Elektrokimyo sohasida dastlabki tadqiqotlar 1935 yilda boshlandi. Ko`pgina suyuq aralashmalarning elektr o`tkazuvchanligi o`lchandi va eritmalardagi elektrokapillyar hodisasi va ba`zi metallardagi elektroliz jarayonlarining kinetikasi tekshirildi. Sanoatda suvni elektrolizlab vodorod va kislorod olishda sarf bo`ladigan elektr energiyasini kamaytirish choralari o`rganildi (A.M.Murtazoev).

Rangli va nodir metallar va ularning qotishmalarini elektrokimyoviy cho`ktirib rudadan ajratib olish, ko`p atomli srirtlardan metall oksidlarini erituvchisi sifatida foydalanish mumkinligi ko`rsatildi (Siganov).
H.R.Rahimov raxbarligida kislota-asos katalizatorlari ishtirokida boradigan qator reaksiyalar kinetik qonuniyatlari va mexanizmi o`rganildi. Polimer ionitlar ishtirokida geterogen ravishda boradigan reaksiyalarning qonuniyatlari aniqlandi. Amaliy ahamiyatga ega bo`lgan moddalar olishning optimal sharoiti belgilandi.
K.S.Ahmedov raxbarligida polimerlar fizik kimyosi va termokimyosi sohasida tabiiy gaz gaz kondensatlardan sirt faol moddalar, suvda eruvchan polimerlar olish, ularni o`rganish va amalda tatbiq etish, O`zbekistonda tabiiy mineral sorbentlarni o`rganish kabi va boshqa ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
Fan muammolari
Fan muammolari
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, fizik kimyo aniq fan bo`lib, nazariy qarashlarning eksperimental usullari, fizikaning mantiq va matematik qonun va qonuniyatlaridan keng foydalanadi. Bu esa jarayonlarning qanday borishini va sodir bo`ladigan o`zgarishlarni oldindan aytib berish imkoniyatini beradi. Fizik kimyo kimyoviy va fizik jarayonlarni ularning o’zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda tekshiradi va o’rganadi. XX asrda fizik kimyo fani juda katta sur`at bilan rivojlandi. XXI asrda uning rivojlanishi yana ham salmoqli bo`lishiga shubha yo`q. Bunga sabab uning kimyo fani va kimyo sanoatining asosiy talablariga to`la javob beradigan yo`nalishidir. Shu bois bu fanning asosiy muammolari ma’lum reaksiyaning yo’nalishini, qaytar yoki qaytmas ekanligini, borish-bormasligini, unga turli omillarning ta’sirini, muvozanatning qachon qaror topishini va reaksiyalarning unumini oshirish yo’llarini tadqiq qilishdan iborat.