Reja: Fuqarolik jamiyati hamda huquqiy davlatning mohiyati va mazmuni. Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va funksiyalari. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning shakllanish va rivojlanish istiqbollari



Download 88,5 Kb.
Sana15.01.2020
Hajmi88,5 Kb.
#34076
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati

Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi va ta’rifi


Reja:

  1. Fuqarolik jamiyati hamda huquqiy davlatning mohiyati va mazmuni.

  2. Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va funksiyalari.

  3. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning shakllanish va rivojlanish istiqbollari.



Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi va ta’rifi

Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga demokratiq huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi. Chunki inson huquq va erkinliklarini ta’minlamasdan turib mamlakatda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratib bo‘lmaydi.

O‘tgan XX asrda dunyoning ikki qutbida hukm surgan mafkuralarning o‘zaro kurashi insoniyat uchun rivojlanishning qanday usul va uslublarini tanlashni, munosib hayot kechirish uchun qanday boshqaruv tartibida yashash afzalroq ekanligini ko‘rsatdi. Bugun G‘arb jamiyatida shakllangan va tobora takomillashib borayotgan boshqaruv tartiblari hamda jamiyatning tuzilishi o‘zining bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Boroq shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun dunyoning turli mamlakatlarida turlicha jamiyat va davlat boshqaruvi shakllari qaror topganki, hech qaysi davlatning boshqaruv tartibotini yoki biror-bir mamlakatdagi jamiyat tuzilishini boshqalaridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos hususiyati, davlatchilik an’analari, o‘zining huquq manbalari va maktablari mavjud

Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo‘q. Prezident Islom Ka­rimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bulmaganideq bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q, deganida haklidir. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdeq O‘zbekiston demokratiq fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’na­viy merosimiz ildizlariga, milliy hususiyatlarimiz va boy an’ana-larimizga tayanish yo‘lini tutdi.

O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, demokratik o‘zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo‘lgan darajada va sur’atlarda amalga oshirish tomon yo‘l tutildi.

Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun, avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim, deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga kel­tirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga — jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fuqarolik jamiyati ku­rishga intilmokda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqda topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshkarish organlari rivojlanib boradi.

O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an’analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda. Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta’minlanmoqda.

Eng muhim masalalardan yana biri – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga keng yo‘l ochib berilganligidir. Sobiq ittifoq davrida boshqaruvning bir markazda to‘planganligi va partiyaning yakka hukmronligi fuqarolaning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyatini cheklar edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq fuqarolarning jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarda keng ishtirok etishini ta’minlash chora-tadbirlarining ko‘rilganligi o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xalqimizda azaldan kengash va mashvarat bilan ish ko‘rilganligi odilona qaror qabul qilish imkonini va eng muhimi xalq, raiyat hukmdorlarning va viloyat noiblarining xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida mamlakatda adolat qaror topishiga zamin xozirlagan. Bugungi kunda ham jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarning umuxalq muxokamasi (referendum)ga qo‘yilishi xalqimizning tarixiy tajribasining maxsulidir.

So‘nggi yillarda respublikamizda sud-huquq tizimining isloh qilinayotganligi mustaqillik yillarida erishilgan eng katta yutuq bo‘ldi. Chunki bu soxani isloh qilmasdan turib mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilib va ta’minlab bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarda har bir fuqaroning sudga erkin shukoyat qila olishi mazkur mamlakatlarda qonunlarning amal qilishini va qonunlar bilan bevosita xalqning o‘zi tanish bo‘lib borishini ta’minlamoqda. Shu bois ham mazkur sohaning isloh qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan masala ekanligi ayon bo‘ldi. Isloh qilinib, tobora shakllanib borayotgan sud tizimimiz o‘zining bir qator ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Avvallari sudni jazolovchi organ deb qaragan xalqimiz endilikda sudni jazolovchi organ emas, balki o‘z huquqlarini himoya qiladigan organ deb tushunadi.

Yana bir muhim masala – bu ommaviy axborot vositalarining erkinlashtirilishi va ularning faoliyati qonun bilan kafolatlanishidir. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi Qonun bu soxaning huquqiy asoslarini yaratdi. Huquqiy-demokratik davlatlarda ommaviy-axborot vositalarining roli nihoyatda baland. Jamiyatda yuz berayotgan xodisalarni asl holda, haqqoniy tarzda jamoatchilikka yetkazib berish ijtimoiy adolat prinsiplarining to‘la amlga oshishini ta’minlaydi. Bugun respublikamizda fuqarolarning erkin fikr bildirish va matbuot erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Yuqoridagilarning barchasi respublikamizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi.



Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat:

mohiyati va mazmuni

Davlat, siyosiy hokimiyat jamiyat va uning a’zolari ustidan hukmron bo‘lgan mamlakatda emas, balki davlatga nisbatan shubhasiz ustunlikka ega bo‘lgan tom ma’nodagi demokratik jamiyatda shaxs real erkin bo‘ladi. Bunday jamiyatga o‘tish tarixan uzoq jarayon bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bog‘liq.

Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining o‘zi nima? Demokratizm, inson shaxsiga hurmat, uning huquq va erkinliklari kafolatlangan tuzumda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy munosabatlarga rivojlanish imkonini beradigan ichki mexanizmlar qanday?

Bu savolga javob berish uchun, avvalambor, «fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikkina emas, jiddiy farqlar ham mavjudligiga e’tibor berish kerak. Jamiyat odamlar o‘rta-sidagi munosabatlar majmui sifatida o‘z rivojlanishining ma’lum yetuk bosqichida va ma’lum sharoitlardagina fuqarolik jamiyatiga aylanadi.



  • «Jamiyat» iborasi falsafiy-ijtimoiy ma’noda olib qaralganda, makon va zamonda mavjud bo‘lgan, turmush tarzi hamda manfaatlari mushtarak bo‘lgan insonlarning o‘zaro aloqador birligidir.

  • «Jamiyat odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi... Mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘z davrida ilg‘or qarashlarni ilgari surib, jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatdi»1.

  • Jamiyat insonlarning umumiy manfaatlari hamda ehtiyojlari birligi asosida, ularni qondirish maqsadidagi birikuvi va kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir. «Jamiyat» bilan «fuqarolik jamiyati» kabi ijtimoiy kategoriyalar o‘rtasidagi muhim farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • mazkur har ikki murakkab sistema, avvalo, o‘z mohiyati va tuzilmaviy tarkibi bilan ajralib turadi. An’anaviy ma’nodagi jamiyat o‘z tarkibiga barcha ustqurma hodisalari bilan birga davlatni ham qamrab oladi. Fuqarolik jamiyatining tarkibiga, uning institutsiyaviy elementlari qatoriga davlat kirmaydi. Siyosiy davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘zaro qarama-qarshi, lekin birga faoliyat yurituvchi,amal qiluvchi dialektik juftlikdir;

  • an’anaviy jamiyat muayyan mamlakatda, ya’ni bir makon va zamonda hayot kechiruvchi barcha aholini qamrab oladi. Fuqarolik jamiyati esa insonlarning xususiy hayot sohasidagi mulkiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy, axloqiy va boshqa manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi institutlarni (uyushmalar, ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari) va mexanizm-larni qamrab oladi;

  • fuqarolik jamiyati insonlar birligi taraqqiyotining alohida ma’rifiy darajasini, benazir sifat holatini ifodalashi bilan an’anaviy jamiyatdan farq qiladi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyati insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy hokimiyat oldida, davlat apparati qarshisida muhofaza etuvchi o‘ziga xos fenomen, tegishli mexanizm (majmua) sifatida maydonga chiqadi;

  • fuqarolik jamiyati yuksak insoniy qiyofaga ega bo‘lgan jamiyat yoki ma’rifiy darajada uyg‘un hayot kechiruvchi insonlar jamiyatidir.1

Fuqarolik jamiyati o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi tartibga solishning rivojlangan shakllariga, omma (davlat va jamiyat) va shaxs manfaatlarini maqbul tarzda uyg‘unlash-tirishga, bunda shaxs manfaatlarining ustuvor ahamiyatiga, inson huquq va erkinliklarini jamiyatning oliy qadriyati deb e’tirof etishga asoslangan yangi sifat holatini aks ettiradi.

«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi ilk bor Qadimgi Gretsiya va Rimda vujudga kelgan hamda XVII—XVIII asrlarda J. Lokk, J.J.Russo, Sh.L.Moteskye, G.F.Gegel singari buyuk faylasuf-larning asarlarida rivojlantirilgan.

J. Lokk «absolyut monarxiya ... fuqarolik jamiyatiga mutlaqo ziddir, binobarin, u fuqarolik boshqaruvining shakli bo‘lishi mumkin emas», deb hisoblagan. N. Makiavelli monarxiya, aristokratiya va demokratiyadan tashkil topgan aralash shakldagi davlatni eng yaxshi davlat shakli deb e’tirof etgan, ularning har biri boshqasini tiyib turadi va asrab-avaylaydi deb hisoblagan. Shuningdek, u fuqarolik jamiyatining tinchlik va fuqarolarning xavfsizligi, o‘z mol-mulki va boyligidan baxramand bo‘lish, har kimning o‘z fikriga ega bo‘lish va uni himoya qilish huquqi singari qadriyatlarini ta’riflab bergan.

Fuqarolik jamiyati negazlarining falsafiy ta’rifiga biz I. Kant asarlarida ham duch kelamiz. U quyidagilarni fuqarolik jamiyatining asosiy g‘oyalarideb hisoblagan:

a) inson hamma narsani o‘z kuchi bilan yaratishi va o‘zi yaratgan narsasi uchun javobgar bo‘lishi kerak;

b) inson manfaatlarining to‘qnashuvi va ularni himoya qilish zarurligi odamlarni barkamollashishga da’vat etadi;

v) huquq bilan qonunda belgilab qo‘yilgan fuqarolik erkinligi insonning o‘zini o‘zi barkamollashtirishining zarur sharti, inson qadr-qimmataning saqlanishi va yuksalishining kafolatidir.

Tabiiyki, bu g‘oyalarni fuqarolik jamiyati nazariyasining negizlari jumlasiga kiritish mumkin. Kant shaxslar o‘rtasidagi ziddiyat ularni o‘zini o‘zi rivojlantirishga rag‘batlantiradi, degan konsepsiyani davlatlar o‘rtasidagi munosabatga ko‘chirib, yalpi huquqiy fuqarolik jamiyatiga erishish tabiat insonni hal qilishga majbur etadigan muhim muammodir, degan xulosa chiqaradi.

V.Gumboldt Kantning falsafiy ta’limotini qabul qilib, fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi ziddiyatlar va tafovutlarni muayyan misollarda ko‘rsatib berishga harakat qildi. Fuqarolik jamiyatiga u quyidagilarni kiritdi:

a) shaxslarning o‘zi tarkib toptiruvchi milliy, ijtimoiy muassasalar tizimi;

b) tabiiy va umumiy xuquq;

v) inson.

Fuqarolik jamiyatidan farqli o‘laroq, davlat, Gumboldtning fikricha, quyidagilardan tashkil topadi:

a) davlat institutlarining tizimi;

b) davlat o‘rnatadigan pozitiv huquq;

v) fuqaro.

O‘rta asrlarda fuqarolik jamiyati tushunchasi davlat tushunchasidan ajratilmagan. Bu ikki tushunchani ilk bor V.Gumboldt bir-biridan ajratdi. U, davlat shaxsning rivojlanishini ta’minlash vositasi, xolos, degan g‘oyani ilgari surdi.

J.Lokk tabiiy huquq va erkinlik asosida shaxsiy mulqdordik huquqini ximoya qildi; A. Smit modernizatsiya va o‘zini o‘zi tartibga solishni fuqarolik jamiyatining zarur tarkibiy qismlari, deb e’lon qildi; T.Peyn o‘zining «minimal davlat» konsepsiyasida mustaqil fuqarolik jamiyatini va zarur kuch sifatida davlat cheklangan vazifani bajarishini nazarda tutdi; D.S. Mill davlat bilan davlatga tobe’ bo‘lmagan fuqarolik jamiyati munosabatlarining andozasini yaratdi.

Davlat bilan fuqarolik jamiyatining munosabatlari haqida munozaralar XX asrning oxirida avj oldi va bugungi kungacha davom etmoqda. Masalan, A. Aratoning fikricha, davlat bilan fuqarolik jamiyatini oddiy ajratish Angliya liberal an’analariga mansub. Kapitalizm rivojlanishi bilan davlat chetga suriladi va «bozorning sehrli kuchi»ga yo‘l bo‘shatadi. Buni e’tiborga olib, Arato davlat bilan fuqarolik jamiyatini bir-biriga dixotomik qarshi qo‘yishni uch qism: davlat, fuqarolik jamiyati va iqtisoddan tashkil topgan model bilan almashtirishni taklif qildi.

Boshqa bir olim, T. Yansson, davlat bilan fuqarolik jamiyatining munosabatlarini ta’riflab, bunda biz dramatik «uchburchak»ka duch kelamiz: davlat yuqoridan o‘rin egallaydi, pastda esa, bir tomonda ijtimoiy sohaga va davlatga tegyshli bo‘lgan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, munitsipalitetlar, ikkinchi tomonda esa — Bentam qoidasiga («imkon qadar ko‘pchilik fuqarolarni baxt-saodatga yetkazish jamiyatning maqsadidir») binoan boshqariladigan «xususiy, ijtimoiy, erkin soha»dan o‘rin oladigan ixtiyoriy birlashmalar turadi, degan fikrni ilgari surdi.

Hozirgi kunda fuqarolik jamiyati deganda davlat bilan bir qatorda mavjud bo‘lgan nisbatan mustaqil va ba’zan unga qarshi turadigan kuch tushuniladi. Fuqorolik jamiyatida fuqarolarning birlashmalari (parti-yalar, jamoat tashkilotlari va h. k.) shaxs va davlat o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Kelgusida davlatning ijtimoiy funksiyalari kengayishi va real huquqiy davlat shakllanishi bilan fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi chegara asta-sekin yo‘qolib boradi va davlat o‘zining muayyan jihati bilan fuqarolik jamiyatining tuzilmasidan o‘rin olishi mumkin.

Fuqarolik jamiyatida odamlar siyosiy partiyalar va harakatlarga yoki siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan guruhlar va birlashmalarga, masalan, rassomlar, yozuvchilar, sportchilar, artistlar, shuningdek yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlariga, diniy guruxlarga erkin uyushishlari mumkin. O‘xshash manfaatlarga ko‘ra, uyushuvchi odamlar guruxlari manfaatlar guruhlari deb ataladi. Alohida shaxslar va odamlarning guruhlari davlat ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lmagan o‘z iqtisodiy va ijtimoiy manfaat-larini o‘zlari ro‘yobga chiqaradi. Turmushning turli sohalarida shaxsni va uning huquqlarini himoya qilish fuqarolik jamiyatining bosh maqsadidir.

Siyosatshunoslik fani siyosiy va ijtimoiy sohalarning o‘zaro ta’sirini o‘tgazarkan, fuqarolik jamiyatiga markaziy, tayanch tushuncha-lardan biri deb qaraydi. Fuqarolik jamiyatini ta’riflashga nisbatan ko‘plab yondashuvlar mavjud. Ko‘pincha fuqarolik jamiyati deganda shaxslarning o‘zini o‘zi boshqaruvidan, shuningdek davlat hokimiyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralishishi va o‘zboshimchalik bilan tartibga solishidan o‘zini himoya qilishga qodir bo‘lgan fuqarolarning ixtiyoriy uyushmalari va tashkilotlaridan tarkib topgan jamiyat sohasi tushuniladi. Ayrim olimlar fuqarolik jamiyati deganda yana ko‘p partiyali parlament tizimi, ya’ni plyuralistik demokratiya, shaxs erkinligi, mulkchilik munosabatlarining xilma-xilligi, huquqiy davlatning mavjudligi bilan ta’riflanadigan demokratiyani tushunadilar.

Xullas, «fuqarolik jamiyati» sotsiologiya, huquq va siyosat nazariyasi tushunchalari jumlasiga (erkinlik, adolat, tenglik, demokratiya tushunchalari qatori) kiradi. Bunday tushunchalar ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ularni ta’riflash anchagina mas’uliyatli hisoblanadi.

«Fuqarolik jamiyati» iborasi ham keng, ham tor ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda fuqarolik jamiyati deganda jamiyatning davlat va uning tuzilmalari bevosita qamrab olmagan qismi tushuniladi. U tabiiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida erkin, davlatga bevosita bog‘liq bo‘lmagan soha tarzida vujudga keladi va rivojlanadi. Bu ma’noda fuqarolik jamiyati nafaqat demokratiya, balki avtoritarizmga ham mos keladi, faqat totalitarizm siyosiy hokimiyat fuqarolik jamiyatini to‘liq, ko‘pincha — qisman «yutib yuborgani»ni bildiradi.

Fuqarolik jamiyati tor ma’noda, ya’ni o‘z ma’nosida huquqiy davlat bilan chambarchas bog‘liq. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. A.P.Butenko va A.V.Mironovning fikricha, fuqarolik jamiyati deganda bozor va demokratik huquqiy davlatchilik sharoitlarida erkin va teng huquqpi shaxslarning davlat belgilamagan o‘zaro munosabatlarining xilma-xilligi tushuniladi1.

Fuqarolik jamiyati xo‘jalik, iqtisodiy, oilaviy-qarindoshlik, etnik, diniy, huquqiy munosabatlar, axloqni, shuningdek shaxslar o‘rtasidagi davlat belgilamaydigan siyosiy munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi murakkab tuzilishga ega. Davlat tuzilmalaridan farqli o‘laroq, fuqarolik jamiyatida vertikal aloqalar (bo‘ysunish) emas, balki gorizontal aloqalar — yuridik jihatdan erkin va teng huquqli hamkorlar o‘rtasidagi raqobat va birdamlik munosabatlari yetakchilik qiladi.

Fuqarolik jamiyati chegaralari bu «xususiy manfaatlarning amal qilish sohasi» ekanligi bilan belgilanadigan ma’lum ijtimoiy munosabatlar sohasini ta’riflovchi qandaydir qamrovli tushuncha emas2. Shu bilan birga, «fuqarolik jamiyati» yuridik tushuncha, davlat huquqiga oid tushuncha ham emas. Davlat o‘ziga ma’qul fuqarolik ja-miyati obrazini o‘z qonunlari bilan «ta’sis etish», «belgilash», «o‘rnatish»ga qodir emas.

Fuqarolik jamiyati shaxslarning o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarishining qonuniyatli bosqichi, oliy shaklidir. U mamlakatning iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga, xalqning farovonligi, madaniyati va o‘zini o‘zi anglash hissi ortishiga qarab yetilib boradi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsuli sifatida fuqarolik jamiyati feodal-tabaqaviy tuzumning qattiqqo‘l tartibi buzilgan, huquqiy davlat shakllana boshlagan davrda paydo bo‘la boshlaydi.

Barcha fuqarolarda xususiy mulkdorlik negizida iqtisodiy musta-qillik imkoniyatining paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining zaruriy shartidir.



Tabaqaviy imtpiyozlarshng tugatilishi va shaxs, inson ahamiyatining ortib borishi, uning tabaadan teng yuridik huquqlarga ega bo‘lgan fuqaroga aylanishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining muhim belgisidir.

Shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan huquqiy davlat fuqarolik jamiyating siyosiy negizi, shakli bo‘lib xizmat qiladi. Bunday sharoitlarda shaxsning xulq-atvori uning shaxsiy manfaatlari bilan belgilanadi va u o‘zining barcha harakatlari uchun javobgar bo‘ladi. Bunday shaxs o‘z erkinligini hamma narsadan ustun qo‘yadi va shu bilan birga, boshqa odamlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qiladi. Gegel ta’biri bilan aytganda, «fuqarolik jamiyatida har kim o‘zi uchun - maqsad, qolgan hamma uning uchun hech kim emas. Ammo boshqalar bilan o‘zaro munosabatga kirishmasdan, u o‘zining barcha maqsadlariga erisha olmaydi».



Fuqarolik jamiyatining huquqiy xususiyati adolat va erkinlik-ning oliy talablariga uning muvofiqligidir. Bu birinchi muhim sifat xususiyatidir. Fuqarolik jamiyatining mazkur xususiyati adolat va erkinlik tushunchalarining mazmunida zohir bo‘lgan normativ talablarda o‘z ifodasini topadi. Fuqarolik jamiyati sharoitida adolat va erkinlik odamlar va tashkilotlarning faoliyatini tartibga soluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, insonning o‘zi fuqarolik jamiyatining a’zosi sifatida, erkinlikning normativ talablariga anglab yetilgan zarurat deb bo‘ysunishga qodirligi natijasida erkinlikni qo‘lga kiritadi.

Fuqarolik jamiyatining ikkinchi sifat xususiyati funksional mazmunga ega. U bunday jamiyat faoliyatining negizini ma’lum xususiy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur muhitni shunchaki vujudga keltirish emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi uyushtirish, va tartibga solishning yuksak darajasiga erishish tashkil etishi bilan bog‘liq. Fuqarolik jamiyati a’zolarining alohida sohalar (tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllari, oilaviy munosabatlar, shaxsiy hayot va h.k.) da qo‘shma faoliyatni yo‘lga qo‘yish borasidagi asosiy funksiyalari bu holda jamiyat ustidan hukmron davlat hokimiyatining vositalari yordamida emas, balki jamiyatning o‘zi chinakam demokratik, o‘zini o‘zi boshqarish asoslarida, bozor iqgisodi sohasida esa — avvalambor, iqtisodiy o‘zini-o‘zi boshqarish asosida amalga oshirishi kerak. Bu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining yangi funksional xususiyati xususiy manfaatlarning ma’lum sohasini davlat jamiyatning o‘ziga «iltifot bilan o‘tkazishi»dan iborat bo‘lmaydi. Aksincha, jamiyatning o‘zi o‘z taraqqiyotining yangi darajasiga qo‘tarilib, tegishli funksiyalarni davlatning aralashuvisiz, mustaqil amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni vaqgda davlat jamiyatni «yutib yuborib», tegishli sohalarning rivojlanishi ustidan yalpi davlat boshqaruvi va nazorati shakllarini o‘rnatmaydi, balki fuqarolik jamiyati davlatni «yutib yuboradi»: fuqarolik jamiyatining davlatdan ustunligi yuzaga keladi.

Shunga muvofiq, fuqarolik jamiyatining uchinchi sifat xususiyatini ajratish mumkinki, u fuqarolik jamiyatining oliy qadriyatlarini va bosh maqsadi ta’riflaydi. Xususiy manfaatlarni mutlaqlash-tirishga asoslangan fuqarolik jamiyati haqidagi dastlabki tasavvurlardan farqli o‘laroq, postindustrial fuqarolik jamiyatining hozirgi zamon umumdemokratik konsepsiyasi shaxs va jamiyat manfaatlarining maqbul uyg‘unligini ta’minlash zarurligini e’tirof etishga asoslanishi lozim1.

Fuqarolik jamiyati faoliyatining bosh maqsadini aniqlashga ham ana shu nuqtai nazardan yondashish kerak. Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, shaxsning munosib hayot kechirishi va erki rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining bosh maqsadidir. Davlat bu holda ijtimoiy farovonlik davlati xususiyatiga ega bo‘ladi.

Bu yerda gap davlatning tabiatini ijtimoiy asoslar bilan boyitish haqida borayotir, zotan ular davlatning hokimiyat funksiyalarini jiddiy o‘zgartiradi. O‘zini ijtimoiy deb e’tirof etgan davlat «tungi qo‘riqchi» bo‘lishdan kechadi hamda jamiyatning ijtimoiy-madaniy va ma’naviy rivojlashi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi2.

Fuqarolik jamiyati shuning uchun ham zarurki, u davlatni, davlat hokimiyati organlarini nazorat qiladi. Bu nazorat, avvalambor, jamoat tashkilotlari- kasaba uyushmalari, iste’molchilarning uyushma va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda, hokimiyatning xalq bilan muloqoti demokratiya uchun juda muhim. Bu hokimiyat organlari xalqqa o‘z siyosati va harakatlarini tushuntirishi, uning oldida hisob berishi kerak, deganidir. Fuqarolar esa, o‘z navbatida, davlatni nazorat qilishlari, hoki-miyat organlarining siyosati yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirish-lari kerak. Bunday muloqotni uyushtirish yo‘lga qo‘yish juda qiyin ish. Bu sohada davlatning ham, xalqning sa’y-harakatlari talab etiladi.

Akademik K. Kumarning fikricha, fuqarolik jamiyati hozirgi zamon odami o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi, o‘zining individual xususiyatlarini rivojlantiruvchi, ijtimoiy birdamlik qadriyatlarini talab etuvchi muhitdir.

Fuqarolik jamiyati g‘oyasi so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida o‘zaro raqobatlashuvchi ijtimoiy guruxlarning siyosiy plyuralizmi, murosa va hamkorligiga asoslangan g‘oyalar, davlat hokimiyatini belgilagan huquq normalari bilan cheklash, insonning shaxsiy erkinligi demokratiyani ijtimoiy jihatdan kengaytirish g‘oyalari bilan rivojlanib, teranlashib bordi.

Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va funksiyalari

Fuqarolik jamiyati tashkiliy institutlari jamuljami uning tarkibiy tuzilishi – strukturasi deb talqin etiladi. Struktura jamiyatning ichki tuzilishi bo‘lib, u jamiyat elementlarining xilma-xilligi va o‘zaro ta’sirini aks ettiradi, rivojlanishning yaxlitligi va sur’atini ta’minlaydi.

Inson yuridik huquq va majburiyatlarda sirtdan ifodalangan o‘zining tabiiy extiyojlari va manfaatlari bilan jamiyatning intellektual energiyasi va irodasini o‘zida jamlagan tizim hosil qiluvchi negiz hisoblanadi. Odamlarning har xil jamoalari va birlashmalari hamda ular o‘rtasidagi barqaror aloqalar (munosabatlar) jamiyat tuzilishining tarkibiy qismlaridir.

Fuqarolik jamiyatining tuzilishi deganda ijtimoiy munosabatlar, fuqarolarning turli ixtiyoriy tashkilotlari, ularning uyushmalari, lobbistt va boshqa guruhlari, munitsipal kommunalar, xayriya jamg‘armalari, ijodiy, sport, matlubot jamiyatlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlari va uyushmalarining keng tarmog‘i tushuniladi. Ularning barchasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi har xil ijtimoiy manfaatlarni ifoda etadi. Shunday qilib, hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

odamlarning ixtiyoriylik asosida tashkil topgan birlamchi jamoalari (oila, uyushma, birlashma, xo‘jalik korporatsiyalari, jamoat tashkilotlari, kasbiy, ijodiy, etnik, konfessional va boshqa uyushmalar);

jamiyatdagi nodavlat nosiyosiy munosabatlar: iqtisodiy,ijtimoiy, oilaviy, ma’naviy, diniy va boshqa munosabatlar majmui, odamlarning ishlab chiqarish sohasidagi va shaxsiy hayoti, ularning urf-odatlari, an’analari, axloqi;

davlat hokimiyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishidan qonunlar bilan muhofaza qilingan erkin shaxslar va ular tashkilotlarining o‘zini o‘zi namoyon etish sohasi.

Bulardan fuqarolik jamiyati asosiy elementlarining muayyan tahlili ham kelib chiqadi.

Birinchidan, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tashkiloti hozirgi zamon bozor munosabatlari tizimidir. Bozor iqtisodiy erkinlikning o‘ziga xos «komponenti» sifatida muntazam ravishda daromad olishga yo‘naltirilgan mustaqil tadbirkorlik faoliyatisiz rivojlanishi mumkin emas. M.SH. Sharifxo‘jayev ta’kidlab o‘tganidek, fuqarolik jamiyati iqtisodiy negizlarining to‘laqonli mazmunini bozor prinsiplari orqali ochib berish mumkin.



Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tashkiloti uning ikkinchi tarkibiy elementidir. Bozor sharoitlarida u ancha murakkab xususiyat kas etadi. Bu, avvalambor, alohida ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi tafovutlar-ni aks ettiradi. Fuqarolik jamiyati aholisining uch asosiy guruhini ajratish mumkin: yollanma xizmatchilar, tadbirkorlar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar. Mazkur guruhlarning iqtisodiy manfaatlari va moddiy imkoniyatlarining muvozanatini saqlash ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishidir.

Nihoyat, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti uning uchinchi tarkibiy elementidir. Uni davlat — siyosiy tashkilot bilan, davlat boshqaruvi bilan tenglashtirish mumkin emas. Aksincha jamiyat fuqarolik jamiyati, huquqiy jamiyat sifatlariga ega bo‘lib, o‘zini o‘zi uyushtirish va tartibga solishning o‘z nodavlat ijtimoiy siyosiy mexanizmlarini ishlab chiqqan taqdirdagina fuqarolik jamiyati shaxsning haqiqiy erkinligini ta’minlash negizi sifatida real demokratizmga ega bo‘lishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda fuqarolik jamiyatida siyosiy institutsio-nalizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni jamiyat siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, faxriylar, yoshlar tashkilotlari, ixtiyoriy jamiyatlar, jamg‘armalar, uyushmalar yordamida o‘zini o‘zi uyushtiradi. Siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, ko‘p partiyaviylik prinsipi fuqarolik jamiyatidagi siyosiy institutsio-nalizatsiya jarayonining konstitutsiyaviy negizini tashkil etadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasi).

Ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasi fuqarolik jamiyatida siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligini ta’minlashning muxim shartidir. Ammo bu shaxs erkinligi va fuqaroning huquqiy holati tengligini anglatmaydi. Erkinlik, yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, normativlik xossasiga ega. Bundan shaxs erkinlikning normativ talablariga bo‘ysunishga qodirligi natijasida erkinlikni qo‘lga kiritadi, degan ma’no kelib chiqadi. Boshqa tomondan, bu erkinlikning ruxsat etilgan chegaralarini belgilovchi ijtimoiy normalar shaxs erkinligi borligini tashqi shakli xisoblanishini bildiradi. Jamiyat va shaxsning o‘zi uchun muhim bo‘lgan sohalardagina erkinlik o‘lchovini davlatning o‘zi belgilaydi va me’yorga soladi. Shaxs erkinligini davlatning e’tirof etish mustahkamlashining asosiy yuridik vositasi esa Konstitutsiyadir.

Iqtisodiy munosabatlar. Dunyoda iqtisodning ikki tipi mavjud: rejali iqgisod va bozor iqgisodi. Rejali iqgisodni davlat tartibga solib turadi, bozor iqgisodi esa, bozor munosabatlari hamda talab va taklifning amal qilishi natijasida vujudga keladi.

Siyosiy munosabatlar. Siyosiy munosabatlar jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qator moddalar siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga bag‘ishlangan (Konstitutsiyaning 12-moddasi).

Ijtimoiy, madaniy, diniy munosabatlar. Bu munosabatlarning barchasi fuqarolik jamiyati uchun muhimdir. Ular millatlararo munosabat-larni konstitutsiyaviy tartibga solishni, oila va nikohni, atrof muhitni, ta’lim, fan, madaniyat, din sohalarini muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun iqtisodiy, siyosiy va huquqiy negizlar bilan bir qatorda, ijtimoiy, diniy va madaniy negizlarning ham bo‘lishi talab etiladi.



O‘z a’zolarining moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini tu qoshi qondirshi fuqarolik jamiyatshshng asosiy funksiyasidir. Fuqarolarning har xil iqtisodiy, etnik, mintaqaviy, kasbiy, diniy birlashmalari shaxsning o‘z qiziqishlari, maqsadlari, intilishlari hokazolarga erishishiga har tomonlama ko‘maklashadi.

Mazkur asosiy funksiyani bajarish doirasida fuqarolik jamyu boshqa bir qator muhim ijtimoiy funksiyalarni ham bajaradi:



  1. qonuniylik asosida u shaxs va fuqaroning shaxsiy hayoti sohalarini davlat va boshqa siyosiy tuzilmalarning asossiz qattiqqo‘llik bilan tartibga solshiidan himoya qiladi;

  2. fuqarolik jamiyati tashkilotlari negizida jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlari vujudga keladi va rivojlanadi;

  3. fuqarolik jamiyati siyosiy hokimiyatning mutlaq hukmronlik intilishiga monelik qiluvchi muhim va kuchli vositalardan biri hisoblanadi. U fuqarolar va ular birlashmalarining faoliyatiga davlatning noqonuniy aralashishidan himoya qiladi va bu bilan demokratik davlat organlari, jamiyat siyosiy tizimining vujudga kelishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi;

  4. fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari shaxsning huquq va manfaatlarini real kafolatlashi, barchaga davlat va jmiyat ishlarida ishtirok etishda teng imkoniyatlar berishi kerak;

  5. fuqarolik jamiyati, o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyasni ham bajaradi. U davlatdan mustaqil bo‘lib, o‘z ixtiyorida vositalar va sanksiyalar yordamida shaxslarni ijtimoiy normalar rioya qilishga majburlashi, fuqarolarni tarbiyalash va ijtimoiylashtirishni ta’minlashi mumkin;

  6. fuqarolik jamiyati, aloqa bog‘lash funksiyasini ham bajaradi.

Bu jamiyatda manfaatlar xilma-xilligi namoyon bo‘ladi. Demokratiya sharoitida fuqaro ega bo‘ladigan erkinliklar bu manfaatlar doirasini yanada kengaytiradi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining manfaatlari va ehtiyojlarini imkon qadar to‘liq qondirishi kerak. Ammo iqtisodiy plyuralizm sharoitida bunday manfaatlar shu qadar ko‘p sonli, shu qadar rang-barang va tabaqalashgan bo‘ladiki, davlat hokimiyati hammasi haqida axborotni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatining demokratik institutlari fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy aloqalarni o‘rnatish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni adolatli tartibga solish vazifasini ado etadi.

Ayni vaqtda, fuqarolik jamiyati institutlari va tashkilotlarining vazifasi faqat davlatning kuchi bilan qondirilishi mumkin bo‘lgan manfaatlar haqida davlatga axborot yetkazib berishdan iborat;

7) fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtirish funksiyasini bajaradi. U jamiyat hayotining mustah-kam negizlarini yaratadi. Davlat murakkab vaziyatga tushgan tarixiy sharoit-lar (urushlar, inqirozlar, depressiyalar) da fuqarolik jamiyatining mustahkam tuzilmalari unga o‘z yelkasini tutadi, mushkulotni yengib o‘tishga ko‘maklashadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish istiqbollari.



«Bosh strategik maqsadimiz o‘zgarmay qola-yotir — bu bozor iqtisodiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratishdir».

Islom Karimov


Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish O‘zbekiston jamiyatini tubdan isloh qilish jarayonining strategik maqsadlaridan biridir. Bu ma’noda fuqarolik jamiyati O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lini ko‘p jihatdan belgilaydigan ijtimoiy buyurtma hisoblanadi.

Birinchidan, «fuqarolik jamiyati» va «siyosiy madaniyat» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: «Yuksak siyosiy madaniyatga erishish — fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning muhim va zarur shartlaridan biridir».

Ikkinchidan, hozirgi O‘zbekiston jamiyati ma’lum siyosiy mg yat darajasiga ega bo‘lgani tufayli, respublikada fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari ham mavjud, deb aytish mumkin

Umuman olganda, fuqarolik jamiyati deganda, «davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik hamjamiyatining ixtiyoriy o‘zini o‘zi uyushtirish shakli» tushuniladi. «Bu davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan, ammo mamlakat doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi va hokimiyatga ta’sir etuvchi mustaqil jamoat, nohukumat tashkilotlarining majmuidir». YA’ni fuqarolik jamiyati davlat va shaxs o‘rtasida o‘ziga xos «vositachi»dir. Aynan fuqarolik jamiyatini shakllantirish respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarnin; vazifalaridan biridir.

O‘zbekistonda hozirgi kunda to‘rt mingga yaqin nohukumat va jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolik jamiyati birlashmalari orasida ikki avlod, ikki to‘lqin mavjud. Ulardan biri — sovet davrida o‘z faoliyatini boshlagan nohukumat tashkilotlari, ikkinchisi — bunday tashkilotlarning taxminan uchdan ikki qismi – mustaqilik davrida ish boshlagan nohukumat tashkilotlaridir.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining quyidagi institutlari shakllanib bormoqda:


  1. siyosiy partiyalar;

  2. ijtimoiy-siyosiy harakatlar;

  3. demokratik saylov tizimi;

  4. jamoat birlashmalari;

  5. nodavlat notijorat tashkilotlar;

  6. ommaviy axborot vositalari;

  7. oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;

  8. ta’lim-tarbiya muassasalari;

  9. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

  10. diniy tashkilotlar;

  11. milliy-madaniy markazlar;

  12. jamoatchilik fikrini o‘rganish institutlari.

Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati mamlakatda hali yaxshi ri-vojlanmagan, uning ichki aloqalari takomildan yiroq. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati tashkilotlarining assambleyasini tashkil etish zarur. Davlat hokimiyati bilan nohukumat tashkilotlarning hamkorligi masalasiga kelsak, bu yerda ikki xil munosabatga duch kelish mumkin. Bir tomondan, ular davlat o‘ziga e’tibor berganini olqishlasa, ikkinchi tomondan, o‘zining o‘tmish tajribasidan kelib chiqib, ular bunday hamkorlikka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi va o‘z mustaqilligini yo‘qotmasligi kerak.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi ko‘plab harakatlar va tashkilotlar, huquqni himoya qilish tashkilotlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari, ekologik tashkilotlar, fan, madaniyat va ta’lim sohasidagi birlashmalar, xotin-qizlarning tashkilotlari va boshqa tuzilmalar tashkil topdi va rivojlanmoqsa. Ammo ularning ish ko‘lami fuqarolik jamiyatini shakl-lantirishning real talablariga ham to‘liq javob bermaydi.

Islohot yillarida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllan-tirish yo‘nalishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bozor infratu-zilmasi, avvalambor, bank va savdo infratuzilmasining elementlari vujudga keldi, tovar taqchilligi tugatildi, narx-navoning jadal ko‘ta-rilishi to‘xtatildi.

Huquqning ustuvorligi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllan-tirishning muhim elementidir. Bu huquqiy davlat g‘oyasidan ham kengroqdir. Huquqiy davlat g‘oyasi nemis siyosiy va huquqiy nazariyasidan kirib kelgan bo‘lib, dastlab davlat ma’muriyatini huquq, qonun bilan cheklashni anglatgan. Ammo davlatning o‘zi avtoritar bo‘lishi mumkin bo‘lgan, zotan huquqiy davlat konsepsiyasi qonun qabul qiluvchi organni mazkur qonunlar qanday bo‘lishi kerakligi va inson huquqlariga nisbatan ular qaysi chegaralargacha amal qilishi mumkinligi jihatidan cheklaydi. Binobarin, huquqiy davlat qonun chiqaruvchi organ demokratik yo‘l bilan saylangan bo‘lmasa, avtoritar qonunlar ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha jihatlarini qamrab olgan taqdirda esa, hatto totalitar bo‘lishi mumkin.



Jamiyatning erkinligi — fuqarolik jamiyatining muhim elementi. U jamiyat hayotining turli sohalari va tegishli uyushmalari: iqtisod, ya’ni keng ma’noda ishlab chiqarish, uning tashkiliy shakllari, kasaba uyushma-lari, universitetlar, matbuot, fan, jamoat birlashmalari, masjid, diniy tashkilotlar va hokazolarning mustaqilligi va tashabbuskor-ligini bildiradi. Mazkur jamoat birlashmalariga nisbatan davlatning vazifasi jamiyatning barcha a’zolarining huquq va erkinliklarini himoyalash uchun rioya qilinishi lozim bo‘lgan o‘yin qoidalarini tartibga soluvchi qonun ko‘rinishida eng umumiy chegaralarni o‘rnatishdan iborat bo‘lishi kerak. Fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy plyuralizm ijtimoiy tuzilmalar mustaqilligi, shaxs va fuqaro huquklari hamda erkinliklari asosida o‘rnatiladi.

Fuqarolar madaniyati fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo‘lib, uning negizini demokratik siyosiy va huquqiy madaniyat tashkil etadi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida avtoritar siyosiy madaniyatda namoyon bo‘luvchi avtoritar mentalitet yetakchilik qiladi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan asosiy ijtimoiy qadriyatlar yuzasidan hanuz murosaga kelingani yo‘q. Bu «anomiya» deb ataluvchi vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Anomiya deganda bir normativ qadriyatlar tizimi buzilgan, ammo uning o‘rnida yangi normativ qadriyatlar tizimi hali vujudga kelmagan vaziyat tushuniladi. Bu ma’noda Prezidentimiz I. A. Karimovning: «Yangi uyni qurmasdan, eski uyni buzmang», degan so‘zlari ramziy yangraydi.

Liberalizm institutlari (erkinlik, qonunning ustuvorligi va h.k.) hamda insoniylikning ayrim an’anaviy talablari (fuqarolarning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik, ularga munosib yashash sharoitlarini yaratib berish, muayyan ijtimoiy tenglikni ta’minlash, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va h.k.) ni sintez qilish maqsadida huquqiy va ijtimoiy davlatni birlashtirish g‘oyasi so‘nggi davrda yetakchi o‘ringa chiqmoqsa.
Xulosa.
Hozirgi kunda huquqiy davlat konsepsiyasi hech bo‘lmaganda ijtimoiy davlat elementlari bilan to‘ldirilishi lozim, zotan, ijtimoiy-iqtisodiy huquklar va erkinliklarning kafolatlari qabul qilingan yondashuvlar va ilgari surilgan prinsiplargagina emas, davlatning real imkoniyatlariga ham bog‘liq.

Fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tashkliy-tuzilmaviy shaklga egalik qilish huquqiy davlat haqida gapirish imkonini beradi. Joriy vaziyat shu bilan ta’riflanadiki, hokimiyat mazkur hokimiyatni qonuniylashtirish uchun fuqarolar hamjamiyati ularning qo‘llab-quvvatlashiga muxtoj bo‘ladi. Jamiyatni isloh qilii fuqarolik jamiyati yetakchilik qilishi lozim. Hokimiyat esa, hamisha o‘ziga nisbatan tanqidiy fikrlar aytilishiga tayyor bo‘lishi kerak.



Davlat ma’lum kafolatlar tizimini tashkil etganligi tufayli fuqarolik jamiyati faoliyat yuritish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning o‘zaro bog‘liqligi ana shunda. Demokratik tuzumning zarur sharti hisoblangan huquqiy davlatning asta-sekin rivojlanishida hokimiyatning an’anaviy tarzda uch bo‘g‘inga taqsimlanishigina emas, balki ularni to‘ldiruvchi hokimiyatning fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasida taqsimlanishida namoyon bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2003.

  2. Karimov I.A. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1996.

  3. Boboyev X.B. va Odilqoriyev X. T. Umumiy tahriri ostida. “Davlat va huquq nazariyasi”. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2000.

  4. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi”. Mualliflar jamoasi. Toshkent, “Moliya”, 2002.

  5. Odilqoriyev X.T. va G‘oyibnazarov Sh.G‘. hammuallifligida. “Siyosiy madaniyat”. Toshkent, IIV Akademiyasi nashryoti, 2004

  6. Odiqoriyev X.T. Konstitutsiya va fuqorolik jamiyati. – T., 2002.

  7. Saidov A. va Tojixonov U. hammuallifligida. “Islom Karimov Konstitutsiya to‘g‘risida”. Toshkent, “Akademiya”, 2001.





Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish