Reja: Faol ijtimoiy


Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar



Download 38,55 Kb.
bet3/4
Sana14.06.2022
Hajmi38,55 Kb.
#667275
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu

Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar.


O‟zbekiston mustaqillikni qo‟lga kiritishi bilan mamlakat sog‟liqni saqlash infratuzilmasini rivojlangan davlatlar darajasiga ko‟tarish, aholi sog‟lig‟ini himoya qilish tizimidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish vazifasi yuzaga keldi.
Aholi salomatligiga g‟amxo‟rlik qilish O„zbekjstonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismidir. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, OITS bilan kasallanishning oldini olish to‟g‟risida (1991-yil), Davlat sanitariya nazorati to‟g‟risida (1992- yil), Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‟g‟risida (1996-yil 29-avgust), Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‟g‟risidagi (1997-yil) Qonunlari aholi salomatligini saqlashning huquqiy kafolati bo‟lib xizmat qilmoqda.
1996 yilning 29 avgustidan Fuqarolar sog‟lig‟ini saqlash to‟g‟risidagi Qonun kuchga kirdi, unda davlat siyosatining sog‟liqni saqlash tizimiga yangicha yondashuvi ifodalandi.
Bozor iqtisodiyotiga o‟tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991-1996-yillarda 249 ta tish protezlash muassasalari va stomatologik poliklinikalar, 28 ta xo‟jalik hisobidagi tibbiy ko‟rik poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999-2001-yilda 154 ta tibbiyot subektlari xususiylashtirildi. Shaxsiy tibbiy xizmat ko‟rsatuvchi subektlar ham vujudga keldi. 2001-yilda Sog‟liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko‟rsatuvchi subektlar soni 4000 taga yetdi.
Aholiga tibbiy xizmat ko‟rsatish ishlariga respublika Sog‟liqni saqlash vazirligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tumanlari bo‟limlari bosh-qosh bo‟lmoqdalar. O„zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qizil Yarimoy jamiyati, Sog‟lom avlod uchun”, “Mehr-shafqat”, “Sog‟lomlashtirish va sport”, nogironlar respublika jamg‟armalari sog‟liqni saqlash tarmoqlarini rivojlantirishga ko‟maklashmoqdalar.
Respublikamizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e„tibor berilmoqda. Hukumat topshirig‟i bilan “Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‟yicha Milliy dastur”, “Yosh avlodni sog‟lomlashtirish kompleks dasturi” ishlab chiqildi. Ularning hayotga tadbiq etilishi ijobiy natijalar berdi. Barcha shahar va tumanlarda “Ona va bola” markazlari tashkil etildi. Nukus, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlarida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutining filiallari ochildi. Minglab bolalar poliklinikalari, akusherlik-ginekologiya kabinetlari, tug‟uruqxonalar, Nikoh va oila” hamda tibbiy-genetik konsultatsiya punktlari onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko‟rsatmoqdalar. Yosh oilalarni mustahkamlash maqsadida 311.646 ta yosh oila tibbiy patronaj nazoratiga olindi, 102.390 nafar turmush qurayotgan yoshlar tibbiy ko‟rikdan o‟tkazildi, 89125 nafar yoshlar oila va nikoh asoslari bo‟yicha o‟qitildi. Onalar va bolalarga ko‟rsatilgan g‟amxo‟rlik natijasida tug‟ilish jarayonida bolalar va onalar o‟limi keskin kamaydi. 1991-yilda bolalar o„limi har 1000 ta tug‟ilgan bolaga 51,4 tani tashkil etgan bo„lsa, 1999-yilda bu ko‟rsatkich 20,2 taga yoki 2,5 baravarga kamaydi. Shu yillarda onalar o„limi har 100 ming tirik bolaga nisbatan 65,3 tadan 31 taga yoki 2,1 marta kamaydi.
Yetim bolalar va farzandsiz oilalar to‟g‟risida g‟amxo‟rlik “Kinderdorf” (bolalar mahallalari) Avstriya loyihasining O„zbekistondagi say-harakatlari natijasida yetim bolalar va farzandsiz oilalarning ko‟pchiligi uy-joyli va bus-butun oila bo„lib yashash baxtiga muyassar bo„lmoqdalar.
Sog‟liqni saqlash sohasida muammolarni hal qilish maqsadida O‟zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998 yil 10 noyabrda O‟zbekiston Respublikasi sog‟liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi haqidagi Farmonni imzoladi.
Ushbu Dastur sog‟liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholining ijtimoiy muhofazasi prinsiplariga to‟laqonli amal qilish, tibbiy yordamning kafolatliligi va ommabopligini ta„minlashga qaratilgan edi. Davlat dasturida quyidagi muhim yo‟nalishlar o‟z aksini topdi:
-sog‟liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini mukammallashtirish; -tibbiy yordamning dastlabki bosqichini isloh qilish;
-davlat tomonidan kafolatlangan, samarali tez tibbiy yordam tizimini yaratish;
-ona va bolaga ko‟rsatilayotgan tibbiy yordamni takomillashtirish;
-davlatning mustahkam sanitar-epidemiologik tinchligini ta„minlash.
Shu maqsaddan kelib chiqib, O‟zbekistonda sog‟liqni saqlash tizimining maqsadli dasturi hayotga tatbiq etildi. Dasturda tibbiy xizmatlar ko‟rsatish tizimini tubdan modernizatsiya qilish, muhim yo‟nalish bo‟lgan maxsus ambulator poliklinika va profilaktik tibbiyotni rivojlantirish, shuningdek, ona va bola sog‟lig‟ini himoya qilish tizimi sifatini oshirish, tashxis qo‟yish va davolash jarayonida yangi tibbiy texnologiyalardan keng foydalanish, yuqori toifali tibbiyot xodimlari tayyorlash tizimini mukammallashtirish ko‟zda tutilgan edi.
Sog‟liqni saqlash tizimida qabul qilingan chora-tadbirlar aholi salomatligini yaxshilash samaradorligining jahon tajribasida umumqabul qilingan monitoring ko‟rsatkichlariga asoslandi. Ularning ichida asosiysi insonning o‟rtacha umr ko‟rish ko‟rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‟rsatkich o‟zida aholining turmush tarzini aks ettiradi. Shuningdek, ushbu indikator millatning salomatligi holatini belgilaydi, davlat olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, tibbiyot xizmatlari, tashqi muhit muhofazasi, ta„lim va boshqa omillarga bog‟liq.
O‟zbekistonda mustaqillik yillarida umr ko‟rish davomiyligi tez sur„atlarda o‟sdi, (1990 yilda 67,2 yosh, 2012 yilda 72,9 yosh). Ushbu ko‟rsatkich erkaklarda 70,7 yosh, ayollarda 75,2 yoshni tashkil etib, MDH davlatlarining ko‟rsatkichlariga qaraganda ancha yuqori.
Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko‟rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. 1991-2001-yillarda 19,5 ming o‟rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurilib, foydalanishga topshirildi. 1991-yilda shifoxonalar soni 1300 tani tashkil etgan bo‟lsa, 2001-yilda ularning soni 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 1990-yilda 3139 tani tashkil etgan bo‟lsa, 2010-yilda qariyb 2 baravar ko‟payib, 5886 taga yetdi. 2000-2010-yillarda qishloq joylarida 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi.
Respublikamizda shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni tayyorlash ishlariga alohida e„tibor berildi. Bu borada 7 ta oliy tibbiy o‟quv yurtlari, o‟rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko‟rsatmoqda. Aholiga turli ixtisosliklar bo‟yicha tibbiy xizmat ko‟rsatuvchi mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko‟paydi. O„zbekistonda bir shifokorga o‟rta hisobda 300 ga yaqin kishi to‟g‟ri keladi, bu ko‟rsatkich ko‟pgina mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy holatining muhim indikatorlaridan biri, bu ona va bola salomatligi ko‟rsatkichidir. O‟zbekistonda ona va bola sog‟lig‟i muhofazasi bo‟yicha xalqaro standartlarni hayotga tatbiq etishga alohida e„tibor qaratilmoqda. Ona va bolaning reproduktiv salomatligi bo‟yicha olib borilayotgan ishlar XSXT hamda BMTning UNISEF va UNFPA agentliklari tomonidan yuqori baholangan. Xalqaro Save children (Buyuk Britaniya) tashkilotining ma„lumotlariga qaraganda, ayollar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida O‟zbekiston jahondagi 125 ta davlat o‟rtasida 19-o‟rinni, onalikni himoya qilish bo‟yicha esa 27- o‟rinni egallaydi.
Davlatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyalarga qarshi faoliyat natijasida ko‟p kasalliklarning ko‟rsatkichlari pasaydi, ayrimlari butunlay barham topdi.
O‟zbekiston Respublikasi sog‟liqni saqlash tizimi bugun yetarli darajada moddiy-texnika bazasi va kadrlar potensialiga ega. Yangi, jahon talablariga javob beradigan Tez tibbiy yordam ko‟rsatish markazlari barcha viloyatlarda o‟z filiallariga ega, maxsus tibbiy (kardiologiya, jarrohlik, urologiya, ko‟z mikrojarrohligi), ilmiy-amaliy (pediatriya, akusherlik va ginekologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, endokrinologiya, ftiziatriya va pulmonologiya) markazlar tashkil etildi.
Sog‟liqni saqlash tizimidagi islohotlar kadrlar siyosatiga ham o‟zgartirishlar kiritdi. Qishloq joylardagi vrachlik punktlarida feldsherlar o‟rniga yuqori malakali, oliy ma„lumotli shifokorlar xizmat ko‟rsatmoqda. Hozirda faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ortiq QVPlarning yarmi zamonaviy loyihalar bo‟yicha qurilib, aholiga qoniqarli xizmat ko‟rsatilmoqda.
O‟zbekiston sil kasalligining oldini olish bo‟yicha ijobiy natijaga erishgan davlatdir. Bu yo‟nalishda xalqaro DOTS dasturi bo‟yicha chora-tadbirlar hayotga samarali tatbiq etib kelinmoqda.
Sog‟lom avlodni tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim yo‟nalishlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikning o‟tgan yillari davomida bolalar sportini rivojlantirish millat genofondini sog‟lomlashtirishning muhim omili bo‟lib xizmat qildi. O‟zbekistonda dunyoning boshqa davlatlaridan farqli o‟laroq, bolalar sportini rivojlantirishga ixtisoslashgan jamg‟arma tashkil etilgan. Ushbu jamg‟arma oldiga qo‟yilgan vazifa yosh avlod ma„naviy va jismoniy jihatdan sog‟lom bo‟lishi uchun bolalar sportini ommalashtirish va rivoj- lantirish, sog‟lom turmush tarzini shakllantirish.
Sog‟lom ona sog‟lom bola davlat dasturida bu yo‟nalishga alohida e„tibor qaratilgan. Ushbu dastur XSST, YUNISEF hamda O‟zbekistonda ona va bola sog‟lig‟ini himoya qilish milliy modeli: Sog‟lom ona sog‟lom bola xalqaro Toshkent simpoziumining obro‟li ishtirokchilari tomonidan yuqori baholangan. 2010 yilda mamlakatimizda mutlaq sog‟lom bolalar soni ko‟rsatkichi 62,6 foizga yetdi.
Mustaqillik yillarida bolalarga mo‟ljallangan sport inshootlarining soni 1825 tadan 5980 taga yetdi yoki 3,3 barobar oshdi, yosh sportchilar soni 7,4 foizdan 34,3 foizga ko‟tarildi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‟armasi hisobidan qurilgan 1199 ta bolalar sport inshootlari zarur anjom va uskunalar bilan ta„minlandi. 2012 yilda 96 ta obyektning qurilishi va rekonstruksiyasiga jamg‟arma tomonidan 81,6 mlrd. so‟m ajratildi. Jamg‟arma tashkil topgandan beri 1400 dan ortiq zamonaviy bolalar sporti inshootlari qurib, foydalanishga topshirildi.
Sog‟liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish hamda aholi salomatligini oshirish maqsadida bir qator hukumat qarorlari va davlat dasturining amalga oshirilishi natijasida tashhis qo‟yish va tibbiy yordamning barcha turlari sifatini tubdan yaxshilash bo‟yicha keng ko‟lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 sentabrdagi Sog‟liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‟nalishlari to‟g‟risidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 martdagi Sog‟liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‟g‟risidagi qarori, hamda 2011 yil 21 noyabrdagi Ta„lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta„mirlash va jihozlash jamg‟armasini ta„lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta„mirlash va jihozlash jamg‟armasi etib qayta tashkil qilish to‟g‟risidagi qarori tizimni isloh qilishda muhim dasturilamal bo‟ldi.
Sog‟liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot yo‟nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko‟paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli 2019 yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.
So‟nggi yillarda O‟zbekistonda tibbiyot va sog‟liqni saqlash sohasida amalaga oshirilgan ishlar O‟zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 9 noyabr – Sog‟liqni saqlash xodimlari kuniga bag‟ishlangan bayram tabrigida batafsil ko‟rsatib o‟tildi. Unda keltirilishicha, bugungi kungacha sohani isloh qilish bo‟yicha respublikamizda 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2019-2025 yillarda Sog‟liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va tegishli dasturi qabul qilingan. Jismoniy shaxslar eng ko‟p murojaat qiladigan shoshilinch tez yordam yo‟nalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez yordam brigadalari soni 818 tadan 1666 taga yetkazildi. 1500 dan ortiq Tez tibbiy yordam mashinalari xarid qilindi. Joylarda allergologiya, onkologiya, nefrologiya va qator yo‟nalishlarda ixtisoslashgan markazlar soni 16 taga yetkazildi. Xududlarda 310 ta ixtisoslashgan bo‟limlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 14 ta filiali ochildi. Tarmoqda xususiy sektor ulushi oshirilib, bu yo‟nalishdagi shifoxnalar soni 5300 tadan oshdi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar ish boshladi. Ayni paytda mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy ta„lim dargohi, ularning 4 ta filiali, shuningdek, xorijiy nufuzli tibbiy-ilmiy maussasalar hamkorligida 22 ta xalqaro fakultetlar ochildi.
Sohaga davlat byudjetidan 2017 yilda 7,1 trln, 2019 yilda esa 12,1 trln. so‟m mablag‟ ajratildi. Bu o‟tgan yillarga qaraganda 1,6 barobar ko‟p demakdir. So‟nggi yillarda 1300 dan ortiq davolash muassasalarida qurilish-ta„mirlash ishlari olib borilib, 2019 yilda 100 mln.
dollarlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi (Qarang: Sh.Mirziyoyev. Asarlar. 4-jild. 381-385 betlar).

    1. Download 38,55 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish