Elеktron tijorat tushunchasi. Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi.
Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xaraktеrli xususiyatlari bilan farqlanadi:
xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;
kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
elеktron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kеngaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tеzlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tеzlashtirishi kеrak bo’ladi.
Elеktron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini bеradi. Xaridorlar kundalik xayotida kеrakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chеt el firmalariga murojaat qiladi.
Elektron savdo va oddiy savdo jarayonlarining asosiy farqli tomonlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Xaridorlarni jalb qilish usuliga ko‘ra. Magazinga xaridorlarni jalb qilish usuli juda katta ahamiyatga ega. An’anaviy tushunchadagi savdoda ushbu jarayonni 4 bosqichda izohlash mumkin
• xaridorlarni reklama yordamida jalb qilish; bu yerda asosiy omil magazinning qayerda joylashganligidir;
• savdo peshtaxtalari va magazinga kirish joyining chiroyli qilin- ganligi; bu bosqichga alohida e’tibor qaratiladi;
• Magazinga kirgan xaridorni, savdo zalining ichki qismini did bilan yasatish va qulay tashkil qilish bilan, o‘ziga jalb qilish;
• Xaridorning o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni tanlashi; sotuvchi yor- damida tovarni qancha oddiy va tez tanlashi, xaridorga kelgusi xaridlar uchun qaror qabul qilishi yoki qilmasligiga shunchalik bog‘liq.
Elektron magazinda yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar umuman boshqacha tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Elektron vitrina (peshtaxta) va magazinga kirish birgalikda tashkil qilingan. Barcha reklama ma’lumotlari elektron magazinning peshtaxtasida joylashtirilgan. Bunda xaridorga kerakli tovarni qayerdan va qanday olishi to‘g‘risida sodda va lo‘nda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi zarur.
2. Xaridorlarga psixologik ta’sir qilish usuli bilan. Elektron savdo tizimida sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta’sir qilish imkoniyati- dan mahrumdir. Xaridorga o‘zining chiroyi va respektabelligini namo- yish qilish bilan ta’sir qilish bundan mustasno.
3. Tovar haqida ma’lumot berish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovar bilan tanishuvni bevosita amalga oshirish mumkin. Elektron magazinda esa bunday tanishuv xaridorlarning tovar haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganishlari va uning ko‘rsatilgan sifatlarining naqadar to‘g‘ri ekanligiga e’tibor berishlarini talab etadi.
4. Xarid qilish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovarni sotib olish bevosita yuz beradi. Elektron magazinda xarid jarayonida esa, xa- ridor buyurtmani Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish va rasmiylashtirish or- qali amalga oshiradi.
5. Savdoni tashkillashtirishda xarajatlar darajasiga ko‘ra. Elektron magazin orqali savdo va xizmat ko‘rsatishda, magazin binosi, ombor va idora, shu bilan birga, boshqa savdo uskunalari talab etilmaydi. Dunyoda umuman savdo do‘konlariga ega bo‘lmagan va o‘z tovarlarini faqat elektron magazin orqali amalga oshiradigan kompaniyalar talaygina topiladi (www.virtualvin.com, www.amazon.com). Bunday turdagi savdoni tashkillashtirish reklama va chakana savdo rastalarini saqlab turishga keta- digan xarajatlarni qisqartiradi. Amalda mahsulot ulgurji narxlarda, lekin chakana ravishda sotiladi (20-30 foiz arzonlashtirilgan holda).
6. Magazinlarga tashrif buyurishning soddaligiga ko‘ra. Kerakli mahsulotni qidirishda o‘nlab elektron magazinlarga kirish, shuncha sondagi savdo magazinlarni mashinada aylanib chiqish yoki ularga qo‘ng‘iroq qilishdan ko‘ra ancha qulay.
7. Kira olish darajasiga ko‘ra. Har qanday elektron magazinga xaridorlar dunyoning deyarli har qanday nuqtasidan kira olishlari mumkin. Shuning uchun ham sayohat yoki xizmat safarlari vaqtida zaruriy tovarlarni tanlash imkoniyati cheklanmagan. Bunday magazinlar kecha- yu kunduz ochiq bo‘lib, oddiy magazinlarga o‘xshab xaridorlar tiqilinch bo‘lmaydi. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid qilish imkoniyatiga ega.
8. Xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra. Oddiy magazinda kerakli tovar haqida batafsil ma’lumot olish uchun sotuvchiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu holda, tovarni tanlash sotuvchining omilkorlik darajasiga, shu bilan birga, uning xaridor uchun vaqt sarflay olishiga bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan elektron magazin har bir tovar uchun keng ma’nodagi ma’lumotlarni yo‘lga qo‘yilganligini ta’minlash bilan birga, tovar haqida maslahat olish uchun sotuvchining qo‘li bo‘shashini kutishi shart emas.
9. Bozorga chiqish muddatiga ko‘ra. Shaxsiy “firma” elektron magazinini tashkil qilishga oddiy, an’anaviy magazin tashkil qilishdan ko‘ra ancha oz vaqt ketadi. Bunda ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsulotiga narxni o‘zi belgilashi va nazorat qilishi mumkin. Vositachilar ishtirok etmaydigan bu munosabat jarayonida, firma o‘z tovarlarini sotish- dan yanada ko‘proq daromad ko‘radi.
10. Tovarlar xilma xilligiga ko‘ra. An’anaviy magazinlarda, qoidaga ko‘ra, tovar turlari chegaralangan. Shuning uchun ham, xaridor o‘ziga kerakli molni topish uchun shu turdagi bir necha magazinlarga borishiga to‘g‘ri keladi. Agar zaruriy tovar bir elektron magazinda bo‘lmasa, boshqasidan qidirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchining rasmiy web-saytiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish ham mumkin. Shuning uchun ham, har doim eng yaxshi yoki minimal narx- dagi tovarni tanlash mumkin.
XULOSA
Elektron biznes rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida “onlayn rejimiga chiqish” korxonaning o’z vebsaytini ishga tushurishini bildirgan. Lekin ko’p o’tmay korxonalar saytini shunchaki ishga tushirish internet tarmog’ida korxonaning marketing strategiyasiz va tashkiliy omillarni hisobga olmasdan samarali bo’lmasligini tez orada tushundilar. Bunday omillardan an’anaviy va elektron ko’rinishlari o’zaro munosabatlari muximlaridan biri xisoblanadi. An’anaviy va elektron biznes ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari odamlarga, tizimlarga, resurslarga va mijozlarga nisbatan har xil talablarni nazarda tutadi. Biznesning yetakchi holatiga odamlar, resurslar, tizimlar va mijozlar moslashuvi natijalarini o’lchovchi mos vositalar yo’q bo’lgan holda strategik maqsadlarga erishish mumkin emas. Elektron biznes an’anaviy biznesdan mustaqil ravishda mavjud bo’lgan alohida biznes ko’rinishiga aylanganda o’zgacha yondashuv talab qiladi.
Elektron bozorlarning zamonaviy rivojlanish bosqichida korxonaning internetga chiqishi va onlayn faoliyat yuritishi strategik sinfga qarashli va ular bo’yicha qarorlar korxonaning yuqori boshqaruvi tomonidan qabul qilinishi kerak. Korxonada moliya va inson resurslari bo’lishi shart. Sarmoyalar uchun tashkilot tarmoqda to’gri marketing strategiyasiga egaligi va uni amalga oshirilishi uchun zaruriy malakaga ega personalga egaligi ko’proq axamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda elektron bozorda zaruriy ish tajribasiga ega yuqori malakali kadrlarning defistiti hali ham mavjud. Sanab o’tilgan omillarni to’liq taxlili va baxolanishidan so’nggina elektron bozorga chiqish va internet tarmog’ida ishlashga qaror qilgan korxona internet tarmog’i uchun o’z marketing strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |