Onlayn to‘lov uchun yaratilgan imkoniyatlar
UzCard — onlayn plastik kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Bu sohada yetakchi kompaniya Click hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu kompaniya xizmatlaridan 2,2 milliondan ortiq O‘zbekistonliklar foydalanmoqda va bu katta raqam.
Bundan tashqari, PayMe, PayCom, UPay, MBank, WoyWoo kabi onlayn to‘lov tizimlari samalarali faoliyat olib bormoqda.
Ular bilan turli biznes vakillari hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda, foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratishmoqda.
Ta'kidlab o‘tish joiz, MBank kompaniyasining Telegram messenjerida boti ham mavjud. Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, yaqin orada ushbu bot orqali messenjerning o‘zida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Buni esa O‘zbekiston onlayn savdosida yana bir qadam yuqoriga ko‘tarilish, deb tushunish mumkin.
Onlayn savdodagi muammolar
Katta muammoning o‘zi onlayn savdoning keng hajmda emasligi. Takliflar qancha ko‘p bo‘lsa va targ‘ibot to‘g‘ri qilinsa, unga talab ham ortishi aniq. Chunki, onlayndagi O‘zbekistonliklar soni juda ko‘p. Bu esa erkin savdoni amalga oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, ko‘pchilikda onlayn tushunchalar haqida bilimning kamligi ham katta kamchilik. Tadbirkorlarni onlayn — aynan dasturiy ta'minot bilimlari bilan tanishtirish zarur.
Bugungi kunda StartupMix loyihasi tashkil qilinmoqda. Unda onlayn biznesni yo‘lga qo‘yayotganlar o‘z loyihalari haqida so‘zlashadi. Biroq bu loyiha kichik va faqat Toshkentda o‘tkaziladi. Uni kengroq, tezroq va butun Respublika bo‘ylab tashkil qilish kerak.
Yana bir qiziq platformalardan biri — Startup Factory bo‘lib, unda onlayn loyihalarni tashkil qilishda maslahatlar beriladi. Ammo u ham yirik hajmda emas. Agar onlayn savdo loyihalari soni oshsa, undagi muammolar ham hal qilinaveradi.
Elektron biznesda xaridorlarni 3 guruhga ajratish mumkin:
1. An’anaviy yo’nalish tarafdorlari - ular sotib olmoqchi bo’lgan tovarni ko’rish, uni ushlash, sotuvchi bilan muloqot qilish (savdolashish)ni afzal ko’radilar. Bu iste’molchilar ularni ma’lum vaziyatlar majbur qilmasa, o’z xaridlarini elektron muxitda amalga oshirishga moyil emaslar. Bunday vaziyatlar iqtisod qilish (tejash), mavjud ish grafigini o’zgartirish, ijobiy fikr, do’stu tanishlarning maslaxati va hokazo bo’lishi mumkin.
2. Elektron do’konni o’zlashtirgan va o’z xaridlarining bir qismini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanadigan xaridorlar. Ular, masalan, talab qilinayotgan tovar narxlari haqida ma’lumot olish, zarur tovarlarning bir qismini elektron do’konda buyurtma berish uchun internetdan foydalanishlari mumkin. Bunda ular xarid qilishning an’anaviy usulidan voz kechmaydilar.
3. Barcha xaridlarni onlayn rejimda amalga oshiradigan, ancha oldinlab ketgan iste’molchilar. Ular odatda axborot texnologiyalari bilan professional jixatdan bog’lik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |