Reja: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi



Download 98,5 Kb.
bet5/15
Sana16.03.2022
Hajmi98,5 Kb.
#493777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4-mavzu

Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o’rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko’rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o’zaro bog’lanishli bo’lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o’zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo’lmasligi mumkin. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendentsiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilatsiya – dissimilatsiya, o’zgaruvchanlik – tug’malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o’rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko’proq jamiyatga tegishlidir.)
Qarama-qarshilik birligi nima? Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo’lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo’q bo’lsa, ularning ikkinchisi ham yo’q bo’ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-biriga o’tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik o’zida mavjud bo’lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo’lgan jihatga muhtoj bo’ladi. Ular bir-biri bilan o’zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko’rsatish orqali bir-biriga o’tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo’lmasligini, ularning har biri o’zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o’quv jarayoni o’qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).
Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga «be’arvo» bo’lmaydi, balki bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Ularning o’rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o’zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo’lishga harakat qiladi. SHunday qilib, qarama-qarshilikliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o’tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to’xtamaydi.

Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish