Reja: “Estetika” fanining obyekti va falsafiy mohiyati



Download 34,68 Kb.
bet3/9
Sana01.02.2022
Hajmi34,68 Kb.
#423422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ESTETIKA (1)

Nafosat falsafasi va sotsiologiya.Bugungi kunda nafosat falsafasining sostiologiya bilan aloqadorligi juda ham muhim. Ma’lumki, har bir san’at asari alohida inson shaxsiga e’tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq etadi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham ijtimoiylik jamiyat a’zosi – muallif qarashlarining bilvosita in’ikosi bo’lmish uslubda o’zini ko’rsatadi. Zero asar muallifi hech qachon o’zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo’lib turolmaydi. Shuningdek, yirik asarlar sostiologik tadqiqotlar uchun o’ziga xos material bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, sostiologiya jamiyat bilan san’atning o’zaro aloqalarini, san’atning ijtimoiy vazifalarini o’rganadi; san’atkorning jamiyatdagi o’rni, mavqei, o’quvchi va tomoshabinlarning ijtimoiy-demografik holatlarini tadqiq etadi; shaxs ijtimoiylashuvida san’atkor va san’at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Bu muammolarni atroflicha o’rganish uchun maxsus san’at sostiologiyasi sohasi ham mavjud.
Nafosat falsafasi va dinshunoslik. Nafosat falsafasining dinshunoslik bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Chunki din va san’at doimo bir-birini to’ldirib keladi va ko’p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo’lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o’z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun - haykaltaroshlik, nasroniylik uchun -tasviriy san’at, musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o’z ibodatxonalari bo’lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog`liqligi hammamizga ma’lum.
Nafosat falsafasi va pedagogika. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug`ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug`ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib o’tadigan bosqichlar uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning strategiyasidir.
Nafosat falsafasi va semiotika. Nafosat falsafasi semiotika–belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon bo’ladi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o’zida mujassam qilgan san’at asari o’sha axborotni yetkazib berishga ham mo’ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog`liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o’rganadi.
Dunyoni estetik his qilishga mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlar
Inson tabiatan bo`sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo`sh vaqt mobaynida u jisman va ruhan dam olish, kundalik mehnat, qorin to`ydirish tashvishidan forig` bo`lish imkoniga ega. Bo`sh vaqt insonda o`yin hissi uyg`onishining asosiy omilidir. San`atning vujudga kelishida o`yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma`lum. Demak, estetik anglash va estetik faoliyatning tadrijiy rivojida mehnat bilan birga bo`sh vaqt ham asosiy omil hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va bo`sh vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko`tarish esa, davlat paydo bo`lganda ro`y berishi mumkin. Davlatning o`z vazifasini qanchalik adolatli va mukammal bajarishi, shunchalik jamiyat farovonligiga olib keladi. Farovon jamiyat esa, o`z a`zolarining bo`sh vaqtini ta`minlay oladi va pirovard natijada, estetik anglash hamda estetik faoliyat taraqqiyoti uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi. Shunday qilib, davlatchilik tizimi paydo bo`lishi bilan insonning badiiy-estetik taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Ana shu davr ibtidosini biz Mesopotamiya-Qo`sh daryo mintaqasida, xususan, Somir davlatida ko`rishimiz mumkin.
Eng qadimgi diniy tasavvurlarning vujudga kelishida mifologiyaning be`qoyos ahamiyatini kuzatishimiz mumkin. Bunday qarashlani bizgacha to`liq yoki qisman yetib kelgan miflarda uchratishimiz mumkin. Jumladan eng qadimgi diniy tasavvur shakllari bo`lmish qadimgi somir xalqlarida estetik tafakkurning kelib chiqishi mifologiyaga borib taqaladi. Ma`lumki, qadimgi odam oldida turgan turli xil masalalardan biri estetik tabiatga ega bo`lish muammosi edi. Bu muammoni o`ziga xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. Shu bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konsepsiyasi, falsafiy umumlashma deb atash mumkin; faqat u nazariy emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zotan, asotirlardagi badiiy inglashda inson o`zi haqida, o`zining real borliq go`zalligi bilan bog`liqligi haqida fikr yurtitishga ilk bor intilad. Bunga dunyoning harakatlanishi, olamning asosini tashkil etuvchi substansiya, unda insonning o`rni, tabiat qonunlari masalalari mifologik qarashlarning markazida turganligini ko`rishimiz mumkin.
Mifologik tasavvurlarning kengayib va rivojlanib borishi diniy tasavvur va e`tiqodlarning shakllanishi uchun fundamental asos vazifasini bajarib bergan. Ma`lumki, har bir diniy e`tiqod da`vatsiz, targ`ibot-tashviqotsiz keng omma orasiga kirib bora olmaydi. Faqat muqaddas kitoblar va ibodatxonalar orqaligina ko`zlangan maqsadga erishish qiyin. Shu bois da`vatning yanada kengroq ta`sir maydoniga ega boshqa ma`naviy hodisalar ko`magida olib borilishi tabiiy zarurat sifatida yuzaga chiqdi. Natijada asosiy vositalardan biri sifatida din san`atni tanladi. Zero, san`at barcha ifoda shakllari ichida universalligi bilan ajralib turadi: u birvarakayiga rang-baranglik, mukammallik va jonlilik xususiyatlariga ega.

Download 34,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish