Reja: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi


Kategoriya tushunchasi va ularning turlari



Download 98,5 Kb.
bet10/15
Sana16.03.2022
Hajmi98,5 Kb.
#493777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4-mavzu

Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o’z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko’rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko’rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo’lib, predmet lar o’z umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o’zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o’zakdosh so’zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo’lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o’z fikrlarimizni so’zlar yordamida ifodalaymiz. So’z – fikr va dunyo o’rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So’z boyligimiz qancha katta bo’lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo’ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so’z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so’zlari ma’lum darajada umumiy, abstraktdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o’ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo’li: «bu atirgul» («bu» so’zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so’zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. SHundan so’ng bu iboraga «gul» so’zini qo’shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e’tibor barcha gullarda mavjud bo’lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O’simlik» so’zi butun o’simliklar dunyosini o’z ichiga oladi va yanada kengroq abstraktsiya hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo’lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo’lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo’ladi, chunki o’simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o’z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi.
Fikr bizning dunyo bilan o’zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o’z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so’z boyligimiz o’zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos keladigan atamani to’ish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi so’zlarning ma’no boyligi qancha aniq bo’lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo’ladi, bizning tushunchalar a’’aratimiz qancha keng bo’lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha komilroq bo’ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya’ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo’ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so’z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo’lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, ti’ik mazmunini o’zida aks ettiradigan o’ta keng tushuncha. SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.

Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish