Reja: Faol ijtimoiy


O’zbekistonda ekologik siyosat



Download 38,55 Kb.
bet4/4
Sana14.06.2022
Hajmi38,55 Kb.
#667275
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu

O’zbekistonda ekologik siyosat.


Sobiq Ittifoq davrida tabiat ustidan hukmronlik qilishdek uzoq davom etgan nomaqbul siyosat natijasida ko‟plab, Hamdo‟stlik mamlakatlari singari, O‟zbekistonda ham og‟ir ekologik vaziyat yuzaga keldi.
Bu vaziyatni bartaraf etish uchun bir qator masalalarni hal qilish lozim edi. Bular yer, havo va suvning ifloslanishi bilan bog‟liq zararli ta„sirlarni kamaytirish, sanoat korxonalarida zamonaviy tozalash qurilmalarini o‟rnatish, mavjud yer va qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish, jonli tabiat genofondini saqlab qolish, shahar va qishloqlarda aholi uchun qulayliklar yaratish, jahon jamoatchiligi e„tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish kabi dolzarb masalalar edi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda tabiat obyektlari muhofazasini kuchaytirish orqali ekologik muammolarning oldini olish va bartaraf qilishga alohida e„tibor berildi.
O‟zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ekologik muammolarni hal qilish borasidagi o‟z fikrlarini BMT Sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‟ishlangan yalpi majlisida: Ekologiyani muhofaza qilish va atrof muhitni asrab-avaylash, ayniqsa, hozirgi anomal tabiiy o‟zgarishlar sharoitida Mingyillik deklaratsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda katta ahamiyat kasb etadi, deya fikr bildirgan edi.
Respublikada bugungi kunda tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etish maqsadida olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari to‟la shakllantirilgan. Konstitusiyamizning 50-moddasida Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‟lishga majburdirlar ( O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T., “O‟zbekiston”. 2019.), deb ko‟rsatilgan. Shuningdek, Asosiy Qonunning 55-moddasida Yer, yer osti boyliklari, suv, o‟simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir, deb ko‟rsatilgan. Bu fuqarolar tomonidan yer, suv, o‟rmon, yer osti boyliklari, hayvonot va o‟simliklar dunyosi va boshqa tabiiy zahiralardan oqilona foydalanishni, ularni tiklash va muhofaza qilish hamda ushbu majburiyatlarni o‟z vaqtida bajarishni talab etadi.
Mustaqillik yillarida O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi talablari asosida qabul qilingan
40 ga yaqin qonun va mingga yaqin qonunosti hujjatlari atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal qilish kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. Bular: Tabiatni muhofaza qilish to‟g‟risida (1992 y.), Suv va suvdan foydalanish to‟g‟risida (1993 y.), Atmosfera havosini muhofaza qilish to‟g‟risida (1996 y.), O‟simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‟g‟risida (1997 y.), Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‟g‟risida (1997 y.), O‟rmon to‟g‟risida (1999 y.), Ekologik ekspertiza to‟g‟risida (2000 y.), Yer osti boyliklari to‟g‟risida (2002 y.),Chiqindilar to‟g‟risida (2002 y.), Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‟g‟risida (2004 y.)gi qonunlar va Yer kodeksi (1998 y.) va boshqalardir.
Hozirgi kunda O‟zbekiston Respublikasining yer maydoni 448.96,9 ming gektarni tashkil etadi. Sug‟oriladigan yerlar 43.13,1 ming gektarni yoki umumiy maydonning 9,7 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatimiz sug‟oriladigan dehqonchilikka asoslangan agro-industrial davlat hisoblanadi. Mamlakat hududida sug‟oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etsa-da, u qishloq xo‟jalik mahsulotlarining 90-95 foizini yetishtirib beradi, ya„ni aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‟lgan talabini qondirishda sug‟oriladigan yerlar alohida ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan ko‟rinib turibdiki, O‟zbekiston Respublikasining yer resurslari naqadar boy va o‟ziga xos xususiyatga ega. Shu ma„noda, yer resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish va undan samarali foydalanishni ta„minlovchi asosiy manba sifatida Yer kodeksi (1998) qabul qilingan. Unga asosan, yer umummilliy boylik bo‟lib, O‟zbekiston aholisining hayoti, faoliyati va farovonligini ta„minlashda undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
O‟zbekiston zamini turli foydali qazilma zahiralariga boy. Bugungi kunda O‟zbekistonda 1800 dan ortiq hamda taxminan 1000 ga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari mavjudligi aniqlangan. Bugungi kunda mavjud 118 turdagi mineral xom ashyodan 65 turi o‟zlashtirilmoqda. O‟zbekiston hududida 1500 dan ortiq kon razvedka qilindi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat, 48 ta nodir metall, 43 ta rangli, noyob va radiaktiv metall, 5 ta qora metall, 3 ta ko‟mir, 37 ta tog‟-kon rudasi, 22 ta tog‟-kon kimyo va 30 ta rangdor tosh xom ashyosi, 525 xildagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yer osti suvlari manbalari mavjudligi aniqlangan.
Tabiat ne„matlari orasida suv alohida o‟ringa ega. Shu sababdan, O‟zbekiston Resnublikasida suv bilan bog‟liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undan tejamkorlik asosida aniq maqsadli va oqilona foydalanish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda respublika bo‟yicha 17 mingdan ortiq, jumladan, Amudaryo havzasida 9,9, Sirdaryo havzasida 4,9 va ushbu daryolar oralig‟ida 2,9 mingta tabiiy suv oqimi mavjud. Hozirgi paytda respublikada irrigatsiya maqsadida 51 ta suv omboridan foydalaniladi. Ularning to‟liq loyihaviy

hajmi 18,8 km
3
., foydali hajmi 14,8 km
3
.ni tashkil kiladi. Eng yiriklari Tuyamo‟yin, Chorvoq,

To‟dako‟l, Kattaqo‟rg‟on suv omborlaridir. O‟zbekistonning yirik suv omborlari kompleks ravishda ishlatiladi, ular, asosan, irrigatsiya, energetika va sanoat maqsadlariga mo‟ljallangan.
Mustaqillik yillarida suv qonunchiligini takomillashtirish bo‟yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1993 yilda O‟zbekiston Respublikasining Suv va suvdan foydalanish to‟g‟risidagi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Suv xo‟jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‟g‟risidagi qarori, Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‟g‟risidagi Nizom, O‟zbekiston Respublikasining Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‟g‟risidagi Qonuni, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi to‟g‟risidagi Namunaviy Nizomlar qabul qilindi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda, suv resurslari bilan bog‟liq barcha muammolar O‟zbekiston Respublikasining Suv va suvdan foydalanish to‟g‟risidagi 2009 yil 25 dekabrdagi yangi tahrirdagi Qonunida o‟z aksini topdi.
Mamlakatimiz sharoitida suv zahiralarining taqchilligi, Orol muammosi, qishloq xo‟jalik ekinlarini sug‟orishga suv resurslarining yetishmasligi O‟zbekistonning izchil rivojlanishiga salbiy ta„sir o‟tkazishi mumkin bo‟lgan asosiy sabablardir. Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni adolatli taqsimlash, ehtiyojga qarab ish tutish, daryolarning yuqori va quyi oqimlaridagi mintaqalar suv iste„molchilari va ekotizimlar o‟rtasida kelishuvga erishish O‟zbekiston va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar uchun muhim hayotiy masaladir.
Shu o‟rinda suv resurslari O‟zbekiston uchun faqat aholi, sanoat va dehqonchilikni suv bilan ta„minlaydigan manba bo‟libgina qolmasdan, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik holatni ma„lum darajada saqlab turuvchi omil ekanligini ham ta„kidlash joiz.
O‟rmon inson yashash sharoitini yaxshilash bilan birgalikda, yer, suv, o‟simliklar dunyosi, atmosfera havosi va boshqa tabiat boyliklarini hamda atrof muhitni muhofaza qilishda, ko‟paytirishda alohida o‟rin egallaydi. O‟rmonlar O‟zbekiston Respublikasining umummilliy boyligi, biosferada muvozanatni saqlashning muhim omili, tabiiy muhitda biologik rang- baranglikning ajralmas qismi, sayyoramizdagi kislorod manbalaridan biri, suv miqdori, atmosfera havosi harorati, tuproqdagi eroziya jarayonlarini tartibga soluvchi tabiiy boylik hisoblanadi. O‟rmonlarni O‟zbekiston xalqining ma„naviy va moddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish va salomatligini asrab-avaylash nuqtai nazaridan ham muhofaza qilish talab qilinadi.
1999 yil 15 aprelda qabul qilingan O‟rmon to‟g‟risidagi Qonunda o‟rmonlarni muhofaza qilishning qator holatlari o‟z ifodasini topgan. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‟zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‟jaligi vazirligi huzuridagi O‟rmon xo‟jaligi bosh boshqarmasi to‟g‟risidagi Nizomga muvofiq, ushbu boshqarma o‟rmonchilik xo‟jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga oshiradi, o‟rmonlarning muhofazasi, himoyasi va ko‟paytirilishini tashkil etadi, o‟rmon resurslaridan

foydalanish huquqini beradi, o‟rmonlarning davlat hisobi va davlat kadastrini yuritadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hisob-kitoblarga ko‟ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqariladi. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‟g‟ri keladi. Olimlarning fikricha, o‟rmon yong‟inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonat kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng. Havoga ko‟tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko‟paytiradi. Oqibatda sayyoramizga quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilishi o‟rniga Yerning o‟zida qolib, bug‟xona hodisasini keltirib chiqarmoqda (Ahmedov T. Iqlim o‟zgarishlari: dunyo hamjamiyati e‟tiborida // "Jamiyat" gazetasi, 2012 yil 30 noyabr.).
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin atmosfera havosini muhofaza qilish masalasiga ham alohida e„tibor berila boshlandi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda O‟zbekiston Respublikasining Havo kodeksi qabul qilindi. 1996 yil 27 dekabrda esa O‟zbekiston Respublikasining Atmosfera havosini muhofaza qilish to‟g‟risidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‟lib, umummilliy boylik hisoblanishi va davlat muhofazasida ekanligi qat„iy ifoda etilgan.
Ta„kidlash joizki, atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishi ozon qatlami buzilishiga ham olib keladi. 1993 yil 18 mayda O‟zbekiston Respublikasi Vena konvensiyasi va Monreal protokolida o‟zining ishtiroki bo‟yicha huquq va majburiyatlarini tasdiqladi va mazkur hujjatlarga qo‟shilishdan kelib chiquvchi majburiyatlarni zimmasiga oldi.
1993 yilda O‟zbekiston Iqlim o‟zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy konvensiyasiga (RKIK) qo‟shildi. 1998 yilda Kioto protokolini imzoladi.
O‟zbekistonning tabiiy florasi mevali, dorivor, sanoatbop, manzarali, efir moyli va boshqa yovvoyi o‟simliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu rang-barang yovvoyi o‟simliklardan inson manfaati yo‟lida oqilona foydalanish va ularni kelajak avlod uchun saqlab qolish davlatimiz hamda keng jamoatchilik oldidagi eng muhim vazifalardan biridir (Xolmo‟minov J. Tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilishning ekologik-huquqiy muammolari. -T.: Falsafa va huquq instituti, 2009. -B. 189.).
Hozir Yer kurrasida uchraydigan 600.000 turdan ortiq yovvoyi o‟simliklardan O‟zbekistonda bor-yo‟g‟i 4000 turi uchraydi, xolos (Flora Uzbekistana. Spravochnik. –T., Fan. 1995. 236 b.). O‟zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"dagi ma„lumotlarga ko‟ra, keyingi 14 yil ichida 138 xil yovvoyi o‟simliklar kamyob va yo‟qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoridan joy oldi. Chunonchi, 1984 yilda ularning soni 163 ta bo‟lsa, 1998 yilga kelib 301 tagacha ko‟paydi. "Qizil kitob"ga yo‟qolib ketish xavfi bo‟lgan o‟simliklarning 42 ta oilasi, 111 ta avlodiga mansub 301 ta turi kiritilgan. Ularning ko‟pchiligi qimmatbaho dorivor o‟simliklardir. O‟zbekiston hududida ma„lum sharoitlardagina uchraydigan, fan olamida endem deb yuritiladigan o‟simliklarning 390 ta turi mavjud bo‟lib, ular respublikamizning bebaho umummilliy boyligi va faxri hisoblanadi.
O‟zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Botanika" IICHM ma„lumotlariga ko‟ra, O‟zbekiston o‟simliklar dunyosi tarkibida hozirgi kunda 4100 dan ortiq o‟simlik turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq tur yovvoyi o‟simliklar, 9 foizi endemiklardir. Bu O‟zbekistonda o‟simlik dunyosining nechog‟lik boyligini ko‟rsatadi.
O‟zbekiston Respublikasi hududida sobiq Ittifoq davrida respublikamizning boy tabiiy- jo‟g‟rofiy boyliklaridan ayovsiz foydalanish, tabiatni muhofaza qilish bilan bog‟liq chora- tadbirlarning bajarilmasligi oqibatida 80-yillarda tabiiy muvozanat buzilishi va iqlim sharoiti o‟zgardi. Bu esa o‟simlik va hayvonot dunyosi noyob turlari yo‟qolib ketishiga, genetik fondi va zarur shart-sharoitlar buzilishiga sabab bo‟ldi.
O‟zbekiston tabiati hayvonot dunyosi turlariga nihoyatda boy bo‟lib, u qo‟shni respublikalar hayvonot dunyosiga o‟xshash hamda subtropik ko‟rinishdadir. O‟zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ma„lumotlariga ko‟ra, respublika faunasi 97 turdagi sut emizuvchi, 424 turdagi qush, 58 turdagi reptiliya va 83 turdagi baliqlarni o‟z ichiga oladi.
Shundan 24 turdagi sut emizuvchi, 48 turdagi qush, 16 turdagi reptiliya va 18 turdagi baliq O‟zbekiston Respublikasi "Kizil kitobi"ga kiritilgan.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‟yicha munosabatlarni tartibga solishda O‟zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‟g‟risida"gi Qonuni muhim huquqiy asoslardan biridir. Ushbu Qonunda quruqlikda, suvda, atmosfera va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, O‟zbekiston hududida doimiy va vaqtinchalik turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadida yarim erkin sharoitda yoki sun„iy yaratilgan yashash sharoitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soldi.
O‟zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida xalqaro konvensiyalarga qo‟shilish va ularni ratifikatsiya qilishga ham alohida e„tibor qaratdi. Bioresurslarning turlarini saqlab qolish maqsadida O‟zbekiston Respublikasi 1995 yilda "Bioxilma-xillik to‟g‟risida"gi Konvensiyaga qo‟shildi, ushbu Konvensiya 1992 yilda Rio-de- Janeyroda imzolanib, 1995 yilda kuchga kirgan. O‟zbekiston Respublikasi 2001 yilda "Asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoq maydonlari to‟g‟risida"gi Konvensiyaga qo‟shildi, ushbu Konvensiya 1971 yilda imzolanib, 2002 yilda kuchga kirgan. Bu Konvensiyaning asosiy maqsadi yovvoyi hayvonot dunyosi va tabiatdan ajratilgan holda boqilayotgan hayvonot dunyosi obyektlarini, suvda yashovchi barcha turdagi hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan.
Milliy siyosat va xalqaro hamkorlikning asosiy yo‟nalishlari mamlakatning ekologik salohiyatini saqlashga qaratilgan. Ushbu maqsadda O‟zbekiston Respublikasi "Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‟yicha" Vena konvensiyasi (18.05.1993 y.), "Tabiiy muhitga harbiy yoki boshqa har qanday zo‟ravonlik bilan ta„sir qilishni taqiqlash to‟g‟risidagi" Konvensiya (26.05.1993 y.), "Butunjahon madaniy va tabiiy meroslarni muhofaza qilish to‟g‟risida"gi Konvensiya (22.12.1995 y.), "Yo‟qolib ketish xavfi ostida bo‟lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‟g‟risida"gi Konvensiya (01.07.1997 y.), "Yovvoyi hayvonlarning ko‟chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish bo‟yicha Konvensiya" (01.05.1998 y.), "Asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoq maydonlari to‟g‟risida"gi Ramsar Konvensiyasi (08.02.2002 y.), shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bo‟yicha hamkorlik sohasidagi qator davlatlararo bitimlarga qo‟shildi.
O‟zbekiston Respublikasida ekologik muammolarni bartaraf qilish maqsadida olib borilgan ishlarning eng asosiylaridan biri 2008 yil 2 avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu yo‟nalishda ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va faol jamoatchilik ishtirokida tuzilgan O‟zbekiston Ekologik harakatining tashkil etilishi bo‟ldi.
Ekoharakatning tashkil etilgani mamlakatimizda ekologik jamoat birlashmalari rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Ayniqsa, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ekolo- gik jamoat birlashmalari Ekoharakat timsolida atrof tabiiy muhit va inson salomatligi muhofazasi bo‟yicha barcha say-harakatlarni birlashtirish hamda safarbar etish imkoniyatiga ega bo‟ldi.
O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 12 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma„qullangan, O‟zbekiston Respublikasining Ekologik nazorat to‟g‟risidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun ekologik muammolarning 2008 yil 19 sentabrda O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan "2008-2012 yillarda O‟zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi" hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli qarori asosida qabul qilingan "2013-2017 yillarda O‟zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo‟yicha harakatlar Dasturi bilan birga ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.
2017 yil 21 aprelda Prezident Qarori bilan (PQ-2915) O‟zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi tashkil etildi. 2019 yil 8 yanvarda O‟zbekiston ekologik partiyasi tashkil topdi va 2019 yil 22-dekabrda bo„lib o„tgan parlament saylovlarida 5- mustaqil siyosiy partiya sifatida ishtirok etdi.
Yuqoridagilardan ko‟rinib turibdiki, mamlakatimizda ekologik muammolarni hal qilish borasidagi faoliyat o‟ziga xos bo‟lib, atrof muhitni musaffo saqlash borasida keng ko‟lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida ushbu sohada qilinayotgan ishlar hozirgi va kelajak avlod manfaatlari uchun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta„minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‟ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko‟tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
O‟zbekiston tashabbusi bilan 2018 yilda BMTning Orolbo‟yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‟yicha ko‟p tomonlama sheriklik asosida Trast fondining tuzilishi, o‟zbek diplomatiyasining katta yutug‟i bo‟ldi.
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o‟rmonlar barpo etishga alohida e„tibor berilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O‟zbekiston bo‟yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o‟rmonzor yaratilgan bo‟lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‟i aynan Orolbo‟yi hududida barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‟ra, Orol dengizining suvsiz hududida 2019 yilda yana 500 ming gektar o‟rmonzor barpo etildi.
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‟iston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018 yilda Mo‟ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‟lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi.
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida bo‟lib keldi. Jumladan 2020 yil 23 sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 yillik videokonferensiyasida nutq so‟zlab, dunyo jamoatchiligi diqqat- e„tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
Prezidentimiz o‟z ma„ruzasida Orolbo‟yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e„lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta„kidlab o‟tdi.
3. Millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta„minlashda millatlararo omillarning ahamiyati katta.
Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari – turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do‟stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‟ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo‟lishiga olib keldi.
1992 yil 7 martda Prezident Farmoni bilan O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‟yicha qo‟mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e„tiqodi erkinligiga kafolat berildi. Diniy-axloqiy mavzuda ko‟plab kitoblar chop etildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Respublikamiz rahbariyati kishilar ma„naviy kamolotida islom dinining katta ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko‟rsatishi uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Mamlakatimizda 1992 yili o‟n ikkita milliy-madaniy markaz faoliyat olib borgan bo‟lsa, 2002 yilga kelib, viloyatlar bilan hisoblaganda, ularning soni 138 tani tashkil etdi. Milliy- madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika baynalmilal madaniy markazi tashkil qilindi (Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‟at. -T.: Sharq, 2006. B. 445.). Ushbu markaz oldiga milliy-madaniy markazlarga amaliy va metodologik jihatdan ko‟maklashish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, O‟zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning milliy urf-odatlari va an„analari, madaniyati, ma„naviy qadriyatlarini rivojlantirishga ko‟maklashish, MDH va chet eldagi milliy hamda baynalmilal madaniy markazlar bilan aloqalar o‟rnatish kabi mas„uliyatli vazifalar qo‟yildi.
O‟zbekiston mustaqillikka erishgandan so‟ng birinchilardan bo‟lib, qozoq, qirg‟iz, tojik, uyg‟ur, dungan va Buxoro yahudiylari milliy-madaniy markazlari tashkil etildi.
1992 yil Toshkentda "Avdet" nomli qrim-tatarlari milliy madaniy markazi tashkil etilib, uning qoshida "Akkalfak" uyushmasi tuzildi. Shu yili tatar-boshqird madaniy markazi ham tashkil topib, "Yashlik" deb atalgan tatar-boshqird xalq ashula va raqs ansambli ish boshladi.
1994 yilning yanvar oyida Rus milliy-madaniy markazining ochilishi mazkur millat vakillari tomonidan qizg‟in kutib olindi.
O‟zbekistonda salmog‟i va salohiyati bilan aloqida o‟rin tutuvchi millatlardan biri koreyslardir. XX asr 30-yillarida koreyslar O‟rta Osiyoga majburan ko‟chirib keltirilgan, 1937 yilning oktabr-noyabr oylarida ularning soni 74.500 kishi edi. Hozirda O‟zbekistonda 220 mingga yaqin koreyslar yashab, jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok etmoqda. O‟zbek xalqining bag‟rikengligi, mehmondo‟stligi tufayli bu yurt ularning ikkinchi Vataniga aylandi. Millatlararo totuvlikni ta„minlovchi huquqiy zaminlar yaralildi.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O„zbekiston xalqini millatidan qat„iy nazar, O„zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi, O„zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo„lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e„tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat„iy nazar, qonun otdida tengdirlar, deb belgilab qoyilgan ( O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 8, 18-moddalar).
O„zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an„analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli O„zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayoni sodir bo‟ldi.
1989-yildayoq O„zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari – milliy-madaniy markazlar tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 138 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‟rsatdi.
Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo‟nalishda faoliyat ko‟rsatdilar:

  • har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish;

  • O„zbekistonni o‟zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish;

    • O„zbekiston davlatiga nom bergan o‟zbek xalqi bilan do‟stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish.

Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo‟nalishdagi to‟garaklar ishlay boshladi. Jumladan:

  • o‟z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o‟rganish to‟garaklari;

  • O„zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o‟rganish to‟garaklari;

  • milliy musiqa, raqs va hunar to‟garaklari faoliyat ko‟rsatdilar.

1992-yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e„tibor qaratildi. O„zbekiston davlati ko‟magida Baynalmilal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda Bobur ko‟chasidagi muhtasham saroyga ko‟chib o‟tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi.
O„zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog‟ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O„zbekistondagi o‟z millatiga mansub milliy-madaniy markazlarda bo‟lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo‟lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O„zbekistondagi elchixonalar va diplomatik korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o‟tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san„at arboblariga bag‟ishlangan badiiy ko‟rgazmalar tashkil etilmoqda.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi Farmoniga binoan Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Endilikda Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi va Toshkent Islom Universiteti samarali faoliyat ko‟rsatmoqda.
O„zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar – Mustaqillik kuni, Navro’z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda.
2017 yil 19 mayda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‟stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida (PF-5046), 2019 yil 15 noyabrda esa Millatlararo munosabatlar sohasida O‟zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‟g‟risidagi O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5876) qabul qilindi.

Barcha millat va elat vakillari O„zbekistonni o‟zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo‟lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O„zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir.


Xulosa qilib aytganda, O„zbekistonda yashayotgan millatlar o‟rtasidagi do‟stlik va o‟zaro hamjihatlik rishtalari yangicha mazmun bilan boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta„minlandi. Bu O„zbekistonning yanada barqaror o‟sishiga mustahkam zamin bo„lib xizmat qilmoqda.
Download 38,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish