Reja: Energiya tushunchasi


-jadval Har xil rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi va hayot sifatining ko'rsatkichlari



Download 38,93 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2022
Hajmi38,93 Kb.
#575562
1   2   3   4
Bog'liq
1.Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning o’rni.

1.1-jadval
Har xil rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi va hayot sifatining ko'rsatkichlari.

t/r

Ko'rsatkich

Davlatlar

Rivojlan- magan

Rivojla- nayotgan

Rivojlan- gan

1

Energiya bilan ta’minlanganligi, kVt*s / kishi.

300

1700

7700

2

Energiya bilan ta’minlanganligi, shartli ko'rsat.

1,00

5,60

24,70

3

Umr davomiyligi, yil

53

67

74

4

Umr davomiyligi, shartli ko'rsat.

1,00

1,26

1,40

5

Aholi jon boshiga YaMM, AQSh dollari/kishi.

270

2000

12000

6

YaMM, shartli ko'rsat.

1,00

7,41

44,40

7

Energiya samaradorligi, USD YaMM / KVt*s

0,90

1,18

1,56

8

Energiya samaradorligi, shartli ko'rsat.

1,00

1,31

1,73

Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan 4,5-5 va kam rivojlangan mamlakatlarga nisbatan esa 24-25 barobar ko'proq kishi boshiga elektr energiya iste'mol qiladi. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda hayot ko'rsatkichlari sifati rivojlanayotgan mamlakatlarga, ayniqsa rivojlanmagan mamlakatlarga


nisbatan ancha yuqori. Misol uchun, kam rivojlangan mamlakatlarda umr davomiyligi 53 yilni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 67 yilni, rivojlangan mamlakatlarda esa 74 yilni tashkil etedi.
Rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot (YaMM) rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan 6.5-7 barobar va kam rivojlangan nisbatan 43-45 barobar ko'proq. Har 1 kVt elektr energiyasi, rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan 1,3 barobar va kam rivojlangan mamlakatlarda nisbatan 1,7 barobar ko'proq yalpi ichki mahsulot keltiradi.
Hayotning davomiyligini o’sish darajasi hamda elektr energiya iste'moli o'rtasidagi munosabatni ifodalaydigan yana bir ma'lumot, yigirmanchi asrda, inson hayotining o'rtacha davomiyligi har yili o'sishi bilan energiya resurslarining 120 kg shartli yoqilg'i iste'moli ortishi bilan ham yaqqol isbot sifatida ko’rishimiz mumkin. Ushbu mutanosiblik shu asrda ham eng kami bilan saqlanib qoladi.
Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlar hayotning sifat darajasini o’sishi hamda elektr energiya resurslari iste'moli o’sishi o'rtasidagi munosabatni isbotini beradi.
Ikkinchi muqobil tendentsiya quyidagicha tavsiflanadi. Elektr energiya resurslarini iste'moli o’sishi, energiya manbalarining kamayishi hamda inson yashashi uchun atrof-muhitni salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunday qilib, yer yuzida har yili 125 mlrd. tonna tog’ jinslari qazib olinadi, 10 mlrd. tonna shatli yoqilg’i yoqiladi, atmosferaga 270 mln. tonna chang, 140 mln tonna oltingugurt dioksidi va 70 mln tonna zaharli gazlar chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari, yer sharining suv xavzalariga katta miqdorda qayta ishlanmagan chiqindilar tashlanadi. Shu bilan birga elektr energiyasining iste’moli oshishi, aql bovar qilmas darajada yoqilg’i - energetik resurslarni ya’ni ko’mir, neft va gazni katta miqdorda qazib olinishiga sabab bo’lmoqda.
Shunday qilib, bir tomondan, hayot sifatini yaxshilash uchun elektr energiya iste’molini oshirish kerak, ikkinchi tomondan esa, yoqilg’i energetik resurslarni kamayib ketishi yashab turgan yer sharining tabiatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bu ikki raqobatchi tendensiyalarni organik yoqilg’ilarni iste’molini kamaytirib, energiya samaradorligini oshirib, qayta tiklanmaydigan elektr energiya resurslari qayta tiklanadigan elektr energiya resurslari (gidroenergetika, shamol energiyasi, quyosh energiyasi, yog’och chiqindilari va organik resurslar chiqindisi)ga almashtirish yo’li bilan o’zaro muvofiqlashtirish imkoni mavjud.
Yoqilg'i-energetika resurslarining mo’tadil narxini oshishi hamda mahsulotning tan narxini oshishiga elektr energiyasining hissasini ortishi, elektr energiyasining samaradorligini va sanoat korxonalarida elektr energiya iste’molini boshqarishni yaxshilash kerakligidan dalolat beradi.
Sanoat korxonalarida elektr energiya iste’moli strukturasi ko’p tarmoqlidir. Mahsulotning elektr energiya sarfi ancha yuqori chegaralarda o’zgarib turadi va bu butun dunyoning shu soxadagi elektr energiya iste’molidan ancha yuqoridir. Energiya iste’molini boshqarish, ularni tejalishini amalga oshirish hamda energiya samaradorligini oshirish masalalari hozirgacha menejment nazariyalarining zamonaviy qoidalarini yetarli darajada qo'llamasdan texnik jihatlar sifatida qaraldi. Shu sababli aksariyat korxonalarda energiya tejash va elektr energiyadan samarali foydalanish bo'yicha sezilarli natijalar yo'q. Shu munosabat bilan sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish uchun boshqaruv resurslaridan foydalanish usullarining ahamiyati oshib bormoqda.
Zamonaviy energiya boshqaruvi tushunchalari energetik menegment nazariyasi va qoidalariga asoslangan bo'lishi kerak.
0‘zbekistonning energiya sig‘imi iqtisodi o‘rta rivojlanish darajasidagi davlatlarga nisbatan taxminan ikki hissa yuqoriligi energiya tejamkorligi bo‘yicha keng masshtabli tadbirlar o‘tkazilishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy energiyaga bo‘lgan talabdagi energiya tejamlik potensialining 40-45% dan foydalanilmayapti.
Bu potensialdan foydalanish yoqilg‘i qazib olishdan ancha arzon. Uning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i yoqilg‘i energetika kompleksining butun texnologik zanjiri va sanoatda, shuncha qismi kommunal-maishiy sektorda, 20% qishloq xo‘jaligida va 10 % ga yaqini transportdadir.
Respublikada energiyaga bo‘lgan talabning yuqori darajadaligi energiya talab etadigan jarayonlarning past texnikaviy darajasi va ishlab chiqarish energiya sig‘imi tizimi bilan belgilanadi.
0‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgacha energiya tejamkorlik Davlat dasturining asosiy vazifasi yangi texnologiyalar, mashinalar, jihozlar, maishiy uskunalar asosida yoqilg‘i-energetik manba’larini ishlatish samarasini oshirishni ta’minlash va dunyo miqyosidagi boshqa texnikaviy vosita va transportni qodlash, hamda ularni tejashning ma’muriy-huquqiy, texnikaviy, iqtisodiy, texnologik va tashkiliy tadbirlari kompleksini o‘tkazishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi yonilg‘i energetika majmunini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi energiyadan oqilona foydalanish va energiya tejamkorligi masalalari hisoblanadi. Ushbu masalalarni ko‘rib chiqishda elektr energiyani tejashning siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, texnik va texnologik jixatlariga kompleks tarzda yondoshish lozimdir.
O‘zbekistonning davlat siyosati va energetika strategiyasi o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:
-energiya tejamkorligini, yoqilg‘i energetika majmuini ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini takomillashtirish;
-faoliyat yurituvchi quvvatlarining tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish;
-ikkilamchi resurslardan foydalanish;
-kichik va o‘rtacha IES larni qurish;
-energiyasi mo‘l-ko‘l bo‘lgan va energiya taqchil bo‘lgan tumanlarni birlashtirishga asoslangan mintaqaviy energetika siyosati yuritish;
-atrof-muxitga texnogen jarayonlar ta‘sirini qisqartirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik va ekologik siyosat yuritish;
-tashqi iqtisodiy energetik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
-narx va soliq siyosati asosida energetika siyosatini yuritish mexanizmlari;
-investitsiya sohasidagi iqtisodiy siyosatni takomillashtirish;
-energetik komplekslar hamda me‘yorlarni ishlab chiqish.
Sanoatda energiya iste’molini tejash bo’yicha 10 yil mobaynida, ya’ni 1995 yilgacha amalga oshirilgan har xil tadbirlar natijasida yevropa mamlakatlarida energiyaning umumiy iste’molini qisqartirish va 20% tejalishiga yerishildi. 1995 yilgacha esa energiyani sanoat ishlab chiqarishining qo’shimcha ravishda ko’payishiga erishilishi hisobiga yana 20% ga o’sdi. Birinchi 20% tejamkorlik juda kam miqdorda kapital mablag’ sarflanishi hisobiga amalga oshirildi. 1995 yildagi 20% tejamkorlikka esa katta mehnat sarfi evaziga erishildi, bu miqdordagi tejamkorlikka erishish ko’p darajada samarali bo’lgan yangi texnologiyalarni qo’llash va ko’p miqdorda kapital yo’naltirishni talab etdi.
Energiya tejamkorligi masalalarini ko’rib chiqishda elektr energiya, issiqlikni tejashga doir barcha chora-tadbirlarni qo’llagan holda kompleks yondoshuvdan foydalanish muhimdir.
Elektr energiyani tejash tadbirlarining ko‘rinishlari quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi:

  1. Kamxarajat (tashkiliy) tadbirlar;

  2. Texnik tadbirlar. Avtomatik nazorat tizimlarini qodlash shart- sharoitlarini to‘la ta’minlash;

  3. Avtomatik nazorat tizimini to‘liq qo‘llash.

Energiya tejamkorligini boshqarishning maxsus organlarini tuzish va energiya tejamkorligi sohasida umumiy ma’lumotlarni oshirish bo’yicha har xil tuzilmalarni tashkil etish zarur.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanib borayotgan vaqtda, iqtisodiy ko‘rsatgichlar juda ham katta ahamiyatga egadir. Biror bir inshoot, qurilma va hokazolar, avvaldan texnik-iqtisodiy hisoblarsiz boshlanishi mumkin emas. Shuning uchun iqtisodiy ko‘rsatgichlarni chuqur, hozirgi zamon, ya’ni bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan o‘rganish lozim.
Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning o’rni Asrlar davomida tabiat tomonidan to’plangan tabiiy resurslardan insoniyat hayoti davomida foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan maksimal darajada samarador foydalanish maqsadida, ushbu resursdan foydalanish usullari va samaradorligi doimo takomillashtirilib kelinmoqda. Insoniyat hayotining turli jabhalarida elektr energiyasidan foydalanish doimo muhim rol o’ynab kelgan. Inson faoliyatining barcha evolyusion rivojlanishining turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog’liqdir.
Jamiyatni energiyaga bo’lgan ehtiyojlari quyidagilardan tashkil topadi, ya'ni: imoratlarni isitish, harakatni ta'minlash, bizga zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli mashina va mexanizmlar, asbob- uskunalarni ishlash qobilyatini ta'minlash, yoritish, jamiyatning turli sahalaridagi faoliyatini ta'minlash va boshqalar uchun zarurdir.
Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Departamenti tomonidan tayyorlangan jahon energetika potensialini baholash materiallarida qayd etilganidek, energetika tizimi alohida mintaqalar, davlatlar va butun dunyo hamjamiyati rivojining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy aspektlari bilan bogdiqlikka ega.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig’imdorligini pasaytirish maqsadida energiyani tejamlash davlat siyosatini o’tkazishning ustuvor yo’nalishlari ilgari surilmoqda.
Ustuvor texnik yo’nalishlar, Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan energiya tejamlash bo’yicha tadbirlar ro’yxati va energiya tejamlashning hududiy dasturi, sohalar doirasidagi energo samaradorlik loyihalarini investitsiya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Download 38,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish