Reja: Fitosenologiyaning o’simlik qoplamini o’rganishdagi roli



Download 19,94 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi19,94 Kb.
#683247
  1   2
Bog'liq
O\'zbekistonda geobotanika rivojlanishi


O’zbekistonda fitosenologiya (geobotanika) fanining rivojlanishi


REJA:
1.Fitosenologiyaning o’simlik qoplamini o’rganishdagi roli
2. Geobotanikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
3. O’zbekistonda geobotanika (fitosenologiya)ning rivojlanishi

Geobotanika-(geobotanica grekcha geo-er, botanike o`simlik) Yer yuzidagi o`simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o`simliklar geografiyasi kabi bo`limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918 yilda Daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so`z geobotanika so`zining sinonimi sifatida ishlatilib kelinmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo`lib, o`simliklarning yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o`rganadi. Boshqacha qilib aytganda, Yer sharida tarqalgan o`simliklar jamoasi va undagi qavmlar (fitotsenozlar) ning tuzilishi, tarkibi va taraqqiyotini tuproq, iqlim, geologik omillarga bog`lab o`rganuvchi fan tushuniladi va u alohida o`simlik yoki florani emas, o`simliklar guruhini, qoplamini, uyushmasini dunyo floristik oblastlari bo`yicha o`rganadi.


Bu fan umumbiologik fanlar toifasiga kirib, bevosita o`simliklar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bilan chambarchas bog`liq. Ma`lumki botanika fani yer yuzasida tarqalgan o`simliklar olamini har tomonlama tatqiq qiluvchi fanlar tizimidan iborat. Botanika fani o`rganish manbalari, maqsad va vazifalari, uslublariga ko`ra ikkita bo`limga ya`ni, fitologiya va geobotanikaga bo`linadi.
Fitologiya alohida olingan turlar yoki sittematik guruhlarni har tomonlama o`rganib,ulardan oqilona foydalanish yo`llarini ishlab chiqadi. Fitologiya bir qancha bo`limlarga bo`linadi.
1. O`simliklar anatomiyasi va morfologiyasi.
2. O`simliklar sistematikasi.
3. O`simliklar tsitologiyasi.
4. O`simliklar embriologiyasi.
5. O`simliklar fiziologiyasi.
6. Mikrobiologiya.
7. O`simliklar bioximiyasi.
8. O`simliklar ekologiyasi.
9. Paleobotanika.
10. O`simliklar geografiyasi.
Odatda fitologik fanlarni bilmasdan, floraning o`ziga xos jihatlarini yaxshi o`rganmasdan geobotanik bo`lish mumkin emas. Sababi shuki har qanday fitotsenoz va o`simliklar qoplami o`simlik turlaridan tashkil topgan bo`ladi.
Gebotanikaning bu fanlar bilan aloqasi o`simliklar qoplamini bir-biridan ajratish, nomlash, jamoaning ekologik, biologik rivojlanishi, geografik joylashuvi, kelib chiqish tarixi sistematik tarkibini bilish uchun zarurdir. Geobotanikaning o`ziga xosligi shundaki u o`simliklar qoplamini va unga ta`sir etadigan omillar majmuasini (iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen, tarixiy geologik) har tomonlama o`rganadi va ular orqali yuzaga keladigan o`zgarishlarning sabablarini ko`rsatib beradi. Shuningdek, o`simliklar qoplamining hosil bo`lish va kelib chiqish qonuniyatlarini o`rganadi.
Geobotanika fanining asosiy maqsadi tabiiy holda tarqalgan o`simlik guruhlari qaerlarda qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda poydalanishi, sanoatda ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berishdir.
Geobotanikaning o`ziga xos vazifalari mavjud bo`lib, o`simliklar qoplamini tabiatning asosiy resursi ilmiy o`rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan Haritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to`g`ri foydalanish yo`llarini ko`rsatib berishdan iborat.
Geobotanik tadqiqotlar qo`riq va bo`z yerlarni o`zlashtirishda planlashtirish ishlarini olib borishga asos bo`lib xizmat qiladi. O`zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning tuzilishi, tarkibi, o`simliklar qoplamini, hattoki yer osti suvlari holatini aniqlashda ham geobotanik ishlar asos bo`lib xizmat qiladi.
Botqoqliklarni o`zlashtirish, o`rmon xo`jaligi ishlarini ilmiy tashkil etish, o`rmon tiplarini aniqlash, qo`riqxonalarda olib boriladigan ishlarni yo`naltirish, dorivor o`simliklardan foydalanish maqsadida yig`ib olish uchun uning zahirasini aniqlash va chorvachilik sohasi uchun yem-xashak tayyorlashda ham asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek, tabiiy holda mavjud bo`lgan, inson xo`jalik faoliyati natijasida yaratilgan agrofitotsenozlarni tekshirish va har bir fitotsenozdagi fitotsenologik turlar tarkibini aniklash, floristik tarkibini o`rganish hamda fitotsenozlar xilma xilligini, tuzilishini, taqsimlanishini, iqlim va geografik sharoitini, muhitga ekologik omilning ta`sirini o`rganish, geobotanik haritalash ishlarini tashkil etish, fitotsenozning bevosita va bilvosita ta`sirlari natijasida o`rganish, undan oqilona foydalanish yo`llarini ishlab chiqishni tashkil etish muammolari bilan shug`ullanadi.
O`simliklar jamoasida biror bir tur o`z holicha, alohida, boshqa turlarga yoki mikroorganizmlarga bog`lanmasdan yashay olmaydi. Har bir o`simlik jamoasida o`nlab, yuzlab turlar birga yashaydi. Bular orasida tuban organizmlar ham, yuksak o`simliklar ham mavjud bo`lib, bular ham o`z navbatida har xil anatomik, morfologik, sistematik, fiziologik xusisiyatga ega bo`ladi. Shuning uchun ham tabiatdagi mavjud bo`lgan har bir jamoa o`ziga xos ko`rini shdagi manzara hosil qiladi. O`rmon, yaylov, dasht, cho`l, adirlarda o`simliklar jamoalarining o`ziga xos doimiy va mavsumiy qiyofasi bo`lib, bu geobotanikaning tekshirish manbai hisoblanadi. Shunday ekan barcha fanlar kabi geobotanikaning ham o`ziga xos rivojlanish tarixi bor.



Download 19,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish