Galogenlash. Alkanlar ftor bilan shiddatli, xlor bilan nur ta’sirida reaksiyaga kirishadi. Bromlash qizdirish bilan nur ta’sirida boradi. Metanni xlorlash nur yoki qizdirish bilan boradi:
Reaksiya radikal mexanizmida boradi (SR):
Reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan metil radikali deyarli tekis tuzilishga ega bo‘lib, reaksiyaga juda tez kirishadi. Metil radikali uglerod atomi sp2 -gibridlanish holatida bo‘lib, juftlashmagan elektron r orbitali - bog‘ tekisligining ustida va ostida joylashgan:
Metil radikali - bog‘lari
Tarmoqlangan zanjir tutgan radikallar barqaror bo‘ladi. Ulardagi juftlashmagan elektron boshqa atom va guruhlarning Q I va fazoviy ta’sirida delokollashadi.
Radikallarning barqarorligi quyidagi qatorda ortib boradi: CH3 CH2CH3 CH(CH3)2 S(CH3)3
Sulfoxlorlash: Alkanlar SO2 va Сl2 bilan UB-nur ta’sirida reaksiyaga kirishadi. R-H + SO2 + Cl2 RSO2Cl + HCl
Ayniqsa, molekulyar massasi katta bo‘lgan alkanlarni sulfoxlorlash amaliy ahamiyatga ega: C8H18 + SO2 + Cl2 C8H17SO2Cl + HCl Hosil bo‘lgan alkan sulfoxloridlar terini oshlashda va alkilsulfonatlar-yuvish vositalari olishda ishlatiladi.
Sulfooksidlash: Alkanlar SO2 va O2 bilan UB-nur ta’sirida reaksiyaga kirishib alkansulfonlarni hosil qiladi:
2R-H + 2SO2 + O2 2RSO2OH
Nitrolash. Alkanlar suyultirilgan nitrat kislota yoki azot oksidlari bilan qizdirilsa nitrobirikmalarni beradi:
R-H + HNO3 R-NO2 + H2O
Metanga suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettirilganda deyarli faqat nitrometan hosil bo‘ladi:
SH4 + HNO3 CH3NO2 + H2O
Ammo, etan, propan, butan va boshqalar nitrolansa nitrobirikmalarning aralashmasi hosil bo‘ladi:
СH3СH2СH3 + HNO3 CH3NO2 (9 %) + CH3CH2NO2 (26 %) +
+ CH3CH2 CH2NO2 (32 %) + CH3CHNO2CH3 (32 %)
Nitrobirikmalar aminobirikmalarni sintez qilishda ishlatiladi.
Oksidlash. Alkanlar kislorodda yonib SO2 va suvni beradi.
M-n: CH4 + 2O2 SO2 + 2H2O
Alkanlarni kislorod bilan katalizatorlar ishtirokida oksidlab turli organik birikmalar olish mumkin:
Butan havo kislorodi bilan vannadiy oksidi, volfram metali ishtirokida yuqori haroratda oksidlansa oziq-ovqat mahsulotlari uchun ishlatiladigan sirka kislota hosil bo‘ladi:
Agar oksidlash havo kislorodi bilan Mn(OCOR)2 ishtirokida olib borilsa karbon kislotalarning aralashmasi hosil bo‘ladi:
Ishlatilishi: Alkanlar arzon yoqilg‘i va kimyo sanoatida ko‘p tonnalab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun xom ashyodir. Neftni qayta ishlab, motor va reaktiv yoqilg‘i olinadi. Alkanlardan alkenlar-etilen, propilen, butenlar sintez qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |