1. arj a – jm matn
Bu buyruq matn. arj arxiv faylga fayllarni maksimal darajada siqadi.
2. arj a – jml matn
Bu buyruq fayllarni maksimal darajada tezroq siqadi.
3. arj a – matn
Bu buyruq boshqalariga qaraganda tezroq va yaxshi siqadi.Buyuqda siqish usuli ko`rsatilmasa, arxivlash dasturi usuli o`zi tanlab bajaradi.
Arxivlash dasturlari bo`lmaganda ham ochish mumkin bo`ladigan arxiv fayllarini tuzish mumkin. Buning uchun quyidagi ko`rinishda buyruq beriladi.
arj a – je matn
Bu buyruqning bajarilishi natijasida dastur fayli shaklidagi matn exe fayli hosil bo`ladi. Uni ochish uchun esa fayl ustiga kursorni keltirib ENTER tugnachasini bosish yetarli.
Hatto, odatdagi arxiv fayl ( matn. arj ) dan ham o`zi ochiladigan faylni hosil qilish mumkin. Buning uchun quyidagicha buyruq beriladi.
arj u – jel matn
Buning natijasida matn exe fayli hosil bo`ladiki, u arxivlash dasturisiz ochiladigan arxiv fayllar qatoriga kiradi. Shuningdek, fayllarni arxivga joylashda uni boshqa foydalanuvchilar ochmasliklarni uchun parol qo`yish ham mumkin. Parol bilan arxivlash quyidagi buyruqlardan foydalaniladi.
arj a – a? matn
Uning bajarilishda ixtiyoriy harf va raqamlar ketma – ketlikdan iborat parolni kiritish talab qilinadi. Adashmaslik uchun parol ikki marta qayta so`raladi, uni tugmachalar majmui orqali kiritishda belgilar ekranda ko`rinmaydi.
Parol qo`yib arxivlangan fayllarni ochish buyrug`i esa
arj e – d ? matn
ko`rinishida bo`ladi. Arxiv fayl bir butun bo`lib, diskning nosozligi yoki boshqa boblarga ko`ra uning qismini o`qib olish mumkin bo`lmasa arxiv fayldagi barcha fayllardan ajralib qolish mumkin. Bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olish uchun asosiy fayllarni yo`qotmay turib tuzilgan arxiv faylni tekshirib ko`rish kerak.. Buning uchun quyidagi buyruqdan faydalaniladi.
arj t matn. arj
Buyruqdagi t harfi test so`zidan olingan bo`lib, tekshirish ma`nosini anglatadi. Buyruqning bajarilish natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro`yxati va har bir fayl nomidan keyin, agar u yaxshi holatda bo`lsa << OK >> , qandaydir hatolika ega bo`lsa, << CRC error! >> yozuvi chiqariladi. Test oxirida arxivdagi xatolar soni ko`rsatildi. Xato jiddiyroq bo`lganda test jarayoni to`xtab qolishi ham mumkin. Bunday holatlarda arxiv faylni qayta tuzish lozim.
Agar asosiy fayllar o`chirilgandan keyin arxiv faylda xato borligi aniqlansa, arxiv faylni davolovchi parametrlar jr yoki jrl bilan ochish lozim.
arj e – jr matn. arj. Arj e – jrl matn. arj
Buyruqlarning birinchisi zararlangan arxivlarni ochadi.
Bugungi kuhda kompyuter texnologiyasi, axborotlar ko’lami rivojlanib borayotgan bir davrda arxivator dasturlariga qanchalik ehtiyojimiz borligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. Ular kompyuter olamining keng iste’molida bo’lgan muhim dasturlaridan biridir.
Operastion tizim turlariga qarab arxivator dasturlar ishlash imkoniyatlari turlicha bo’ladi:
MS DOS muhitida ARJ, RAR, PKZIP, LIMIT va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |