O'zbekistbnda fizik kimyoni rivojlantirishda N.A. Kolosovskiy, M.N.Usanovich, X.R. Rustamov, A.M. Murtazayev va B.G. Zaprometovlar o'z ishlari bilan katta hissa qo'shdilar. Akademik X.U. Usmonov va uning shogirdlari yuqori molekulyar moddalarining fizik kimyosini o'rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qildilar. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi M.N. Nabiyev va uning shogirdlari mineral o'g‛itlarning fizik kimyosini o'rganishda hamda ularni qishloq xo'jaligida ishlatib, yuqori hosil olishda katta ishlar qilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |