fikr va mulohazalar paydo bo‘lib, fuqarolar o‘z erkinliklari, siyosiy huquqlarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu huquq O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarning sub’ektiga aylanganligidan, fuqarolarning o‘z taqdirini o‘zi amalda belgilash shart-sharoitlarini ta’minlamoqda. Natijada, demokratiya xalq hukumatga emas, aksincha hukumat xalqqa xizmat qilishi kerakligi to‘g‘risidagi tamoyilga asoslana boshladi. Demokratiya sharoitida xalq davlatning irodasiga qarab emas, aksincha, ongli, faol fuqarosi sifatida ishtirok etadi. Davlat va fuqaro o‘rtasida shunday oqilona munosabat qaror topadiki, davlatning fuqaro ustidan hukmronligi, zo‘ravonligi, "bo‘ysundirish" kabi totalitar davlatga xos belgilari barham topadi. Davlatning demokratik kuchi ham uning fuqaroga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. SHunda xalqning davlatga nisbatan sadoqati yuqori bo‘ladi. Xalqni itoatkorlik asosida tutib turish va siyosat olib borish, oxir oqibatda faqat demokratik jarayonlarga hamda xalqning jamiyat boshqaruvi jarayonlaridan, faol mehnat ruhiyatidan so‘ndiribgina qolmasdan, davlatni tobora zaif bir holatga tushib borishga sabab bo‘ladi. Bunday davlat, siyosiy rejimning dunyo hamjamiyati oldida ham nufuzi yuqori bo‘lmaydi. Fuqarolarga erkinlik, demokratiyani real ta’minlab bermagan davlat tabiatan ma’rifiy bo‘la olmaydi.
Demokratik jamiyatda esa fuqarolar o‘z erkinligi va huquqlaridan to‘la foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bular: a)avvalo, erkin mehnat faoliyatini tanlash va uni amalga oshirish; b) davlat hokimiyatidan va mustaqil bo‘lgan turli institutlarda ishtirok etish; v) ijtimoiy hayot sohalarida erkin faoliyat ko‘rsatish; g)jamiyat siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish, turli fikr va qarashlarga o‘z munosabatlarini bildirishda erkin bo‘lish bilan birga, muayyan ma’suliyatini ham o‘z zimmasiga olish orqali amalga oshib boradi. O‘zbekiston mustaqillik tufayli, fuqarolarning so‘z, majlislar va vijdon erkinligini ham yangicha asoslarga qo‘ydi. Bu daxlsiz huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini milliy qadriyatlar va an’analar, respublikaning milliy tarkibi xususiyatlari, polietnik davlat talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshira boshladi. Bu har bir insonga, uning millati, dini, jinsi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, fuqaro sifatida ham huquqlarini teng amalga oshirish uchun demokratik asoslar yaratib berildi. Bu Respublikada yashayotgan har bir fuqaroning mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotida erkin faoliyatini amalda ta’minlab bermoqda.
Fuqarolarning jamiyatdagi boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish darajasi, ko‘p jihatdan ularning amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar, davlat strategiyasi maqsadlari va uning asosiy yo‘nalishlarini qanday darajada aniq tasavvur etishlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. SHunda ularning faoliyati davlat va umummillat manfaatlari bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi, har bir fuqaro, o‘z huquq va erkinliklarini mamlakat ozodligi, uning istiqboli bilan bog‘lagan holda uyg‘un ko‘radi. SHunda fuqaroning burchi bilan erkinligi o‘zaro uyg‘unlashadi. Ular o‘z xohishlari asosida birovning ta’ziqida emas, balki ongli holda demokratik jarayonlarda ishtirok etadi. Fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etishi, keng tushuncha bo‘lib, u faqat saylovoldi kompaniyasida qatnashish yoki ma’lum mansabga ega bo‘lib, ijtimoiy faoliyatda bo‘lishidan ko‘ra ko‘p qirralidir.
Demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etishi turli yo‘nalishlarda kengayib bormoqda. Bular, a)mehnat jamoalarida (mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar); b)noishlab chiqarish sohalarida; v) ta’limtarbiya maskanlarida; g)mahallalarda; d)mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralariga saylanish va uning kengashlari orqali: e)turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar yoki harakatlar; yo) jamiyatda mavjud boshqa turli xil nosiyosiy institutlar orqali jamiyatni boshqarish jarayonlarida ishtirok etadi. Bular bilan fuqarolar umumdavlat, viloyat, tuman yoki qishloq darajasida jamiyatning siyosiy-ijtimoiy , iqtisodiy va ma’naviy hayoti orqali turli insonlar, ijtimoiy-siyosiy guruhlar faoliyati bilan bog‘lanadilar. Boshqarishda u yoki bu darajada ishtirok etadilar. Bunda ular o‘z shaxsiy huquqlarini boshqa shaxslar huquq va erkinliklari bilan uyg‘un holda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, uni anglab etadilar. SHaxslar jamiyatni boshqarishda ishtirok etar ekan, o‘z huquqlarini boshqa shaxslar huquqlariga zid holda emas, aksincha konsensus holatida bo‘lish muhim ekanligini bu jamiyatni boshqarishning demokratik tamoyillar bilan mos tushushini to‘la hisobga olishga karatilgan siyosiy madaniyatga ega bo‘lib boradilar. Bu umumdemokratik rivojlanish qonunlari bilan mos tushadi. Fuqarolarning demokratik jarayonlarda ishtiroki bu qotib qolgan, o‘zgarmaydigan bir holat emas. U doimo rivojlanishga moyil va barcha fuqarolar orasida o‘zaro hamkorlik, kelishuv va o‘zaro ixtilofli holatlar sodir bo‘lganda sabr-qanoatli bo‘lib, ma’rifiylikni talab etadi. SHuning uchun ham fuqarolarning jamiyatni boshqarishdagi foaliyatlari, uning demokratik jihatlari insonning tabiati bilan, turli xil moyillik xususiyatlaridan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi.
Jamiyatni boshqarishda fuqarolarning ishtiroki ulardan yuqori darajada fuqarolik madaniyati bo‘lishni ham taqazo etadi. Fuqarolik madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, jamiyatda demokratik jarayonlar shuncha rivoj topib boradi. SHuning uchun huquqiy demokratik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston, fuqarolarning siyosiy ong va madaniyatini oshirishni ham ustuvor vazifa qilib qo‘yadi. YUksak ma’naviyatga, demokratik jamiyat qurilishining muhim omili sifatida qaraydi.Fuqarolar o‘zlarida yuksak madaniyatni shakllantirib, demokratiya ishiga katta ma’suliyat bilan yondoshib, o‘z erki va ozodliklariga yanada ma’suliyat bilan yondoshish zarurligini chuqurroq anglab etmoqdalar.
Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar natijasida fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog‘liq. SHu nuqtai nazardan yondashganda, bugunga kelib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy , siyosiy-ma’naviy hayotida davlat hokimiyatidan fuqarolik institutlarining vazifalari kengayib borayotganligini kuzatamiz. Agar 1991 yilda respublikamizda 95 ta NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 2585 taga etdi. 2013 yilda esa 6 mingdan oshib ketdi. Bugungi kunda ularning soni 8250dan oshganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda NNT rivojlanish dinamikasi
3. Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti. Ma’lumki, istiqlol yillarida milliy qadriyatlar, madaniy an’analarni jahonning ilg‘or demokratik tamoyillari bilan boyitgan holda davlat-jamiyat hamkorligiga tatbiq etishning o‘zbek modeli tajribasi yaratildi. Bugun ko‘plab davlatlar davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishning eng maqbul yo‘li sifatida qarayotgan bu amaliyot davlatimiz asosiy qonunlari shakllanishidayoq e’tiborga olindi. Xususan, bosh Qomusimizning 56 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘xatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi” deb, uning huquqiy ob’ekti o‘z ifodasini topgan.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy
hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi” kabi normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda jamoat birlashmalarining shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan to‘laqonli ta’minlanganligi hamda uning organlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini ko‘zda tutadi.
YUrtboshimiz “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish” Konsepsiyasi yuzasidan qilgan ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish bir qator qonunlarni qabul qilish bilan bog‘liqligini
ta’kidlab o‘tdi. Unda, jumladan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»qonunda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari munosabatlarida bir qator o‘zgarishlar vujudga keladi.
Birinchidan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida» Qonun bugun mamlakatda ijro etish bilan bog‘liq, asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari zimmasida bo‘lib kelayotgan bir qator vazifalar va ular bo‘yicha vakolatlarga egalikda davlat – jamiyat sherikchiligini ifodalaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ularni loyihalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish, boshqarish, nazorat qilish bo‘yicha vazifalar va vakolatlarning bir qismi fuqarolik jamiyati institutlari zimmasiga o‘tishi bir tomondan davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirsa, ikkinchi tomondan bu fuqarolik jamiyatiga o‘tish talablaridan birining hal etilishini ifodalaydi.
Ikkinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hozirgi vaqtda ijtimoiy-gumanitar muammolarni tahlil etish va ular bo‘yicha belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda etakchilik qilib keladi.
Uchinchidan, davlat tuzilmalari ushbu munosabatlarga o‘z vakolatlarida belgilangan me’yorlardan kelib chiqib yondashadi, fuqarolik jamiyati institutlarining esa o‘rtadagi masalani hal etishda ishtirok etish vakolatlari aniq emas. Bu holat esa o‘z-o‘zidan masalaning bir tomonlama hal etilishi yoki sansolorlikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘z-o‘zini boshqaruv mexanizmlari va huquqiy vakolatlarining o‘zgarishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mexanizmi va huquqiy vakolatlarida ham tarkibiy o‘zgarishlarini vujudga keltiradi.
2010 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ko‘ptarmoqli NNTlarni rivojlantirish va qo‘llabquvvatlash yangi bosqichining boshlanish davri bo‘ldi.
Konsepsiyaning qoidalaridan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlari, shu jumladan 2013 yil 28 dekabrda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, NNTlar ekologik nazoratning asosiy sub’ekti sifatida belgilandi.
2014 yilning 5 mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun, shu yilning 25 sentyabrda esa “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun
qabul qilindi.
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra NNTlarni ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda ishtirok etishga samarali jalb qilishning va davlat tomonidan rag‘batlantirishning shakllaridan biri sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali NNTlar faoliyatini moliyalashtirishning yangi mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrda qabul qilingan PQ–2085-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Prezident qarorini amalga oshirish maqsadida 2014 yil 10 martda 57-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.
YUqorida qayd etilgan qonun hujjatlariga ko‘ra NNTlarni tuzish va faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yanada takomillashtirildi va sezilarli darajada soddalashtirildi, xususan:
1.NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdori 5
baravarga, ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori 2,5 baravarga kamaytirildi. Bunda nogironlar, fahriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi;
2.O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan NNTning alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari)ni, shu jumladan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish uchun davlat boji undirilmaydi;
3.Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki oydan bir oyga kamaytirildi;
Taqdim etilgan arizalarni oqibatsiz qoldirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish institute chiqarib tashlandi;
4.Ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilib, hujjatlarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi, shuningdek, endilikda ta’sis hujjatlari avvalgidek uch nusxada emas, balki faqat ikki nusxada va faqat davlat tilda taqdim etiladigan bo‘ldi;
NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim qilish tartibi soddalashtirildi va h.k.
5.Hujjatlarni notarial tasdiqlashni bekor qilish, NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatining qisqartirilishi kabi ijobiy o‘zgarishlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381 Qonunida ham o‘z aksini topdi.
SHu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi qarori bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlarrejasi tasdiqlandi.
1.Davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTlarning milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi masalalariga muhim ahamiyat berildi.
2.Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-sonli qaroriga ko‘ra har chorakda NNTning rahbar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarini adliya organlariga taqdim qilish amaliyoti bekor qilindi.
3.NNTlarning faoliyati shak-shubhasiz turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali erishiladigan hayriya va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan. Bu erda shuni ta’kidlash joizki, qonunchilikda shuningdek NNTlar tomonidan tadbirlar o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan tegishli ijobiy choralar ko‘rildi.
4.Xususan, 2015 yilning 4 iyunida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘I bilan (ro‘yxat raqami 2679) Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. NNTlarning tadbirlarini kelishishning huquqiy belgilanishi avval ham mavjud bo‘lganligi sababli ushbu nizom yangilik hisoblanmaydi. Mazkur nizomning asosiy vazifasi huquqni qo‘llash amaliyotida bir xillikni ta’minlashdan iborat.
5.NNTlar faoliyatining erkinligini kafolatlash va tadbirlarni hech qanday to‘siqlarsiz o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, nizomda qonun hujjatlari va NNT ustavida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib o‘tkazilayotgan tadbirlarga adliya organlari vakilining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek NNTning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning noqonuniy hatti-xarakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi alohida belgilab o‘tilgan.
NNTlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlarga ob’ektiv nazar tashlansa, mazkur ma’ruzaning xulosasi sifatida shuni qayd etish mumkinki, ularning barchasi:
- birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining muhim davlat qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni va
ta’sirini kuchaytirish;
- ikkinchidan, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning
farovonligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini yuksaltirish;
- uchinchidan, NNTlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks choralarni amalga oshirish, NNTlar va
4 -MAVZU: FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |