M exanik usul — bu hududni toza tutish, axlatlarni yig‘ish, supurib-sidirish, jihozlarni artish, qo‘llarni, badanni yuvish, kir jihoz va buyumlarni yuvish hisoblanadi. Bunda odatdagi kir bilan birga kasallik qo‘zg‘atuvchilari ham yo‘qotiladi.
F izik usul — bu suvda qaynatish, bug‘latish, jihoz va buyumlarni quyoshda toblash (ma’lumki, quyosh nuri ko‘plab mikroblarni o‘ldiradi), dazmollash, kvars lampalaridan foydalanish sanaladi. Bu usul ham ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘ldiradi.
K imyoviy usul — bu kimyoviy moddalar yordamida kasallik qo‘zg‘atuvchisini yo‘qotish hisoblanadi. Ma’lumki, ba’zi kimyoviy moddalar kasallik qo‘zg‘atuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga ega. Xlorli preparatlar – xlorli ohak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, lizol – dezinfeksiya ishlarida eng ko‘p qo‘llanadigan kimyoviy moddalar hisoblanadi.
Y uqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish usullaridan yana biri bu deratizatsiya tadbiridir. Deratizatsiya deganda yuqumli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar — sichqon kalamush, yumronqoziq va hakazolarni yo‘qotish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar tushuniladi. Ma’lumki, ko‘plab kemiruvchilar qonida insonlar uchun xavfli bo‘lgan mikroblar mavjud. Bu mikroblar ularning ajralmalaridan tashqi muhitga tushib atrof muhitni, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantirishi va kasallikka sabab bo‘lishi mumkin.
Y uqumli kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan yana bir tadbir bu dezinseksiya tadbiridir. Dezinseksiya deganda yuqumli kasallik tarqatuvchi hasharotlar — pashsha, chivin, kana, bit, burga va hakazolarni yo‘qotish bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar tushuniladi. Hasharotlarni yo‘qotish orqali biz kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar tashuvchisini yo‘qotamiz.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish usullaridan yana biri bu emlash tadbiridir. Buning uchun vaksina, zardob va antitoksinlardan foydalaniladi. Emlash kasallik hali yo‘q vaqtda rejaga muvofiq (majburiy emlash) hamda kasallik avj olgan paytda epidemik ko‘rsatkichlarga binoan o‘tkazilishi mumkin. Rejali emlash tadbiriga bolalarni emlashni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday rejali emlashlar sababli mamlakatimizda va boshqa mamlakatlarda tabiiy chechak, poliomiyelit va boshqa kasalliklar tugatib yuborganligi emlash tadbirlarining qanchalik samaradorligini ko‘rsatadi. Ilk bor 17-asrda ingliz vrachi E.D.Jenner chechak kasalligini davolash uchun chechakka qarshi emlash usulini taklif etgan.
Epizootik favqulodda vaziyatlar. Epizootiya – aniq bir hududda bir yoki ko‘p turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlari o‘rtasida kasallikning odatda ushbu hududda qayd qilinadigan darajasidan anchagina katta bo‘lgan darajada rivojlanadigan yuqumli kasallikning tarqalishi.
Enzootiya – tabiiy va xo‘jalik iqtisodiy sharoitlari kasallikning hamma yoqqa tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan aniq bir joy, xo‘jalik yoki aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik hayvonlari o‘rtasida bir vaqtda tarqalishi.
Panzootiya – qishloq xo‘jaligi hayvonlari yuqumli kasalligining katta hududda butun bir mintaqa, bir necha mamlakat va materiklarni qamrab olgan holda bir vaqtda ommaviy tarqalishi.
Hayvonlarning barcha yuqumli kasalliklari 5 guruhga bo‘linadi:
1-guruh – alimentar infeksiyalar. Tuproq, yem, suv orqali o‘tadi. Ovqat hazm qilish tizimi zararlanadi. Bunday infeksiyalarga kuydirgi, oqsim, manqa, brusellez kiradi.
2-guruh – respirator infeksiyalar. Nafas olish yo‘llari shilliq pardalari va o‘pkaning zararlanishi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Ushbu kasalliklarga paragripp, ekzotik zotiljam, qo‘y va echki chechagi, go‘shtxo‘r hayvonlar o‘lati kiradi.
3-guruh – transmissiv infeksiyalar. Qon so‘ruvchi bo‘g‘imooyoqlilar yordamida o‘tadi. Qo‘zg‘atuvchilari doimo yoki alohida davrlarda qonda bo‘ladi. Bu kasalliklarga ensefalomiyelit, tulyaremiya, otlarning yuqumli anemiyasi taalluqlidir.
4-guruh – qo‘zg‘atuvchilari teri orqali vositachilar ishtirokisiz o‘tadigan infeksiyalar. Qoqshol, quturish, sigir chechagi ushbu kasalliklar sirasiga kiradi.
5-guruh – aniqlanmagan yo‘l bilan zararlaydigan infeksiyalar.
O‘ta xavfli kasalliklar epizootiyasining shakllanish manbalari sel oqimlari, suv toshqinlari, davlat veterinariya xizmati bilan kelishmay turib yer ishlarini olib borish, chetdan olib kiriladigan hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, yem va boshqa vositalar, chetdan uchib keluvchi yovvoyi parrandalar to‘planadigan joylar, o‘ta xavfli kasalliklar o‘choqlari mavjud joylarda kemiruvchilar va hasharotlar sonining ortishi va biologik terrorizm bo‘lishi mumkin. Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklariga misollar:
Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi.
Oqsim – juft tuyoqli uy va yovvoyi hayvonlarning virusli kasalligi. Kasallik hayvonlar orasida enzootiya, epizootiya va panzootiya holida tarqalib, qisqa muddat ichida bir necha hududlarga tarqalish xususiyatiga ega.
Cho‘chqalarning klassik o‘lati – virusli kasallik. U bilan faqat uy va yovvoyi cho‘chqalar kasallanadi. Infeksiya manbalari – kasallangan va kasal bo‘lib o‘tgan cho‘chqalar. O‘lat yilning ixtiyoriy vaqtida, ko‘proq kuzda uchraydi. Davolash usullari ishlab chiqilmagan. Shu sababli kasallangan hayvon zudlik bilan o‘ldirilib, yoqib yuboriladi.
Qushlarning soxta o‘lati – tovuqsimonlar oilasiga mansub qushlarning virusli kasalligi. Nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, markaziy nerv tizimining zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik manbai – viruslarni barcha ajratmalari, tuxumi va nafasi bilan ajratuvchi kasal yoki kasal bo‘lib o‘tgan qushlar. Inkubatsiya davri 24 s. Zararlanish ko‘proq yem, suv, havo orqali, odatda kuz-yoz davrida yuz beradi. O‘lim ko‘rsatkichi – 60-90% ni tashkil etadi. Odatda qushlarni davolamay, o‘ldiriladi va yoqib yuboriladi.
Yuqumli gepatit – it va boshqa go‘shtxo‘r (tulki, bo‘ri)larning virusli kasalligi. Bezgak, shilliq pardalarning shamollashi va jigarning zararlanishi bilan tavsiflanadi.
Qora oqsoq (brusellez) – uy va ayrim yovvoyi hayvonlarning yuqumli kasalligi. Odam uchun xavfli. It va mushuklar brusella (melitenzis, abortus, ovis va boshq.)ning ixtiyoriy turidan zararlanishi mumkin. Hayvonlar kasal sigir, qo‘y, cho‘chqalarning go‘shti va sutini iste’mol qilganda yuz beradi.
Qoqshol – hayvonlarning ko‘plab turlari va odamda uchraydigan yarali bakteriyali kasallik. Mushaklarning spazmatik qisqarishi bilan namoyon bo‘ladi.
Manqa kasalligi – sap. Ushbu zoonoz kasallikni manqa tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Manqaning o‘tkir va surunkali xillari bor. U eshak, tuya, zebra va yirtqich hayvonlarda uchraydi.
Quturish – hayvonlarning ko‘plab turlari, ayniqsa it, tulki va boshqalarning o‘tkir virusli kasalligi. Markaziy nerv tizimining og‘ir zararlanishi bilan tavsiflanadi va inson uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Hayvon tishlab olganda, shuningdek hayvon so‘lagining boshqa hayvonlar va odam organizmiga tushishidan yuqadi. Odamlarda quturish kasalligi itlarning tishlashi natijasida kelib chiqishini birinchi marta Aristotel aniqlagan.
Kuydirgi kasalligi qadim zamonlardan keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p asrlar davomida odamzod boshiga ko‘plab talafotlar keltirgan. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin. Kuydirgi mikrobi uzunligi 5-8 mkm, yo‘g‘onligi 1-1,5 mkm keladigan tayoqcha tuzilishida bo‘lib, yuqori harorat va turli dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida bir necha daqiqa ichida halok bo‘ladi. Kuydirgi kasalligining manbai uy hayvonlari, asosan mayda va yirik shoxli hayvonlar hamda otlar hisoblanadi. Odamg a kasal hayvonlardan — hayvonni soʻyish, goʻshtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorvachilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, yaʼni hayvonlar bilan bevosita muloqotda boʻladigan kishilarda koʻproq kuzatiladi. Infeksiya sogʻlom odam organizmiga nafas yoʻllari, teri va ogʻiz orqali tushishi mumkin. Odamda kuydirgining oʻpkaga, ichakka, teriga zarar yetkazadigan va infeksiya — qonga oʻtib tarqaladigan septik xillari uchraydi. Kasallik alomatlari ham zararlangan aʼzolarga qarab turlicha boʻladi. Kasallikning teri shaklida kuydirgi qoʻzgʻatuvchisi zararlangan teri orqali kiradi. Bu shaklda yashirin (inkubatsion) davr 2—3 kun. Terining infeksiya kirgan sohasida dastlab boʻrtma (papula) paydo boʻla-di, u loyqa yoki qonli suyuqlik bilan toʻlgan pufakcha (pustoʻla)ga aylanadi. Pufakcha tez orada yorilib, qora qoʻtir boʻladi. Atrofida yangi pufakchalar hosil boʻlib, qora qoʻtir kattalashadi, uning tagida ogʻrimaydigan shish koʻzga tashlanadi. Odatda, shu jarohatni "kuydirgi xoʻppozi" deb ataladi. U koʻpincha yuz sohasi, bilak, boʻyin yoki oyoqda boʻladi. Bunda gavda temperaturasi koʻtarili-shi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu-sizlik va h.k. kuzatiladi. Oradan 2—3 hafta oʻtgach, bemor tuzala boshlaydi. Oʻpkasida toʻsatdan isitma koʻtarilib, yoʻtal tutadi, qonli balgʻam keladi, bemorning koʻkrak sohasi ogʻriydi, nafas olishi qiyinlashadi. Ichak K.si ovqatdan zaharlanishga oʻxshab boshlanadi, bemor koʻngli aynib, qusa-di, qorni qattiq ogʻriydi, ichi dam boʻladi. Profilaktika maqsadida mollar bilan muloqotda boʻladigan kasbdagilar: chorvadorlar, qassoblar, teri oshlovchilar kuydirgiga qarshi vaksina bilan emlanadi. Kuydirgidan halok bo‘lgan hayvon va odam jasadi kuydiriladi yoki maxsus tobutga solinib, 2 metr chuqurlikka ko‘miladi. Infeksiya o‘chog‘ida bo‘lganlarga shoshilinch profilaktik chora-tadbir sifatida 7-10 kun davomida kuydirgi gammaglobulini va penitsillin ukol qilinadi. Kasallik qayd qilingan xo‘jaliklarda karantin e’lon qilinadi. Bundan tashqari hayvonlar sil, salmonellez, kolibakterioz, kalmaraz (parsha) va boshqa kasalliklar bilan og‘riydi. Hayvonlarda bit, burga kabi parazit hasharotlar ham uchraydi. Epizootik kasalliklardan muhofazalanish tadbirlari: karantin, observatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va h.k. Epizootik favqulodda vaziyatlarning ayrimlari (manqa, qush grippi, kuydirgi) davolash choralarining mavjud emasligi sababli profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish zarur.
Epifitotik favqulodda vaziyatlar. Epifitotiya – qishloq xo‘jaligi ekinlarining ommaviy nobud bo‘lishi va hosildorlikning pasayishi bilan kechuvchi ommaviy kasallik va (yoki) o‘simlik zararkunandalari sonining keskin ko‘payishi.
Enfitotiya - tabiiy va xo‘jalik-iqtisodiy sharoitlari ushbu kasallikning har tomonga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan, aniq joy, xo‘jalik, aholi yashash joyida qishloq xo‘jaligi o‘simliklari o‘rtasida yuqumli kasallikning bir vaqtda tarqalishi.
Panfitotiya – bir necha mamlakat yoki qit’a hududida o‘simliklarning ommaviy kasallanishi va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalarining keskin ko‘payishi.
O‘simliklar kasalligi – fitopatogen yoki muhitning noxush sharoitlari ta’sirida o‘simliklar hosildorligining pasayishiga yoki nobud bo‘lishiga olib keluvchi hujayralar, o‘simlik organlari va butun o‘simlikdagi meyordagi moddalar almashinuvining buzilishi. Zararkunanda – qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan jonivorlar va hasharotlar. Fitopatogen – o‘simlik kasalligi qo‘zg‘atuvchisi. Moddalar almashinuviga halokatli ta’sir qiluvchi biologik faol modda ajratib, ildiz tizimini zararlaydi, to‘yimli moddalar kirishiga halaqit beradi. O‘simliklarning fitopatogenga ta’sirchanligi navlarning barqarorligi, zararlanish vaqti va ob-havoga bog‘liq. O‘simliklar kasalliklari va zararkunandalarning tarqalishi epifitotiya, enfitotiya va panfitotiya tarzida yuz beradi.
Kartoshka fitoftorozi – zararli kasallik. Tuganaklar hosil bo‘lish davrida ko‘chatlarning bevaqt nobud bo‘lishi va ommaviy chirib ketishi tufayli hosil miqdori kamayib ketadi. Gullash davrida butalarda to‘q qora-jigarrang yoki kulrangsimon yog‘li dog‘lar paydo bo‘ladi. Zararlangan barglarning orqa tomonida oq rangli karash hosil bo‘ladi. Yomg‘irli havoda kasallik tez tarqaladi va bir necha kun ichida barcha ko‘chatlarni shikastlaydi. Kasallik, odatda, yozning ikkinchi qismida kuzatiladi. Hosildorlik 15-20% va undan ko‘proq yo‘qotilishi mumkin.
K olorado qo‘ng‘izi - zararkunanda. Uning o‘lchami 9-11 mm. Bahorda tuproq ostidan chiqadi. Urg‘ochisi yaltiroq, zarg‘aldoq cho‘zinchoq-ovalsimon, uzunligi 2-4 mm. li tuxum qo‘yadi. Tuxumlarni kartoshka bargining orqa tomoniga 18-20 tadan birlashtiradi. G‘umbaklar 24 kun rivojlanadi. Bir yil davomida bittadan to‘rttagacha avlod qoldiradi. Natijada hosildorlik keskin kamayib ketadi.
Kartoshka parvonasi – yoygan qanotlari kengligi 28-40 millimetrga yetadigan kapalak. Nam maydonlarda tarqaladi. Kapalak o‘simlik poyasida tuxum qo‘yishidan o‘simlik nobud bo‘ladi.
Chigirtka - qishloq xo‘jalik mahsulotlarining o‘ta xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Chigirtkalarning 20 mingta turi mavjud. Ulardan 50 dan ziyod turi xavfli hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda chigirtkalarning 250 turi uchraydi, shundan 6-7 turi xavflidir. Marokash, osiyo yoki to‘qay, voha yoki italiya chigirtkalari shular jumlasidandir. Zararli chigirtkalarga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalaridan foydalaniladi. Qushlar, ilonlar va kaltakesaklar shular jumlasidandir. Ammo chigirtkalarning ko‘payish darajasi juda ham yuqori bo‘lganligi sababli ularga qarshi kimyoviy preparatlardan foydalaniladi. Kimyoviy preparatlar chigirtkalar bilan zararlangan hududga AN-2 samolyotida, deltaplanda, traktorlarda va qo‘l purkagichlar yordamida sepiladi.
Meva bog‘larida olma qurti, shira, qalqandorlar uchraydi. Olma qurti urug‘ mevali daraxtlarga jiddiy zarar yetkazadi. Unga qarshi kurashish uchun kuzda va erta bahorda daraxtlarning qurigan po‘stloqlari, shoxlari qirqilib, shakl beriladi. Qator oralarga ishlov berib, begona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlaridan tozalanadi. Bahor oylarida bog‘larda kalmaraz (parsha), un-shudring kabi kasalliklar rivojlanib, zarar keltirishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Danakli meva bog‘larida esa klyasteriosporioz (teshikli dog‘lanish) va barg buralishi kasalliklari hosilga jiddiy zarar yetkazadi. Polizchilikda qovun pashshasi Xorazm va Qoraqalpog‘istonda uchraydi. U asosan Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Hindiston va Kavkazda ko‘proq uchrab, qovun, tarvuz, bodring va oshqovoqni zararlaydi.
Xulosa
Har qanday xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Xozirgi kunda sayyoramizning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar yildan yilga ortib borib, keng maydonlarni qamrab olayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Hayvonlar va o‘simliklarning ommaviy kasallanish hollari boshqa favqulodda vaziyatlardan son jihati bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda respublikamizda ushbu favqulodda vaziyatlarning yuz berish ehtimolligi oshib borayotganligi ulardan muhofazalanish tadbirlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikamiz hududlari ham bunday ofatlardan xoli emas. Respublikamizning iqlimiy tuzilishi, tabiiy-geologik sharoiti o‘ziga xos tabiiy ofatlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Epidemiologik favqulodda vaziyatlarga alohida xavfli infeksiyalar, odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rekketsiyalari, zoonos infeksiyalar, virusli infeksiyalar va boshqalar kiradi. Epidemiologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari o’rganilib, ularni oldini olish chora tadbirlari hamda, bartaraf etish usullari ishlab chiqilgan. O’zbekistonda epidemiologiyaning rivoji epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti tashkil etilishi, L. M. Isayev, P.F.Borovskiy, T.X.Najmiddinov kabi yirik olimlarning Oʻzbekistonda bir qancha yuqumli kasalliklarga, jumladan, bezgak, rishta, leyshmanioz, ich terlamaga qarshi kurashishda erishgan muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Shuningdek, oʻzbek olimlari A.Z.Zohidov, S.N.Bobojonov, I.Q.Musaboyev va boshqalar E. sohasida olib borgan ishlari bilan sanitariya va epidemiologiya rivojiga salmoqli hissa qoʻshdilar. Respublikada yuqumli kasalliklar epidemiologiyasini oʻrganish va ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish masalalari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |